Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti



Yüklə 266,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/14
tarix29.01.2023
ölçüsü266,65 Kb.
#81576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Ⅰ.Kirish. Grammatik kategoriya
Grammatik kategoriya ˗ maxsus koʻrsatkichlar yordamida soʻzlarning oʻzgarishi,
birikish va gap hosil qilish qoidalariga asoslangan umumgrammatik tushuncha.
Bir-biriga qiyosan olinadigan ikki yoki undan ortiq grammatik ma’no bilan
shu ma’noni ifodalovchi grammatik shakllar tizimi grammatik kategoriya deyiladi.
Grammatik kategoriya so‘zlarni, so‘z shakllarni, so‘z o‘rinlarini, so‘z
qurilmalarini birlashtiradi,
umumlashtiradi.
Shunga
ko‘ra
grammatik
kategoriyalarning to‘rt turi farqlanadi:
1) so‘zning grammatik kategoriyalari;
2) so‘z shakllarning grammatik kategoriyalari;
3) so‘z o‘rinlarining grammatik kategoriyalari;
4) so‘z qurilmalarining grammatik kategoriyalari.
So‘z va so‘z shakllarning grammatik kategoriyalari tizimi tilning
morfologiyasini tashkil etsa, so‘z o‘rinlari va so‘z qurilmalarining grammatik
kategoriyalari tizimi tilning sintaksisini tashkil etadi.
Demak, grammatik kategoriyalarni morfologik kategoriyalarga va sintaktik
kategoriyalarga ajratish mumkin.
Morfologik grammatik kategoriyalarga, birinchidan, so‘z turkumlarining o‘zi,
ya’ni ot, sifat, son, fe’l kabilar kirsa, ikkinchidan, ma’lum bir turkumga xos
bo‘lgan kategoriyalar, ya’ni otlarga xos bo‘lgan son, egalik, kelishik kategoriyalari,
fe’llarga xos bo‘lgan bo‘lishli-bo‘lishsizlik, nisbat, mayl, zamon, shaxs-son
kategoriyalari kiradi.
Sintaktik grammatik kategoriyalar deyilganda, gap, gap bo‘laklari: ega,
kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol kabilar nazarda tutiladi.


7
So‘z turkumlari Nutqimizda mavjud so‘zlar bir-biridan ma’no va grammatik
xususiyatlari jihatidan farq qiladi. Shu jihatdan so‘zlar ayrim-ayrim leksik-
grammatik guruhlarga, turkumlarga ajratiladi.
So‘zlarning ma’no va
grammatik belgilarining o‘xshashligiga qarab guruhlarga bo‘linishi so‘z
turkumlari deyiladi. So‘zlarni turkumlarga ajratish uch tamoyilga tayanadi:
1) leksik-semantik tamoyil;
2) morfologik tamoyil;
3) sintaktik tamoyil.
5
Leksik-semantik tamoyilga ko‘ra so‘zlarni guruhlarga ajratishda, so‘zning
leksik ma’nosiga e’tibor beriladi. Masalan: tuz, non, tinchlik, daryo, tog‘ , osmon
kabi so‘zlar predmet yoki predmetlik tushunchasini (bunday so‘zlar ot so‘z
turkumi deb nomlangan); katta ko‘cha, shirin olma, tiniq osmon, ko‘k ko‘ylak
kabi ajratilgan so‘zlar predmetning belgisini (bunday so‘zlar sifat deb
nomlangan), beshta daftar, yuzlab odam, o‘ntadan o‘quvchi, ikkinchi kurs
kabilarda ajratilgan so‘zlar predmetning miqdorini, tartibini (bunday so‘zlar
son deb nomlangan); ayrim so‘zlar bormoq, kelmoq, yozmoq, kulmoq,
uxlamoq kabi harakat va holat tushunchasini (bunday so‘zlar fe’l deb
nomlangan); asta o‘qidi, do‘stona gapirdi, piyoda yurdi kabi ajratilgan so‘zlar esa
ish-harakatning belgisini (bunday so‘zlar ravish deb nomlangan) bildiradi.
Chunonchi, ayrim so‘zlar predmet, belgi, miqdor ma’nosini nomlab
ko‘rsatmasa ham, ularning mavjudligiga ishora qiladi: men, sen, bu, shu, qancha,
har kim, qandaydir kabi (bunday so‘zlar olmosh deb nomlangan).
Tilda shunday so‘zlar ham (bilan, va, ammo, uchun, chunki, albatta, yo‘q, -mi, -
chi, eh, oh, dupur-dupur, yalt-yult kabi) borki, ular mustaqil holda leksik
ma’no ifoda etmaydi, biror tushunchaning atamasi bo‘la olmaydi. Bunday so‘zlar
5
Nurmonov A. O‘zbek tilshunosligi tarixi.Toshkent: O‘zbekiston, 2002. - 232 b.


8
hozirgi o‘zbek tilida ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, modal, undov, taqlid so‘zlar
deb yuritiladi.
Morfologik tamoyilga ko‘ra so‘zlarni guruhlarga ajratishda ularning
morfologik xususiyatlari asos qilib olinadi. So‘zlarning qanday morfologik
shaklda kelishi uning ma’no xususiyati bilan bog‘liq. Masalan: predmet
tushunchasini anglatadigan so‘zlar (otlar) son, egalik, kelishik kabi grammatik
shakllarga; predmetning, ish-harakatning belgisini bildiradigan so‘zlar (sifat va
ravishlar) daraja shakliga; harakat yoki holat ma’nosini bildirgan so‘zlar (fe’l)
nisbat, zamon, shaxs-son, mayl kabi grammatik shakllarga ega. Predmet yoki
shaxsga ishora qiluvchi so‘zlar (olmosh) ham morfologik jihatdan o‘zgarib,
son, egalik, kelishik shaklida kela oladi.Predmetning miqdori va tartibini
anglatuvchi so‘zlar (son) morfologik jihatdan o‘zgarmaydi. Shuningdek, leksik
ma’no anglatmaydigan so‘zlar (ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, modal so‘z,
undov va taqlid so‘zlar) ham morfologik shakllarga ega emas.
6
Sintaktik tamoyilga ko‘ra so‘zlarni guruhlarga ajratish esa uning sintaktik
tomoni, ya’ni qanday so‘zlar bilan grammatik munosabatga kirishi, gapda
bajaradigan sintaktik vazifasiga ko‘ra belgilanadi. Masalan: predmet ma’nosini
anglatuvchi so‘zlar (ot) bosh kelishik shaklida ega va kesim vazifasini,
qaratqich kelishigi shaklida aniqlovchi, tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish
kelishigi shakllarida to‘ldiruvchi va hol vazifalarida keladi: dars boshlandi,
odamning ko‘rki, xatni yozdi, universitetda o‘qiydi kabi. Belgi bildiradigan
so‘zlar (sifat, son, ravish) predmet yoki harakat ifodalovchi so‘zlar bilan
grammatik munosabatga kirishib, gapda aniqlovchi yoki hol vazifalarida
keladi (to‘g‘ri so‘z, beshta bola, ko‘p kitob, yaxshi o‘qiydi, birinchi keldi kabi).
Predmet, belgi, miqdorning mavjudligiga ishora qiluvchi, ular o‘rnida
almashinib qo‘llanuvchi so‘zlar (olmoshlar) gapda nimaga ishora qilishi va
qanday so‘zlar bilan birikishiga ko‘ra gapda ega, kesim, to‘ldiruvchi, aniqlovchi,
6
Qodirov Z. O‘zbek tilida grammatik kategoriyalarni sistem tahlil qilish (kelishik kategoriyasi) 99-bet.


9
hol vazifalarida keladi (men gapirdim, maqsadim – shu, bu bino, nimani o‘qiding,
qayerda yashaydi kabi). Demak, so‘zlarning gapda qanday gap bo‘lagi bo‘lib
kelishi, uning qanday so‘zlar bilan aloqaga kira olishi, ma’nosiga va grammatik
shakliga bog‘liqdir.
Bugungi tilshunosligimizda Grammatik kategoriya atamasi ostida marfologik
kategoriyani tan olish ustunroqdir. Grammatik kategoriyaga sintaktik kategoriya
kirsa-da, xususiy holda, ya’ni sintaktik tahlil va tekshirishlarda kategoriya atamasi
muhim ahamiyat kasb etmaydi. Shuning uchun bunga qoʻshib boʻlmaydi. Shu
sabab Grammatik kategoriya atamasi ostida morfologik kategoriyani tushunamiz.
7
7
Sayfullayeva R. va boshqalar “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” 2009, 322-bet


10

Yüklə 266,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin