Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi alisher navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Oʻzbek filologiyasi fakulteti



Yüklə 266,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/14
tarix29.01.2023
ölçüsü266,65 Kb.
#81576
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Zamon kategoriyasi.
Fe’l asosida ifodalangan harakat-holatning uch zamondan
birida sodir boʻlishini bildiruvchi, Payt valentligiga ta’sir etuvchi orqali kesimni
shakllantirishda ishtirok etuvchi va undan anglashilgan voqelikning nutq
momentiga munosabatini ifodalovchi shakllarga zamon kategoriyasi deyiladi.
Bunda 3xil zamon bor: oʻtgan, hozirgi va kelasi zamon.
► Oʻtgan zamon. Fe’ldan anglashilgan ish-harakat va holatning nutq
so‘zlanayotgan vaqtdan oldin bo‘lganini yoki bo‘lmaganini bildirgan shakllarga
o‘tgan zamon shakllari deyiladi. O‘tgan zamon fe’llari harakat va holatning gap
aytilayotgan vaqtdan oldin bo‘lganini bildiradi. O‘tgan zamon fe’llari har uchala
shaxda tuslanadi – -di; -(i)b, -gan(-kan, -qan + shaxs-son, (e)di, (e)kan, (e)mish
shakllari bilan ifodalanadi: eshitdi, uxlabdi, ishlabsan, yotganmish, turgandi.
► Hozirgi zamon. Fe’ldan anglashilgan ish-harakat va holatning nutq
so‘zlanayotgan vaqtda yuz berayotgani yoki bermayotganini bildirgan, harakatning
nutq momentida yuz berayotganligini ifodalaydigan shakllar tizimiga hozirgi
zamon kategoriyasi deyiladi. Hozirgi zamon shakllari harakat va holatning gap
aytilayotgan vaqtda yuz berishini ifodalaydi –
-yap, -yotib, -yotir, -moqda
shakllari bilan ifodalanadi: o‘qiyapman, yozmoqdasan, o‘ylayotir, kulayotib,
ishlayapti.
► Kelasi zamon. Fe’ldan anglashilgan ish-harakat va holatning nutq
so‘zlanayotgan vaqtdan keyin yuz berishi yoki bermasligini bildirgan, nutq


23
momentidan keyin yuz beruvchi harakatni ifodalaydigan shakllar tizimiga kelasi
zamon kategoriyasi deyiladi. Kelasi zamon fe’llari harakat va holatning gap
aytilayotgan vatdan so‘ng yuz berishini ifodalaydi – -adi; -(a)y, -jak, -gay(-g‘ay), -
gusi, -ur, -(a)r, -moqchi + shaxs-son, (e)di, (e)kan, (e)mish shakllari bilan
ifodalanadi: qiladi, kelajak, kelgay, bo‘lg‘ay, borgusi, sochilur, o‘qiysan, yozar
ekan, kirmoqchi.

Yüklə 266,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin