O‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti



Yüklə 41,59 Kb.
səhifə8/11
tarix21.06.2023
ölçüsü41,59 Kb.
#133762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
o\'qish darslarida ma\'navyat qalb quyoshi mavzusini o\'rganish kurs ishi

2.2.Milliyligimiz-qalb quyoshimizdir
Chindan ham, bu zaminda istiqomat qiladigan odamlarning tarqoq bo‘lib yashashga imkoni yo‘q, tabiatning o‘zi, hayotning o‘zi ularni shu ruhda tarbiyalagan. Turmush va tafakkur tarzimizning ajralmas qismiga aylanib ketgan mana shunday azaliy tushunchalar mintaqamizda yashab o‘tgan ulug‘ allomalar, mutafakkir zotlarning qoldirgan bebaho merosida ham o‘zining yorqin ifodasini topgan.
Misol uchun, Alisher Navoiy bobomiz bo‘ladimi, Rudakiy, Abay, Maxtumquli yoki To‘qtag‘ul kabi ulug‘ zotlar bo‘ladimi, ularning barchasi o‘z ijodi bilan nafaqat ikki daryo oralig‘idagi xalqlarni, balki butun bashariyat farzandlarini doimo mehr-oqibatli, do‘st- birodar bo‘lib yashashga da’vat etgani bejiz emas, albatta.
Ota-bobolarimiz necha asrlar mobaynida shu bepoyon mintaqada qanday hamjihat bo‘lib, qanday qadriyatlar asosida yashab kelgan bo‘lsa, bugun ham, ta’bir joiz bo‘lsa, tarix va hayot gardishi, tabiatning o‘zi bizni – butun O‘rta Osiyo xalqlarini aynan ana
shunday do‘stlik va hamkorlik ruhida hayot kechirishga da’vat etmoqda.
Bir so‘z bilan aytganda, tarixiy voqelikka mana shunday qarash, jamuljam bo‘lib yashash tuyg‘usi biz uchun hayot falsafasiga, yana ham aniqrog‘i, hayot qoidasiga aylanib ketgan.
Zamonaviy tilda aytadigan bo‘lsak, bu milliy mentalitetimizning asosini tashkil etadigan, bizni boshqalardan ajratib turadigan shunday bir xususiyatki, uni sezmaslik, anglamaslik, ko‘rmaslik umuman mumkin emas.
G‘arb olamida esa odamlarning hayot tarzida jamoaviylikdan ko‘ra individualizm, shaxsiy manfaat tamoyillari ustunlik qilishini kuzatish mumkin. Bu ham muayan, obyektiv ijtimoiy- tarixiy omillar tufayli shakllangan voqelik bo‘lib, uni ham inkor etib bo‘lmaydi.
Albatta, O‘rta Osiyo muhitida jamoa, mahalla bo‘lib, bir-biriga mehr- oqibatli bo‘lib yashaydigan insonlar, davr qanchalik o‘zgarmasin, tarix sinovidan o‘tgan o‘z qadriyatlariga sodiq bo‘lib yashashni ma’qul ko‘rar ekan, buni zamonaviy fikrlaydigan, dunyoga teran nazar tashlaydigan odam to‘g‘ri tushunishi, tan olishi va uni hurmat bilan qabul qilishi lozim.
Ming afsuski, mana shunday tarixiy haqiqatni anglamaydigan yoki anglashni istamaydigan chet eldagi ba’zi siyosatchi va arboblar nafaqat siyosat yoki iqtisodiyot, balki ma’naviyat bobida ham bizga aql o‘rgatishga, azaliy hayot tarzimiz, ruhiy dunyomizga yot bo‘lgan qarashlarni majburan joriy etishga urinmoqda.
Bunday kuchlarning g‘arazli munosabati avvalo boy va qadimiy ma’naviyatimizga qarshi qaratilgani, ular xalqimizni ana shu bebaho boylikdan judo qilish uchun har xil usul va vositalar bilan zo‘r berib urinayotgani barchamizni tashvishlantirmasdan qolmaydi, albatta.
Nega deganda, insoniyatning ko‘p ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi. Buning tasdig‘ini uzoq va yaqin tarixdagi ko‘p-ko‘p misollarda yaqqol ko‘rish mumkin. Chunki har qaysi millat yoki xalqning ma’naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, o‘sib kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
Binobarin, ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o‘z- o‘zidan mamlakat xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog‘lom avlod kelajagini ta’minlash yo‘lidagi jiddiy xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin.
Kezi kelganda ilgari aytgan bir fikrimni takrorlamoqchiman: bu dunyoda tabiatda ham, jamiyatda ham bo‘shliq bo‘lmaydi. Qayerdadir bo‘shliq paydo bo‘ldimi, hech shubhasiz, uni albatta kimdir to‘ldirishga harakat qiladi.



Yüklə 41,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin