Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti


Otning tasniflovchi grammatik kategoriyalari



Yüklə 266,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/14
tarix29.01.2023
ölçüsü266,65 Kb.
#81576
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
2.1Otning tasniflovchi grammatik kategoriyalari


17
Otning tasniflovchi kategoriyalariga son shakli,
kichraytirish va erkalash
shakllari kiradi. Otlarda birlik va ko‘plik ma’nosi va bu ma’noni ifodalovchi
shakllar sistemasi grammatik son kategoriyasini tashkil etadi. Mantiqiy va
Grammatik ko‘plikni aralashtirmaslik kerak. Masalan, jamlovchi ot (omma,
qo‘shin, poda, suruv) mantiqan predmet jamini bildiradi, lekin grammatik jihatdan
birlikda deb qaraladi. Son kategoriyasining ikki: -lar affiksi bilan yasaluvchi
ko‘plik shakli va nol ko‘rsatkichli birlik shakli bor. Bulardan -lar affiksi otning
ko‘plik shaklini yasaydi, birlik shakl esa nol ko‘rsatkichli bo‘ladi.
14
-lar shaklining «bog‘liqlik yoki o‘xshashlikka asoslangan ko‘plik»ni ifodalashi
quyidagi misolda ko‘rinadi: 1. Asallar mehmon bo‘lib kelishdi. (Asal va uning oila
a’zolari). 2. Avvalgi Otabeklar qayda qoldi (Otabekga o‘xshaganlar).
-larning miqdoriy va sifatiy belgisi ayrim holda unga makon va zamon o‘lchovida
taxminiylikni ifodalash imkonini beradi. Masalan, 1. Buvim dunyodan o‘tganlarida
uch yoshlarda edik. 2. O‘n yillar oldin men ham shu qizlar yoshida edim.
-larning kuchaytirilgan ma’no ifodalashi: Ya’ni tabiatda aslida “bitta” yoki “juft”
bo‘lgan shakllarga qo‘shilib uni kuchli qilib ko‘rsatish uchun ko‘plik shakli
beriladi: Boshlarim og‘rib ketti.
15
Otning kichraytirish-erkalash shakli:
-cha:
a) shaxs va predmetning kichik ekanligini: (uycha)(quticha);
b) erkalash ma’nosini: (o‘g‘il
cha), (bolacha);
d) kamsitish ma’nosini: (buvacha)(mullacha).
-gina:
14
R.Sayfullayeva va boshqalar “Hozirgi o‘zbaek adabiy tili” 2009, 329-330-betlar
15
G‘ulomov A. O‘zbek tilida ko‘plik kategoriyasi. - Toshkent: O‘zdavnashr. 1945 77-bet


18
a) kichraytirish: (qizgina)(bolagina);
b) achinish: (sho‘rlikkina);
d) erkalash: (bolaginam).

Yüklə 266,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin