sharoitiga yaqinlashtiriigan harakatlar, ayniqsa, tezkorlik-kuch sifatini rivojiantirib, biomexanik harakatlar apparatining shakllanishini ta’minlaydi. Arg‘amchilar. Arg‘amchilarda bajariladigan mashqlar sakrovchanlik, harakat uyg‘unligi va sakrash chidamliligini tarbiyalashda qolaniladi. Panjalar uchun trenajyorlar. Devorga o‘ratilgan kronshteynga 3-4 sm li truba gorizontal ravishda biriktirilib, unga yuk osilgan tros ulanadi (34, a-rasm). Trubalami burash bilan yuk yuqoriga va pastga tushiriladi. Boshqa turdagi trenajyor bilan (34, b-rasm) yukni statik ravishda ushlab turiladi. Bu trenajyorlardan qo‘l panja kuchini oshirishda foydalaniladi. Sakrovchanlikning o‘sish dinamikasini nazorat qilish va baholab borish V.M.Abalakovning sakrovchanlik darajasini aniqlashga mo‘ljallangan diagonal ekran-o‘lchov moslamasi yordamida amalga oshirilishi mumkin Egiluvchanlikni rivojlantirishda foydalaniladigan namunaviy mashqlar 1. Sherikning qarshiligini yengib bajariladigan cho‘zilish mashqlari. 2. Gimnastika halqalarida tebranishlar va aylanma harakatlar. 3. Rezinka va prujinali amortizatorlar qarshiligini yengib bajariladigan aylanma (qo‘l va oyoqlar uchun) harakatlar. 4. Oldinga va orqaga ketma-ket engashishlar (og‘irliklar bilan ham bajariladi). 5. Predmet ustiga (gimnastik devorchaga) oyoqlami yuqori ko‘tarib qo‘ygan holda ushlab turish. Oyoqlar holati navbatlashtirib turiladi. Chaqqonlik bir qancha ko‘rsatkichlar bilan aniqlanishi sababli yagona ta’rifga ega emas. Har qanday harakat biror bir aniq vazifani hal qilishga qaratilgan bo‘ladi: mumkin qadar balandroq sakrash; to‘pga zarba berish; to‘pni uzatish va boshqalar. Harakat vazifasining murakkabligi ketma-ket