____________________________________________________________________________________________________________________________________
Ilmiy rahbari:
_______________________________ ___________________
(ilmiy darajasi, unvoni F.I.SH.) (imzo)
“___” ___________ 2023-y.
MUNDARIJA:
KIRISH………………………………………………………………..…………..5
I BOB. «O’QISH DARSLARIDA «MA’NAVIY -QALB QUYOSHI»MAVZUSINI O’RGANISH 4-SINF
1.1.«O’qish darslarida «ma’naviy -qalb quyoshi»mavzusini o’rganish...7
1.2. Ma’naviyat asoslarining muhimligi…………..…….......................................11
1.3.O’zbekistonning ma’naviyatini belgilab beruvchi ramzlar..............................13
I.Bob bo‘yicha xulosa………..........…………………………………….....….….17
II BOB. .Yuksak manaviyat-yengilmas kuch
2.1.Madaniyat va ma’rifat tushunchalari…………………………………….........19
2.2.Milliyligimiz-qalb quyoshimizdir ……….……..…………………………….24
2.3.O’zbek xalqining ma’naviyati ……………………………........………..........25
2-bob bo‘yicha xulosa……………………………………………………..…...…26
XULOSA…………………………………………………………………............29
FOYGALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………......... 30
KIRISH
Biz har doim ma'naviyat haqida uning ma'no mazmuni, hayotimizdagi o'rni va ahamiyati haqida juda ko'p eshitganmiz.
Bu murakkab va serqirra tushunchaning nazariy va amaliy tomonlari, mazmun-mohiyati, keng qamrovli fikr mulohazalar orqali tahlil etiladi.Ayni paytda yurtimizda-istiqlol yillarida milliy ma'naviyatimizni tiklash, uni zamon talablari asosida rivojlantirish asnosida ulkan ishlar amalga oshirilmokda. Jumladan maktabgacha ta'lim maskanlaridan tortib nufuzli oliy o'quv yurtlarida tashkil etilayotgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlardan ko'zlangan maqsad yoshlarimizni har tomonlama etuk shaxs qilib tarbiyalashga qaratilgan. SHiddatli globallashuv jarayonlarida, ayniqsa, ommaviy madaniyat sabab ma'naviyatimiz, fikrlarimiz, hayotga munosabatlarimiz o'zgarayotgan bir pallada puxta bilimga ega bo'lish va turli tahdidlarga kurasha olish, ong va shuurimizda kurashuvchanlik immunitetini yaratish har birimizning burchimiz hisoblanadi.
Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumani umumta'lim maktablarida ta'lim-tarbiya olayotgan o'quvchilar o'rtasida turli fan oyligi va bellashuvlar o'tkazish an'anaga aylangan.
Muhtaram Prezidentimizning ayniqsa o'quvchi yoshlarga qaratgan e'tiborlari, yaratgan shart-sharoitlari kishini ruhlantiradi. Zero “Kelajak yoshlar qo'lida”.
YOshlarning kelajakda o'zi tanlagan mutaxassislikning bilimdoni bulib etishishida etuk ma'naviyatli bulishi lozimligini ta'kidlash maqsadga muvofikdir.
Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. Maʼnaviyat atamasining asosida „maʼno“ soʻzi yotadi. Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning boʻybasti, koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuygʻularini oʻz ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami maʼnaviyatdir. Oziq-ovqat odamga jismoniy quvvat bersa, maʼnaviyat unga ruhiy ozuqa va qudrat bagʻishlaydi. Maʼnaviyat maʼrifat va madaniyat bilan bogʻliq. Maʼnaviyat odamlarda tap-tayyor holda vujudga kelmaydi. Unga muttasil oʻqish, oʻrganish, tajriba orttirish orqaligina erishiladi. Maʼnaviyat qanchalik boyib borsa, jamiyat va millat shunchalik ravnaq topadi. Maʼnaviyatli odam yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrini mazmunli oʻtkazish yoʻlini izlab topadi, muomala qilish madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat nuqtai nazaridan yondoshadi. Vijdon nima, yolgʻon va rost nima, or-nomus nima, halol va harom nima — bularning hammasini bir-biridan ajrata oladi, hayotda yomonlikka boshlovchi xatti-harakatlardan voz kechadi, yaxshilikka boshlovchi amallarni bajaradi. Qisqasi, maʼnaviyatda inson hayotining mazmuni aks etadi. Vatanni sevish, vatanpar-varlik inson maʼnaviyatini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Maʼnaviyat kamol topgan jamiyatlarda qobiliyat, isteʼdod egalari shu jamiyatning, millatning yuzi, gʻururi, obroʻ-eʼtibori hisoblanadi. Maʼnaviyatli jamiyatda aql, sogʻlom fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvordir. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi kuchli boʻladi, odamga nomunosib turli illatlar barham topadi. Millatning asrlar davomida shakllangan ildizlari, uning tarixiy tajribalari va ijtimoiymadaniy rivojlanishisiz maʼnaviyatni tasavvur qilish qi-yin. „maʼnaviyat — insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yoʻq joyda hech qachon baxtsaodat boʻlmaydi“, degan edi Oʻzbekistonning ilk prezidenti Islom Karimov Shu sababli Oʻzbekistonda maʼnaviyatni yuksaltirish, xalqni maʼnaviyatli qilish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Mustaqillik tufayli oʻzbek xalqining koʻp asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosini oʻrganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yoʻl ochildi.
Maʼnaviyatimiz „Avesto“ va zardushtiylik taʼlimotidan boshlab hozirgi kungacha shakllanib, boyib, umuminsoniy qadriyatlar bilan yonma-yon rivojlanib bormoqda. Oʻzbekistonda maʼnaviyat va maʼrifatni koʻtarish, targʻib qilish, boyitish, aholining keng doirasiga yoyish maqsadida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tashkil etilgan. Respublika taʼlim tizimida „Maʼnaviyat asoslari“ fani oʻqitiladi. Maʼnaviyat sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borilyapti millatning asosiy xususiyatlarini, belgilarini mustahkamlaydi: millatning jipsligi va mushtarakligini ta'minlaydi, tilini, iymon-e'tiqodinn, milliy psixologiyasi.
Dostları ilə paylaş: |