O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi a. Navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakulteti


Biomexanika - nuqtai nazaridan, yo’nalishi o’zgartirilgan hujum zarbalarini berishda asosiy o’rinni elka, tirsak, kaft va barmoqlar egallaydi



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə7/13
tarix09.11.2022
ölçüsü1,72 Mb.
#68140
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
user file 5e9463f5c2d7a

Biomexanika - nuqtai nazaridan, yo’nalishi o’zgartirilgan hujum zarbalarini berishda asosiy o’rinni elka, tirsak, kaft va barmoqlar egallaydi.
Zarba berish fazasida - o’ng (yoki chap) qo'l tirsak bo’g’imida to’g’irlanib, yuqoriga-oldinga cho’ziladi. Zarba qorin, ko’krak, qo'1 mushaklarining ketma-ket va keskin qisqarishi bilan bajariladi. Bunda zarba beruvchi qo'l kafti to’pning orqa yuqorisiga uriladi. Zarba kuchi taktik vazifani hal qilish bilan belgilanadi. Boshlang’ich o’rgatish bosqichida hujum zarbasining kuchiga emas, balki uning o’z vaqtida berilganligiga va yo’nalishiga e'tibor qaratish zarur.
Qo’nishda hujumchi oyoqlarini bukib yerga tushadi, chunki bu holatda tayanch-harakat apparati shikastlanishining oldi olinadi va keyingi o’yin harakatlarini bajarishga qulay sharoit yaratiladi.
Jamoa hujumini faqatgina to’g’ri hujum zarbalari bilan yakunlash kifoya qilmaydi. Shuning achun hozirgi zamon voleybolida to'p yo’nalishini o’zgartirib bajariladigan hujum zarbalari ahamiyatliroqdir.
Himoya texnikasi
Himoya bu hujum harakatlariga qarshi harakat - qilishdir. Himoya usullaridan foydalanib hujum harakatlari bartaraf etiladi.
To’pni qabul qilish to’p o’yinga kiritilganda, hujum zarbasidan so’ng va to’siqdan qaytganda amalga oshiriladi.
Hozirgi zamon voleybolida to’pni qabul qilishning quyidagi usullari va variantlari mavjud: pastdan ikki qo’llab (juda kam hollarda bir qo'1 bilan); yuqoridan ikki qo’llab; son qismi bilan va orqaga dumalab bir qo’llab pastdan; oldinga ko’krak-qorin qismlari bilan yiqilgan holda bir qo’llab pastdan.
O’yinga kiritilgan to’pni sifatli qabul qilish hujum harakatlarining qanchalik samarali bo’lishini belgilaydi. O’yinga kiritilgan to’pni qabul qilishning eng ko'p tarqalgan va samarali shakli bu to’pni ikki qo’llab pastdan qabul qilishdir. 13 -rasmda ikki qo’llab pastdan to'p qabul qilayotgan o’yinchining holati tasvirlangan.
To’pni qabul qilish vaqtida tirsaklarni bukish mumkin emas. Qo’llar bilan oldinga-yuqoriga harakat qilinadi. To’pga nisbatan kuchli qarama-qarshi harakat qilish kerak emas. Bunda qo’llar to’p tomon yaqinlashtirilib uning tagiga kiritiladi. Oyoqlarni bukib-yozish bilan to’pga kerakli yo’nalish beriladi. To’pni pastdan qabul qilishda eng asosiysi to'pning yo’nalishi, tezligini to’g’ri baholay olish va bog’lovchi o’yinchini kuzatish hisoblanadi. O’yinchi zarur joyni egallay olmagan bo’lsayu, to'p uning tomoniga yo'nalayotgan bo’lsa, to'pni qabul qiluvchi qo’llarni to’g’ri oldinga chiqaradi va o’ng qo’lini yuqoriga chiqarib buradi, chap tomonga yo’nalayotgan bo’lsa chap qo'1 yuqoriga chiqariladi.
To’pni pastdan ikki qo’llab qabul qilish hujum zarbasini qabul qilishda ham asosiy usul hisoblanadi. O'yinga kiritilgan to’p yoki hujum zarbasining sifatsiz qabul qitinishi (past trayektoriyada uzatish, bog’lovchi o'yinchiga yetkazib bermaslik) bog’lovchi o’yinchi tomonidan hujum uchun beriladigan to’p uzatishni samarasiz, bo’lishiga olib keladi. Shuning uchun mashg’ulotlar vaqtida turli tezlikda, yo’nalishda va kuchlanishda kelayotgan to’plarni pastdan ikki qo’llab qabul qilishga katta e'tibor berish zarur.
To’pni bir qo’llab qabul qilish tayanch holatda va yiqilib amalga oshiriladi. Tayanch holatda bajariladigan usul o’yinchining yoniga tezlik bilan tushayotgan to’pni qabul qilishda foydalaniladi. To’pni qabul qilish yopiq holdagi kaft yuzasi bilan bajariladi.
Orqaga yoki tomonga yiqilib, bir qo'1 bilan to’pni qabul qilish ko'p hollarda ayollar voleyboliga xosdir. Harakat so’ngida yon tomonga katta qadam tashlanib, qo’l to'p tomon to’g’ri uzatiladi. Bunda MOK (Markaziy Og’irlik Kuchi) keskin pasayadi. To’pga zarba berilgandan so'ng, o’yinchi tayanch oyoqning uchida yiqilish tomonga burilib, oyoq tovoni bilan o’tiradi va do’mbaloq oshadi (14-rasm).

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin