Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti


Tilshunosligimizda Grammatik kategoriyaning oʻrganilishi



Yüklə 266,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/14
tarix29.01.2023
ölçüsü266,65 Kb.
#81576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1.2Tilshunosligimizda Grammatik kategoriyaning oʻrganilishi
Grammatik kategoriyalar tilshunosligimizda keng miqyosda olimlarimiz
tomonidan o‘rganilgan. Xususan, R. Sayfullayeva, N. Mahmudov,
A. Nurmonov, Sh. Shoabdurahmonov, M. Asqarova, D. Lutfullayeva,
A. G‘ulomov, H. Jamolxonov, B. Mengliyev, kabi olimlarimiz tomonidan
o‘rganilgan. Ularning xulosalararidan kelib chiqqan holda o‘zbek tilshunosligida
grammatik kategoriyalarning tasnifi va tasnifi bilan yaqindan tanishib chiqamiz.
Grammatik kategoriyalar umumiy hodisa sifatida xususiy hodisalarda mavjud
bo‘ladi, xususiy hodisalar umumlashmasi asosida yuzaga keladi. O‘zbek
tilshunosligida grammatik kategoriyalarning qanday vositalar va usullar bilan
ifodalanishi tadqiq etilgan. Lug‘aviy ma’no ifodalash xususiyati faqatgina
mustaqil so‘z turkumlariga xos bo‘lib, boshqa so‘zlar bunday xususiyatga ega
bo‘lmaydi: gul – o‘simlik nomi, yaxshi –belgi-xususiyat, ikki –miqdor, sekin –
holat, bormoq –harakat ma’nolari. So‘zlarni turkumlarga birlashtiruvchi asosiy
xususiyatlardan biri ularning grammatik ma’nolaridir. Grammatik ma’no –
so‘zlarning turkumga oidlikdan kelib chiqadigan ma’nosi hisoblanadi.
Grammatik ma’no ifodalash xususiyati barcha so‘zlarga xos bo‘lib, bunday
ma’no bir turkumga oid so
zlarda umumiy bo‘ladi va ularning asosiy
birlashtiruvchi belgisi sanaladi. Grammatik ma’no, asosan, ma’lum Grammatik
shakllar orqali ifodalanadi. Masalan, otlarda ko‘plik ma’nosini -lar affiksi,
fe’llarda bo‘lishsizlik ma’nosini -ma affiksi ifodalaydi. So‘zlar asos holatida ham
grammatik ma’no ifodalashi mumkin. Bunday holatda grammatik ma’no nol
shakl orqali ifodalangan bo‘ladi. Masalan, otlarda birlik shakli – kitob, fe’llarda
bo‘lishlilik – bor kabi. Grammatik kategoriya tushunchasi haqida professor A.
Hojiyev grammatik kategoriya haqida shunday deydi: Grammatik kategoriya –
asosida yotuvchi ma’nosiga ko‘ra birlashuvchi formalar sistemasi.1―Grammatik
kategoriyaning odatda ikki turi farqlanadi: 1) morfologik kategoriya; 2) sintaktik
kategoriya. Grammatik ma’no va grammatik shaklning birikuvidan vujudga


14
kelgan umumiy tushunchalarni ifodalovchi tildagi xususiyatlar grammatik
kategoriya deb yuritiladi
11
, deya izoh beriladi. A. Abduazizovning “Tilshunoslik
nazariyasiga kirish” nomli kitobida Kategoriya tushunchasi (grekcha kategoria)
narsalarga tegishli xususiyatlar ma’nosini ifodalaydi. Grammatik kategoriya bir
yo‘la grammatik ma’no va grammatik shaklni qamrab oluvchi tushuncha bo‘lib,
turli tillarda o‘z xususiyatlari bilan farq qiladi. Grammatik kategoriyaga bir-biriga
qiyosan olinadigan ikki va undan ortiq grammatik ma’no va grammatik shaklning
birligi deb ta’rif berish mumkin. Grammatik kategoriya loaqal ikkita grammatik
ma’noni o‘z ichiga oladi. Masalan, otlarga tegishli birlik va ko‘plik shakllarini
qiyoslash mumkin. Bitta grammatik ma’no hech vaqt grammatik kategoriyaga
ega bo‘la olmaydi
12
.

Yüklə 266,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin