Agar biz suhbatdoshimizni yaxshi, diqqat bilan tinglasak, bu bilan biz unda o'z-o'ziga hurmatni ham tarbiyalaymiz. Demak, tinglash jarayoni ko'pchilik tasawur qilgani kabi unchalik passiv jarayon emas ekan. Uning muloqotning samarali bo'lishidagi ahamiyati nihoyatda katta, Chunki tinglash qobiliyati gapiruvchini ilhomlantiradi, uni ruhlantiradi, yangi fikrlar, g'oyalarning shakllanishiga sharoit yaratadi. Shuning uchun ma'ruzachi professorning har bir chiqishi va ma'ruzasi agar talabalar tomonidan diqqat bilan tinglansa, bu pedagogik mu- loqotdan ikkala tomon ham teng yutadi.
Agar muloqot jarayonida ishtirok etuvchi ikki jarayon — gapirish va tinglashning o'zaro faol ta'siri uchun teng ahamiyatini nazarda tutsak, bu jarayon qatnashchilarining psixologik savodxonligi va muloqot texnikasini egallashining ahamiyatini anglash qiyin bo'lmaydi. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada odamlami samarali muloqotga ataylab o'rgatishga juda katta e'tibor beriladi. Buboradagi fanning o'z usiubi bo'lib, uning nomi ijtimoiy psixologik trening (IPT) deb ataladi. IPT — muloqot jarayoniga odamlami psixologik jihatdan hozirlash, ularda zarur kommunikativ malakalami maxsus dasturlar doirasida qisqa fursatda shakllantirishdir. Eng muhimi IPT mobaynida odamlarning muloqot borasidagi bilimdonligi ortadi.
Amaliy muloqot treningi — IPTning bir ko'rinishi bo'lib, u yoki bu professional faoliyatni amalga oshirish jarayonida zarur bo'ladigan kommunikativ malaka, ko'nikma vabilimlami hosil qilishga qaratilgan tadbirdir. Guruh va jamoalarda muloqot treningi vositasida muzokaralar olib borish, ish yuzasidan hamkorlik qilish yo'i-yo'riqlarini birgalikda topfeh, katta auditoriya oldida so'zlashga o'rgatish, majlislar o'tkazish, janjalli, nizoli holatlarda o'zini to'g'ri tutish malakalari hosil qilinadi. Bundagi asosiy narsa — trening qatnashchilari ongiga birovlami tu- shunish, o'zini o'zga o'miga qo'ya olish, boshqalar manfaatlari bilan o'zinikini uyg'unlashtira olish g'oyasini singdirishdir. Treninglar mobaynida guruhiy munozaralar, rolli o'yinlarning eng optimal variantlari sinab, mashq qilinadi.
Asosiy atama va tushunchalar
Shaxs, o'zligini anglash; ta'sirga beriluvchanlik; konformizm, nokorformizm, ta'sir ko'rsatish madaniyati; shaxs e'tiqodi, xulq normalari, ijtimoiy norma, ijtimoiy sanksiyalar, ijtimoiy rollar, ijtimoiy ta'sir, muomala, psixologik ta'sir, verbal ta'sir, paralingvistik ta'sir, noverbal ta'sir, ta'sirning tashabbuskori, ta'sirning adresati, insoniy munosabatlar psixologiyasi, o'zaro munosabatlar, samarali ta'sir, shaxslararo muomala, bir-birini tushunish, ijtimoiy tajriba, muloqot, kommunikativ uquvsizlik, diskommunikasiya holati, ijtimoiylashuv jarayoni, faol muloqotning paradoksal tomoni, tinglash mahorati, professional tinglash texnikasi.
Rezyume
Shaxsga xos xulq normalari ijtimoiy kutishlar va sanksiyalar tufayli yuzaga kelib, bu uning ijtimoiy rollarni bajarish shart-sharoitlarida namoyon bo'ladi. Shaxs dunyoqarashi va e'tiqodini o'zgartiruvchi kuchlar sifatida esa, bugungi kun psixologiya fani dunyoqarash, ma'naviyat va ma'rifat, yoshlarning ma'lumotlilik darajasi, oila, ota- onalar savodxonligi, bobolar va momolar, hamda ijtimoiy ustanovkalar kabi alohida ahamiyatga molik ijtimoiy omillar ketma-ketligini ajratib ko'rsatadi.
Insoniy munosabatlar psixologiyasi deganda, bu awalo, o'zaro munosabatlarga kirishayotgan tomonlarning bundan ko'zlaydigan asosiy maqsadlari majmuasi tushuniladi. O'zgalarga samarali ta'sir eta olishga bo'lgan intilishi esa, muloqotning tuzilmaviy tomonlarini tadqiq etishni shakllantiradi. Shu bois, ushbu yo'nalishda olib borilgan ilmiy izlanishlarda muloqotning kommunikativ tomonini ma'lumotlar almashinuv jarayoni sifatida baholangan. Uning interaktiv hamda perseptiv tomonlari esa idrok qilishning persepsiya mexanizmlarini o'rganishni taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: