halqalarning diametri 50-80 sm bo‘lib, to‘r yaqinida yoki to‘rga (yoki trosga) gorizontal ravishda (4,2-zonalarda) o‘matiladi. Uzaytirugan to ‘r. Zalning butun bo‘yi bo‘yicha tortiladi. Uzaytirilgan to‘rlar o‘yin texnikasi va taktikasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan mashg‘ulotning motor zichligini oshiradi. Maydonchani qismlarga bo‘lib, vazifali o ‘quv o‘yinlarini tashkil etishda qo‘llaniladi. Amortizatorli to‘pIar. Zalning burchagiga o‘ratiladi (32-rasm). To‘pga #charmli petlya tikiladi (yelimlanadi) (a) va unga rezinkau bog‘ichlar biriktiriladi (b). Rezinkali bog‘ichlar sifatida tibbiy rezinka bintlardan foydalaniladi. Bog‘ichlarning bo‘sh qismi tomoniga karabinlar biriktiriladi (v) va ular yordamida qurilma kerakli balandlikiarda petlyali (d) ramalarga (g) o'matiladi. Zarbadan so‘ng to‘pning uzoq muddat tebranishi oldini olish uchun to ‘pdan polga tomon mustahkam shnur (e) tortib qo‘yiladi. Trenajyor hujum zarbasini berishdagi harakat uyg‘unligini rivojlantirishda qo‘Ilaniladi. To‘pni tutib turuvchi moslama. Bu qurilma zarba berish harakatlarini (to‘p kiritish, hujum zarbasi) o‘zlashtirishda qollaniladi (33-rasm). Bu qurilmani to‘r yonida joylashtirish mumkin bo‘lib, bu hujum zarbalarini o‘y!n sharoitiga yaqinlashtirib bajarish imkonini beradi. To‘r ustidagi to‘p. To‘r ustiga prujinali koptoklar ilingan tros tortiladi. Ushbu qurilmadan to 'r ustidan qo‘l panjalarini raqib tomonga chiqarib to‘siq qo‘yish texnikasini o'rgatish va takomillashtirishda foydalaniladi. Qurilmani to‘rdan turli balandlik va oraliqda o'matish mumkin. To‘ld irma to‘plar. Odatda, asosiy va maxsus jismoniy sifatlami tarbiyalashda 1-2 kg li to‘ldirma to ‘plardan foydalaniladi. Ular o‘yin