-(a)loq qo‘shimchasi ayrim otlarga qo‘shilib, erkalash ma’nosini bildiradi:
(bo‘taloq), (qizaloq), (toyloq).
Shaxsiy munosabat (erkalash) shakllari (-jon, -xon, -oy, -bonu) shaxs bildiruvchi
atoqli va turdosh otga qo‘shilib, erkalash, suyish ma’nosini ifodalaydi: (Sohibjon),
(oyijon), (Asalxon), (Sidiqabonu).
Qiyoslash shakli.
O‘xshatish-qiyoslash shakllari – -dek, -day (-doq, -aqa)
shakllari bilan ifodalanadi:
shamolday, tog‘day, bahorday, boladek.
Qarashlilik shakli.
ning + ki = niki shakli bilan ifodalanadi:
o‘zimniki, ukangniki, sotuvchiniki, hammamizniki.
O‘rin belgisi shakli.
da + gi = dagi shakli bilan ifodalanadi:
shundagi, Namangandagi, shifokordagi.
Chegara shakli.
ga+cha=gacha (-kacha, -qacha) shakli bilan ifodalanadi:
uygacha, eshikkacha, tonggacha, qishloqqacha.
Otning aloqa-munosabat kategoriyasi
Otning aloqa-munosabat kategoriyasiga egalik, kelishik kategoriyalari kiradi.
Egalik kategoriyasi.
Ot va otlashgan so‘zlarga qo‘shilib , asosda ifodalangan
narsa, belgi-xususiyat, harakat-holatning uch shaxsdan biriga qarashliligini
bildirgan shakllar tizimi egalik kategoriyasi hisoblanadi – -(i)m, -(i)ng, -si, -(i)miz,
19
-(i)ngiz, -lari shakllari bilan ifodalanadi: opam, akang, singlisi, hammamiz, ishingiz,
uylari.
Kelishik kategoriyasi.
Ot va otlashgan so‘zlarga qo‘shilib, ularni boshqa so‘zlarga
tobelantirib bog‘lash uchun xizmat qiluvchi Grammatik shakllar tizimi kelishik
kategoriyasi hisoblanadi:
16
Bosh kelishik – nol shakl bilan ifodalanadi: kitob, daftar, muhandis.
Dostları ilə paylaş: |