Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti



Yüklə 266,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix29.01.2023
ölçüsü266,65 Kb.
#81576
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
O‘zgalovchi kategoriyasi.
Fe’lga xos shunday grammatik shakllar borki, ular
fe’lni kesimlikdan boshqa turkumga xos vazifalarga moslaydi. Shunga ko‘ra, ular
uch guruh – sifatdosh, ravishdosh va harakat nomi shakllariga ajratiladi.
♦ Sifatdosh. Fe’lning sifatga xoslangan shakli – -gan, -(a)yotgan,
-adigan, -ydigan -(a)r, -(u)vchi, -mish, -ajak, -asi, -gusi, -(a)r shakllari bilan
ifodalanadi: oʻqigan, dumalayotgan, bajaradigan, tezlaydigan, uchar, oʻynovchi,
kelmish, boʻlajak, kelgusi, ishlar.
♦ Ravishdosh. Fe’lning ravishga xoslangan shakli – -a, -y, -(i)b, -gach, -guncha, -
gancha, -ganda, -gani kabi shakllar bilan ifodalanadi: kula, oʻqiy, ishlab, kulib,
otirgach, yigʻlaguncha, toʻygancha, oʻynagani.
♦ Harakat nomi. Fe’lning otga xoslangan shakli – -moq, -mak, -(i)sh, -(u)v, -
ganlik shakllari bilan ifodalanadi: yupatmoq, bermak, tikish, qarash, oʻquv, tortuv,
bilganlik.
Fe’lning modal shakli.
Fe’l asosiga qo‘shilib, haraakatning miqdoriy tavsifini
bildiradigan, uning davomliligi, takroriyligi, kuchsizligi kabi modal ma’nolarni
ifodalaydigan shakllariga fe’lning modal shakli – nokategorial shakl deb aytiladi
19
19
Maxmudov N. Nurmonov A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1995. –
228-bet.


22
– -a, -ga (-ka, -qa), -la, -gila (-kila, -qila, -g‘ila), -(i)sh, -(i)msira, -(i)nqira, -ra, -iq
kabi shakllar bilan ifodalanadi: buramoq, urnamoq, surgamoq, surkamoq,
chayqamoq, quvlamoq, yugurgilamoq, turtkilamoq, tortqilamoq, ezg‘ilamoq,
to‘lishmoq, oqarishmoq, yig‘lamsiramoq, oqarinqiramoq, aljiramoq, toliqmoq.
Fe’lning aloqa-munosabat kategoriyasi
Fe’lning aloqa-munosabat kategoriyalari zamon, mayl, shaxs-son kategoriyalari
kiradi.

Yüklə 266,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin