Dastlabki holatlar. Dastlabki holatlar u yoki bu texnik usullarni bajarishga tayyorgarlik fazasini belgilaydi. Dastlabki holatlarni egallashning bajarilishi kutilayotgan harakatni bajarish uchun qulay sharoitni va harakatlanishni ta'minlashi darkor. Texnik usulning bajarilishidan qat’iy nazar, dastlabki holallar birmuncha statikligi bilan farqlanadi to’pni uzatishdan oldin (2a-rasm), pastdan to’pni qabul
qilishda (2б-rasm), to’siq qo’yishda (2в-rasm) va hujum zarbasini berishda (2-rasm). o’yinchi dastlabki holatni soniyaning bir qancha bo’laklariga teng muddatgagina egallaydi.
To’pni kiritish.
Bu texnik usul orqali to'p o’yinga kiritiladi. Bu usulning asosiy maqsadi to’pni raqib jamoasiga iloji boricha qiyin qilib berishdir. Shuning uchun bu usul hujum texnikasining vazifasi bo’lib hisoblanadi. To’pni kiritish daslabki holatdan va uchta ketma-ket fazalar: tayyorgarlik (to’pni tashlash, qo’lni silkish), asosiy (zarba berish) va yakunlovchi (qo’lni tushirish va keyingi harakat) fazalardan iborat.
Voleybolda pastdan, to’g’ri, yuqoridan to’g’ri, yondan yuqoridan va sakrab to'g’ri to’p uzatish usullari mavjud.
Bu usullarni bajarishda to'pga zarba berish turli tarzdagi ketma-ketlikda bajariladi. Birinchi navbatda to’pga aylanma harakat berish, so’ngra aylanma harakat bermasdan to'p kiritish (bir muncha murakkab bo’lganligi sababli) usullari o’rgatiladi yokitakrorlanadi.
Yuqoridan to’g’ri to’p kiritish. O’yinchi to’rga qaragan holda yuqori holatni egallaydi (8-rasm).
To’p ko’krak sathida ushlab turiladi, bir oyoq oldinga qo’yiladi (zarba beruvchi qo’lga nisbatan qarama-qarshi). To’p 1 m yuqoriga oldinga tashlanib, o’yinchi qo’llari yuqoriga-orqaga harakatlantiradi va zarba beruvchi qo'1 yelkasini orqaga-yuqoriga olib boradi. Zarba-to’g’ri qo’l bilan birmuncha oldinda bajariladi. Bu usul ikki xil variantda: to’pga aylanma harakat berib va aylanma harakat bermasdan amalga oshirilishi mumkin. To’pga aylanana harakat bermasdan to'p kiritish usuli birmuncha murakkab usulhisoblanadi. Bu usulda quyidagi elementlarning bajarilishiga qat’iy amal qilish zarur. Bular to’pni qoq o’rtasiga zarba berish; to’p tashlashning nisbatan pastligi (0,5 m gacha); . zarba beruvchi qo’lni orqaga, nisbatan qisqa harakatlantirish; kuchli (tezkor), kaftli (tezlanishli) va aldamchi (sekin) zarbalar berish. Hujum zarbasini 2 yo'l bilan bajarish mumkin: to’g’ri (to’rga nisbatan to’g’ri turgan holda) va yon tomon bilan (to’rga nisbatan).