O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Buxoro davlat universiteti


 Zamonaviy axborot – kommunikasiya texnologiyalari asosida



Yüklə 1,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/75
tarix28.03.2023
ölçüsü1,66 Mb.
#90606
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75
12740 2 0F8FF008B1E6A6A05A28BD945A842423EF220948

 
1.6. Zamonaviy axborot – kommunikasiya texnologiyalari asosida 
mahsulotlar brendini rivojlantirish 
Axborot-kommunikasiya 
texnologiyalari 
hozirgi 
kunda 
hayotimizning barcha jabhalariga shunchalik singib ketdiki, bugungi 
kunda nafaqat kundalik faoliyatimiz, balki ijtimoiy-iqtisodiy sohalar 
rivojini ham ularsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bunday texnologiyalar 
axborotlashgan jamiyat negizini tashkil etib, kishilarning og’irini 
yengil, uzog’ini yaqin qilmoqda. Bundan tashqari, axborot-
kommunikasiya texnologiyalarining o’ziga xos jihatlaridan biri 
sifatida undan foydalanishning global xarakterga egaligini keltirib 
o’tish mumkin. Shu bois, “Zamonaviy axborot-kommunikasiya 
texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari 


36 
to’g’risida”
1
qaror qabul qilingan bo’lib, unga ko’ra axborot-
kommunikasiya texnologiyalarini iqtisodiyotning barcha jabhalariga 
tatbiq etishni takomillashtirish chora-tadbirlari ta’kidlangan. Bu esa, 
iqtisodiy tizimda mehnat unumdorligi va iqtisodiy samaradorlikni 
oshirishga xizmat qiladi.
O’zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Sh.Mirziyoyevning 
«O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar
strategiyasi to’g’risida»gi farmonida “xizmatlar ko’rsatish sohasini 
jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlar 
roli va ulushini oshirish, ko’rsatilayotgan xizmatlarning tuzilmasini 
eng avvalo xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari 
hisobiga tubdan o’zgartirish”
2
bo’yicha ustuvor vazifa sifatida 
belgilab berdilar. 
Bu 
borada 
zamonaviy 
axborot 
– 
kommunikasiya 
texnologiyalaridan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni mahalliy va jahon 
bozorlariga olib chiqish imkoniyatini hamda ushbu mahsulotning o’z 
xaridorini topishda, mamlakat eksport salohiyatini oshirishda 
foydalanish xarajatlarini kamaytirib, samaradorlikni oshishiga olib 
keladi. Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish va o’z mahsuloti bilan 
jahon bozoriga chiqishda avvalambor, mahsulot sifati hamda 
raqobatbardoshligiga e’tibor qaratilmog’i lozim. Jahon bozorlariga 
kiritilayotgan har bir mahsulotning o’z belgisi ya’ni, biznes tili bilan 
aytganda brendiga ega bo’ladi. Ushbu mahsulot brendi avvalambor, 
mahsulotning iste’molchi sog’lig’i va hayotiga xavf solmasligi uchun 
kafolatni anglatadi. Bundan tashqari mahsulot brendi shu mahsulot 
ishlab chiqarilayotgan mamlakatning dunyoga tanitishda muhim 
ahamiyat kasb etadi.
Mahsulot brendi ishlab chiqaruvchiga katta mas’uliyat yuklaydi. 
Chunki, ishlab chiqaruvchining birgina xatosi bilan brendni 
pasayishiga hattoki, ishlab chiqarish korxonasi faoliyatiga nuqta 
qo’yishgacha olib kelishi mumkin. Bunday salbiy oqibatlarni oldini 
olish uchun albatta ishlab chiqaruvchi o’z mahsuloti sifati va 
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Замонавий ахборот-коммуникация 
технологияларини янада жорий этиш ва ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида” 
ги ПҚ-1730-сонли қарори. Қонун ҳужжатлари маълумотлари миллий базаси, 01.12.2017 
й., 07/17/3415/0345-сон.
2
Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиёевнинг «Ўзбекистон Республикасини 
янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги 2017 йил 7 
февралдаги ПФ-4947-сонли Фармони. // Халқ сўзи, 2017 йил 8 февраль, 28 (6722)-сони. 


37 
raqobatbardoshligini 
doimiy 
nazoratda 
olib 
turishi, 
jahon 
iqtisodiyotidagi vaziyatlarni hamda dunyo bozoridagi o’zgarishlarni 
chuqur o’rganib borishini talab etadi.
Respublikamizda axborot-kommunikasiya texnologiyalarini har 
tomonlama ravnaq toptirish, uning huquqiy-tashkiliy hamda moddiy-
texnik bazasini izchil takomillashtirishga alohida e’tibor qaratib 
kelinmoqda. Ushbu tamoyil asosida ilg’or axborot-kommunikasiya 
texnologiyalari salohiyati, yutuqlari, innovasiyalari mamlakat rivoji, 
xalqimiz 
turmush 
darajasini 
yanada 
yuksaltirish, 
odamlar 
dunyoqarashini o’zgartirish, mamlakatimiz nufuzini jahonga yoyishga 
yo’naltirilayotgani diqqatga sazovordir.
Bu borada O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 27 
iyundagi 
«O’zbekiston 
Respublikasining 
Milliy 
axborot-
kommunikasiya 
tizimini 
yanada 
rivojlantirish 
chora-tadbirlari 
to’g’risida»gi 
qarori 
bilan 
«2013-2020-yillarda 
O’zbekiston 
Respublikasining 
Milliy 
axborot-kommunikasiya 
tizimini 
rivojlantirish 
kompleks 
dasturi» 
tasdiqlangan. 
Dasturda 
telekommunikasiya texnologiyalari, tizimlari va aloqa infratuzilmasini 
takomillashtirish hamda «Elektron hukumat» tizimi va uning 
loyihalarini joriy etish bo’yicha axborot tizimlari, ma’lumotlar 
bazalarini yaratish borasida muayyan vazifalar belgilangan bo’lib, 
«Elektron hukumat to’g’risida»gi qonun Oliy Majlis Qonunchilik 
palatasi tomonidan 2015 yilning 18 noyabrida qabul qilinib, 2016 
yilning 10 iyunidan rasman kuchga kirdi.
Unga ko’ra, elektron davlat xizmatlari ko’rsatuvchi davlat 
organlari va boshqa tashkilotlarning (keyingi o’rinlarda davlat 
organlari deb ataladi) idoraviy va idoralararo axborot tizimlari va 
axborot resurslari hamda elektron hukumat markaziy ma’lumotlar 
bazalarining o’zaro hamkorligi sohasida yagona davlat siyosatini 
amalga oshiriladi.
Bundan 
tashqari, 
O’zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining “O’zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat 
xizmatlari portali orqali elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini 
takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori qabul qilingan 
bo’lib, unda elektron hukumat markaziy ma’lumotlar bazasi va 
axborot tizimlari komplekslari bilan integrasiyalash O’zbekiston 
Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 
elektron davlat xizmatlarini ko’rsatish sifatini yanada oshiriladi.


38 
Axborot-kommunikasiya 
texnologiyalaridan 
foydalanishda 
interaktiv davlat xizmatlarini yo’lga qo’yilishi, inson manfaatlarini 
oliy qadriyat darajasiga ko’tarishdek ulug’ maqsadga qaratilgan 
bo’lib, shu asosda kishilarning uzog’ini yaqin, mushkulini oson qilish 
nazarda tutilgan. Bu borada olib borilgan islohotlar natijasida hozirgi 
kunga kelib interaktiv davlat xizmatlari soni statistik ma’lumotlar 
reyestridan 197 turdagi xizmatlar ro’yxatdan o’tgani, davlat organlari 
tomonidan veb-saytlar orqali ko’rsatiladigan xizmatlar soni 617 taga 
yetganini keltirib o’tish mumkin.
Zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalarining ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishga ta’siri nihoyatda yuqori bo’lib, bu, eng avvalo, 
mehnat unumdorligining o’sishi, raqobatdoshlik ta’minlanishi, yangi 
ish o’rinlari yaratilishi, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish 
xarajatlari kamayishida namoyon bo’ladi. Pirovardida mamlakat 
eksport salohiyati yuksalib, tashqi bozorlarga chiqish, yangi savdo 
yo’nalishlarini ochish imkoniyati kengayib boraveradi.
Bu borada zamonaviy axborot kommunikasiya texnologiyalarining 
vazifasi avvalambor sifatli, ishonchli va raqobatbardosh tovarni, uning 
bozordagi o’rni hamda xaridorgirligini aniqlashdan iborat bo’ladi. 
Sodda 
qilib 
aytganda, 
zamonaviy 
axborot 
kommunikasiya 
texnologiyalari ushbu jarayonda vositachi sifatida faoliyat yuritadi. 
Vositachilik esa o’z navbatida har ikki tomon, ya’ni ishlab 
chiqaruvchi va iste’molchi uchun manfaatli bitim tuzishiga imkoniyat 
yaratib 
beruvchi 
faoliyatdir. 
Bundan 
ko’rinadiki, 
vositachi 
faoliyatining davomiyligi va uzluksizligi iste’molchiga taqdim 
qilayotgan 
mahsulotning 
sifatiga, 
raqobatbardoshligi 
va 
kafolatlanganligiga bir so’z bilan aytganda brendiga bog’liq. Brend – 
biror mahsulot yoki xizmatning iste’molchi tasavvuridagi ko’rinishi 
bo’lib, ushbu xizmat yoki mahsulotni taklif qilayotgan kompaniya 
orttirgan ishonchi, iste’molchi oldida uning ruhiy yoki ma’naviy qadri 
sifatida namoyon bo’ladi. Umuman olganda, brend – bu biror 
kompaniya, mahsulot yoki xizmatning imidji, qadr-qimmati va nufuzi.
Shuni ta’kidlash joizki, bu borada O’zbekiston Respublikasi 
Prezidenti Sh.Mirziyoyevning «O’zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish 
bo’yicha 
harakatlar 
strategiyasi 
to’g’risida»gi 
farmonining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning 
ustuvor yo’nalishari” nomli 3 bandida “...xorijiy investisiyalar, jahon 


39 
brendlarini faol jalb qilish...”
1
qo’ygan ustuvor vazifalar istalgan 
mahsulotning yaxshi sotilishi muvaffaqiyati uning ommabop brend 
assortimentida paydo bo’lishini yana bir bor tasdiqlaydi. Kuchli 
brendlar jahondagi barcha bozorda katta ta’sirga ega. ammo, bu qadar 
kuchli brendni yaratish ham murakkab ish bo’lib, bunda ishlab 
chiqaruvchi mahsulotni qanday nom ostida taqdim etilishidan tortib, 
xodimlarning korporativ madaniyatga qadar o’ylab ko’rishi talab 
etiladi. Albatta ishlab chiqarilgan mahsulotni eksport qilish uchun 
bunday belgilarni kiritishning zarurati nisbatan o’sgan iqtisodiyot, 
tijorat va ishlab chiqaruvchi bilan xaridorning geografik jihatdan 
uzoqda joylashganidan kelib chiqqan edi. Tijoratning rivojlanishi va 
tovarlarning uzoq masofalarga jo’natilishida belgi o’ziga xos sifat 
kafolati bo’lgan, bundan tashqari aniq ishlab chiqaruvchiga 
tegishliligini bildirgan.
Amaliyotda ko’pchilik bir-biriga yaqin bo’lgan brend va tijorat 
markasi tushunchalarini adashtirishadi. Aslini olganda, brend – bu 
shunchaki korxona yoki tovarning nomi, grafik tasviri (logotip) va 
musiqiy belgisidan iborat bo’lgan tijorat markasi emas. Tijorat 
markasi faqat jismoniy, tuyish mumkin bo’lgan jihati. Bu tushuncha 
faqat tovar ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlatilsa ma’noga ega, lekin 
xaridor uchun bu atama ahamiyatsiz. Xaridor belgi yoki markani 
emas, 
aynan 
brendni 
sotib 
oladi. 
Shuning 
uchun 
brend 
tushunchasidagi asosiy urg’uni xaridorlarning ergashishiga, ya’ni 
tuyib bo’lmaydigan virtual jihatlariga qaratish lozim. Ta’kidlash 
lozimki, brend bilan tovarning farqi bo’lib, bu ularning hayotiylik 
davrida o’z aksini topadi. Agar brendlarni loqaydlik bilan boshqarilsa, 
xuddi mahsulotlarnikidek hayotiylik davrga ega bo’lishi muqarrar. 
Ammo, puxta boshqariladigan brendlar boqiydir.
Shu ma’noda o’zbek mahsulotini yagona brend ostida samarali va 
yaxshi 
o’ylangan 
holda 
ilgari 
surish 
maqsadida 
“O’zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi rahbariyati jahon 
iqtisodiyotidagi vaziyatni hamda dunyoning ko’plab bozorlaridagi 
holatni yaxshi tushunib, an’anaviy o’zbek tovarlari, xususan, yangi va 
qayta ishlangan qishloq xo’jaligi hamda oziq-ovqat sanoati mahsuloti 
1
Ўзбекистон 
Республикаси 
Президенти 
Ш.Мирзиёевнинг 
«Ўзбекистон 
Республикасини янада ривожлантириш бўйича ҳаракатлар стратегияси тўғрисида»ги 
2017 йил 7 февралдаги ПФ-4947-сонли Фармони. // Халқ сўзи, 2017 йил 8 февраль, 28 
(6722)-сони.


40 
xalqaro bozorda kuchli, barqaror UzAgro brendi ostida dunyoning 
istalgan nuqtasida sheriklar uchun taklif etilayotgan tovar va 
xizmatlarning yuqori sifati kafolatchi sifatida ma’lum qildi. Bu orqali 
mahalliy ishlab chiqaruvchilar o’z mahsulotini UzAgro brendi ostida 
sotish imkoniyatini qo’lga kiritadi. Shuningdek, “UzAgro mamlakat 
eksportchilariga ko’plab vazifalarni hal qilishda ko’mak beradi. 
Bo’lajak hosilni ekish chog’ida hajmlar va qishloq xo’jaligi 
mahsulotining o’ziga xos jihatlari bo’yicha saqlash va yuk tashuvi 
bilan bog’liq xarajatlarni qisqartirish masalalarida maslahat beradi. 
Huquqiy ko’mak ko’rsatadi va ishonchli sheriklarni topishga yordam 
beradi. Bu o’z navbatida mamlakatimizda dehqon-fermer xo’jaliklari 
tomonidan yetishtirilayotgan meva-sabzovotlar eksport salohiyatini, 
mahsulot sifatini va raqobatbardoshligini oshirishga olib keladi
Hozirgi kunda o’zbek eksportchilariga biroz ziyon ko’rsatayotgan 
xarajatlarni – turli mahsulotlarni haddan tashqari ko’p yoki yetarli 
bo’lmagan hajmda ishlab chiqarish, yetarli bo’lmagan darajada 
narxlash, yuqori xatarga ega bozorlarda ehtimoliy sheriklarni 
tanlashdagi xatolar, qimmat logistika va kreditlarni qoplash bo’yicha 
yuqori sarf-xarajatlarni maksimal qisqartirish imkonini brend 
rivojining strategik jihatdan rejalashtirish beradi. Ushbu brendni 
yaratilishi bugungi kunda eksportga yo’naltirilayotgan mevasabzavot 
mahsulotlarining 90 foizidan ortig’i kichik ishlab chiqaruvchilar 
tomonidan 
yordamchi 
xo’jaliklarda, 
shu 
jumladan 
tomorqa 
uchastkalarida yetishtirilayotganligini e’tiborga olsak, ularni birgina 
UzAgro brendi ostida birlashuvini ta’minlaydi.
Ilg’or axborot-kommunikasiya texnologiyalari salohiyati, yutuqlari, 
innovasiyalari mamlakat rivoji, xalqimiz turmush darajasini yanada 
yuksaltirish, odamlar dunyoqarashini o’zgartirish, mamlakatimiz 
nufuzini jahonga yoyishga yo’naltirilayotgani diqqatga sazovordir.
Zamonaviy 
axborot 
kommunikasiya 
texnologiyalarining 
ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishga ta’siri nihoyatda yuqori bo’lib, eng 
avvalo, mehnat unumdorligining o’sishi, raqobatdoshlik ta’minlanishi, 
yangi ish o’rinlari yaratilishi, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish 
xarajatlari kamayishida namoyon bo’ladi.
Zamonaviy 
axborot 
kommunikasiya 
texnologiyalari 
ushbu 
jarayonda vositachi sifatida faoliyat yuritadi. Vositachilik esa o’z 
navbatida har ikki tomon, ya’ni ishlab chiqaruvchi va ist’molchi 


41 
uchun manfaatli bitim tuzishiga imkoniyat yaratib beruvchi 
faoliyatdir.
Kuchli brendlar jahondagi barcha bozorda katta ta’sirga ega. ammo, 
bu qadar kuchli brendni yaratish ham murakkab ish bo’lib, bunda 
ishlab chiqaruvchi mahsulotni qanday nom ostida taqdim etilishidan 
tortib, xodimlarning korporativ madaniyatga qadar o’ylab ko’rishi 
talab etiladi. Ta’kidlash lozimki, brend bilan tovarning farqi bo’lib, bu 
ularning hayotiylik davrida o’z aksini topadi. Agar brendlarni 
loqaydlik bilan boshqarilsa, xuddi mahsulotlarnikidek hayotiylik 
davrga ega bo’lishi muqarrar. Ammo, puxta boshqariladigan brendlar 
boqiydir.

Yüklə 1,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin