Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti


“Grammatik kategoriya” tushunchasi haqida nazariyalar



Yüklə 266,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/14
tarix29.01.2023
ölçüsü266,65 Kb.
#81576
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
1.1“Grammatik kategoriya” tushunchasi haqida nazariyalar
Kategoriya (kategoriya – yunoncha, “hukm”, “ta’rif”) ˗ bu atama tilshunoslikka
falsafa fanidan kirib kelgan termin. U falsafada “obyektiv borliq hamda bilishdagi
mohiyat jihatidan koʻproq qonuniy aloqa-munosabatni aks ettiradigan umumiy
tushuncha” tarzida e’tirof etiladi. Falsafada kategoriya juftlikni sabab-natija,
mohiyat-hodisa, butun qism, alohidalikni borliq, miqdor, makon tashkil etsa,
tilshunoslikda kategoriya atamasi ostida zidlangan ikkilik (son kategoriyasi) yoki
ko‘plik (kelishik kategoriyasi) tushuniladi.
9
.
Bir umumiy grammatik ma’no ostida birlashadigan, shu asosda bir-birini taqazo
etuvuvchi va bu umumiy ma’noning parchalanishi asosida inkor qiluvchi shakllar
tizimiga Grammatik kategoriya deyiladi.
10
Grammatik kategoriya – maxsus koʻrsatkichlar yordamida soʻzlarning oʻzgarishi,
birikish va gap hosil qilish qoidalariga asoslangan umumgrammatik tushuncha.
Grammatik kategoriya grammatikaning qaysi sohasiga oidligiga koʻra morfologik
va sintaktik kategoriyaga boʻlinadi. Sintaktik kategoriyalar morfologik
kategoriyaga teng boʻlmaydi. Masalan, bizning oila — toʻq oila. Bu jumlada
morfologik jihatdan toʻrt soʻz, uch xil soʻz turkumi bor (olmosh, ot va sifat, ot),
sintaktik jihatdan esa faqat ikki boʻlak — ega va kesim mavjud.
Bugungi tilshunosligimizda Grammatik kategoriya atamasi ostida marfologik
kategoriya tan olish ustunroqdir. Grammatik kategoriya sintaktik kategoriya kirsa-
da, xususiy holda, ya’ni sintaktik tahlil va tekshirishlarda kategoriya atamasi
muhim ahamiyat kasb etmaydi. Shuning uchun bunga qoʻshib boʻlmaydi. Shu
sabab Grammatik kategoriya atamasi ostida morfologik kategoriyani tushunamiz.
9
R.Sayfullayeva va boshqalar “Hozirgi o‘zbaek adabiy tili” 2009
10
Nurmonov A., Shaxobiddinova Sh., Iskandarova Sh., Nabiyeva D. O‘zbek tili ning nazariy
grammatikasi. Morfologiya. Toshkent: Yangi asr avlodi. 2001. 163 b.


13

Yüklə 266,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin