O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/75
tarix28.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#90606
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75
12740 2 0F8FF008B1E6A6A05A28BD945A842423EF220948

 
1.5. Milliy brend siyosati 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
“Eksportga 
ko’maklashish va uni rag’batlantirishni kuchaytirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. 
Hujjatda Joriy yil mobaynida mamlakatimizning tashqi iqtisodiy 
sohasida tashqi savdo hajmi va eksportni tizimli ravishda jadal 
oshirishga qaratilgan tarkibiy o’zgarishlar amalga oshirilgani, 
xususan, valyuta siyosati liberallashtirilgani, ma’muriy to’siqlar 
bartaraf etilgani, eksport qilinadigan meva-sabzavot mahsulotlari 
uchun narxlarni shakllantirish va to’lovning bozor mexanizmi joriy 
qilingani qayd etilgan. 
Raqobatbardosh afzalliklarga ega bo’lgan tarmoqlarda bir qator 
tizimli muammolar va kamchiliklarning saqlanib qolayotganligi 
eksport hajmlarining salmoqli o’sishini ta’minlashga to’sqinlik 
qilayotgani sanab o’tilgan. 
Tovarlar va xizmatlar eksporti hajmini tubdan oshirish, 
eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish, tashqi savdo 
muvozanatini ta’minlash va valyuta tushumlarini ko’paytirish 
maqsadida tadbirkorlik subyektlariga quyidagilarda har tomonlama 
ko’maklashish Vazirlar Mahkamasining komplekslari, Tashqi savdo 
vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, vazirliklar, idoralar, xo’jalik boshqaruvi 
organlari, 
boshqa 
tashkilotlar 
rahbarlari, 
shuningdek, 


33 
Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar 
va 
Toshkent 
shahar 
hokimlarining 
asosiy 
vazifalari 
etib 
belgilanmoqda: 
• 
yuqori qo’shilgan qiymatga ega eksportbop raqobatbardosh 
mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirish, xizmatlar (turistik, tibbiy, 
ta’lim, transport, qurilish va boshqalar) eksporti hajmini keskin 
oshirish hamda ularni ko’rsatish uchun tegishli infratuzilmani jadal 
barpo etish; 
• 
o’zi 
ishlab 
chiqargan 
mahsulotlarni 
yetkazib 
berishda 
hamkorlarni izlash hamda tashkilotlar va korxonalar bilan 
shartnomalar tuzish. 
Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va 
Markaziy bankning Eksportni qo’llab-quvvatlash milliy tizimini 
tashkil etish va uning asosiy vazifalari etib quyidagilarni belgilash 
to’g’risidagi taklifi qabul qilinmoqda: 
a) eksport faoliyatiga axborot-tahliliy ko’maklashish bo’yicha: 
• 
eksportni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlash sohasida davlat 
siyosatini takomillashtirish, eksport salohiyatini rivojlantirish bo’yicha 
davlat dasturlarini amalga oshirishda ko’maklashish; 
• 
marketing, narx shakllanishi, transport logistikasi, sertifikatlash, 
standartlashtirish 
va 
sifat 
nazorati, 
soliq 
hamda 
bojxona 
ma’muriyatchiligi (shu jumladan, xorijdagi) masalalari, “yagona 
darcha” tamoyili asosida tashqi bozorlarga kirish sharoitlari bo’yicha 
eksport qiluvchilarga va ularning chet eldagi hamkorlariga axborot va 
maslahat ko’magini ko’rsatish; 
• 
xorijiy xaridorni izlashga va eksport shartnomasini tuzishga 
qadar muzokaralar jarayoniga, shu jumladan, ularning loyihalarini 
tayyorlashga ko’maklashish; 
• 
respublika vazirliklari va idoralari, viloyatlar hamda tuman 
hokimliklari bilan milliy mahsulotlarni chet elga eksport qilish, 
eksport qiluvchilarni eksportni qo’llab-quvvatlash bo’yicha chora-
tadbirlar, mavjud imtiyozlar va preferensiyalar, vakolatli davlat 
organlarining vazifalari va funksiyalari to’g’risidagi ma’lumotlar bilan 
ta’minlashda tizimli hamkorlikni ta’minlash; 
• 
hududlarda axborot-maslahat markazlari tarmog’ini tashkil etish; 
• 
mahalliy eksport qiluvchilar, ishlab chiqariladigan mahsulotlar 
va xizmatlar bazasini ta’minlash orqali elektron tashqi savdo 
maydonchalarini yuritish, ishlab chiqarish va eksport faoliyati bilan 


34 
shug’ullanadigan tadbirkorlik subyektlariga yetakchi xalqaro elektron 
tijorat maydonchalariga kirish uchun yordam ko’rsatish; 
• 
ishonchli sifatli mahsulot yetkazib beruvchi sifatida mahalliy 
ishlab chiqaruvchilarning halolligini isbotlash uchun, shu jumladan, 
har yili “Made in Uzbekistan” milliy ko’rgazmasini, tarmoq va 
mintaqaviy tovarlar ko’rgazmalari va savdo yarmarkalarini o’tkazish, 
xalqaro ko’rgazmalar va taqdimotlarda ishtirok etish yo’li orqali 
o’zbek brendlari va mahsulotlarini xorijda ilgari surish bo’yicha 
“Made in Uzbekistan” dasturini amalga oshirish; 
• 
eksport qilishni boshlayotganlar uchun o’quv seminarlari va 
treninglar, tadbirkorlar uchun xorijiy mamlakatlarga tashqi savdo 
masalalari bo’yicha savdo missiyalari tashkil etish va o’tkazish; 
b) eksport faoliyatini moliyaviy qo’llab-quvvatlash qismida: 
• 
eksport qiluvchi korxonalarni moliyaviy resurslar bilan 
ta’minlash, noxomashyo eksport hajmi, milliy eksport qiluvchilar va 
ularning mahsulotlarini sotib oladigan mamlakatlar sonini oshirishga 
ko’maklashish; 
• 
ko’rgazma stendlarini tashkil etish va respublika korxonalarining 
xalqaro savdo yarmarkalari, taqdimotlari va reklama kampaniyalarida 
ishtirok etishi, shu jumladan, an’anaviy milliy mahsulotlar va 
brendlarni potensial bozorlarda ilgari surishni moliyalashtirish; 
• 
milliy mahsulotlarni xorijiy vakolatli organlar tomonidan 
rasmiylashtirilishi orqali standartlashtirish va sertifikatlashtirishning 
ham respublikadagi, ham xorijdagi xalqaro tizimlarini joriy etish bilan 
bog’liq xarajatlarni qoplash maqsadida eksport qiluvchi korxonalarga 
maqsadli moliyaviy yordam ko’rsatish; 
• 
moliyaviy 
qo’llab-quvvatlash 
va 
milliy 
eksportni 
sug’urtalashning zamonaviy mexanizmlarini muvaffaqiyatli qo’llagan 
xorijiy mamlakatlar tajribasini inobatga olib, shu jumladan, xalqaro 
moliyaviy institutlarni jalb qilgan holda eksportoldi va eksportni 
moliyalashtirish, eksport kreditlari va tavakkalchiligini sug’urtalash 
mexanizmlarini joriy etish; 
• 
savdoni moliyalashtirish uchun xalqaro va xorijiy moliya 
institutlarining qarzlari va imtiyozli kreditlarini jalb qilish; 
• 
boshqa kompleks moliyaviy va konsalting xizmatlarini 
ko’rsatish. 


35 
Eksportni 
qo’llab-quvvatlash 
milliy 
tizimining 
faoliyati 
O’zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tomonidan 
muvofiqlashtiriladi. 
Tashqi savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, 
Markaziy bank, Investisiyalar bo’yicha davlat qo’mitasi va 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Xususiylashtirilgan 
korxonalarga 
ko’maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo’mitasining: 
• 
O’zbekiston Respublikasi TIF Milliy banki huzuridagi Kichik 
biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining eksportini qo’llab-
quvvatlash jamg’armasi negizida O’zbekiston Respublikasi Tashqi 
savdo 
vazirligi 
huzuridagi 
Eksportni 
rag’batlantirish 
agentligini tashkil etish; 
• 
“O’zbekinvest” eksport-import milliy sug’urta kompaniyasiga 
eksport kreditlari va operasiyalarini sug’urtalash vazifasini yuklash va 
uni Tashqi savdo vazirligiga o’tkazish; 
• 
O’zbekiston 
Respublikasi 
tashqi 
savdo 
vazirini 
“O’zagroeksportbank” 
aksiyadorlik 
tijorat 
banki 
Kuzatuv 
kengashining raisi etib saylash; 
• 
O’zbekiston Respublikasining xorijdagi elchixonalari qoshida 
savdo vakolatxonalarini tashkil etish to’g’risidagi takliflari qabul 
qilinmoqda. 

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin