O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi al-xorazmiy nomidagi urganch davlat universiteti pedagogika fakulteti kundizgi bo’lim



Yüklə 83,65 Kb.
səhifə5/17
tarix20.11.2023
ölçüsü83,65 Kb.
#165953
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Al-xorazmiy nomidagi urganch-fayllar.org (1)

bilimlarga asoslangan og’zaki va yozma hisoblash usullarini ongli va puxta 

o’zlashtirishni tashkil etish, shuningdek jadval hollardagi hisoblash 

masalalarni, noma’lum qatnashgan ifodalar, tenglama, tenglik, tengsizlik 

haqidagi malakalarini avtomatizm darajasiga ko’tarishdan iborat.

Matematika bolalarda tafakkur, diqqat, xotira, ijodiy tasavvur etish, 

kuzatuvchanlikni rivojlantirishga imkon beradi. Shuningdek, matematika 

o’quvchilarning mantiqiy fikrlash malakalarini oshirishi, ularning o’z fikrlarini 

aniq, to’g’ri va tushunarli bayon etishi uchun zamin hozirlaydi. O’qituvchining 

vazifasi – bolalarga matematikani o’qitish imkoniyatini oshirishdan iborat. 

Iqtisodiy va siyosiy sohalardagibarcha islohatlarimizning pirovard maqsadi 

yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini 

tashkil qilib berishdan iboratdir. Aynan shuning uchun ham ma’naviy jihatdan 

mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va ma’rifni yuksaltirish, 

milliy uyg’onish g’oyasi ro’yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga yetkazish 

davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo’lib qoladi. 

Prezidentimiz I.A.Karimovning 1995-yil fevral oyida O’zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisining I sessiyasidagi maruzasidan. 

Ta’lim va tarbiya islohoti haqida gapirar ekanmiz, uning mazmunini 

lo’nda qilib ifoda etish mumkin.

Bizga bitiruvchilar emas maktab ta’limi va tarbiyasini ko’rgan 



shaxslar kerak. 






Demakratik jamiyatda bolalar umuman har bir inson har tomonlama

mukammal, erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashni 

o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar. Albatta, bilim 

kerak. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir.

Boshlang’ich ta’lim, ta’lim sohasini amalga oshirish me’yoriy hujjatlarning 

o’rni va ahamiyati juda katta. 

Boshlang’ich ta’lim kosepsiyasi milliy kadrlar tayyorlash tizimining poydevori 

hisoblangan boshlang’ich ta’limning pedagogik hamda pisixologik asoslarini 

o’zida mujassamlashtirgan yaxlit qarashlar tizimidan iborat. Konsepsiyaning 

negizini kichik maktab yoshidagi bolalar bilan ishlashning pedagogik

yo’nalishlari tashkil qiladi.

So’nggi yillarda milliy pedagogikamizni kichik maktab yoshidagi bolalarga

ta’lim-tarbiya berishning pedogogik hamda psixologik asoslarini 

chuqurlashtirishga xizmat qiladigan ilmiy qarashlar vujudga keladi. 

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan

Davlat ta’lim standarti to’g’risidagi Nizom” ga binoan umumiy o’rta



ta’lim, shu jumladan boshlang’ich ta’lim bosqichi uchun ham alohida- 

alohida davlat ta’lim standarti talabalar va me’yoriy ko’rsatkichlari

belgilab qo’yiladi. 

Ta’lim to’g’risidagi Qonun hamda”, “Kadrlar tayyorlash“ Milliy dasturining 



qabul qilinishi munosabati bilan umumiy o’rta ta’lim, shu jumladan

boshlang’ich ta’limning ham mavqei o’zgardi. 

Zamonaviy boshlang’ich ta’lim jarayonida bolalari rivojlantiruvchi

xarakterga ega bo’lgan ta’lim tizimi tadbiq qilinadi. Unda kichik maktab 

yoshidagi bolalar o’z yosh xususiyatlari va tafakkur hamda ruhiy


Yüklə 83,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə