O‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti



Yüklə 41,59 Kb.
səhifə10/11
tarix21.06.2023
ölçüsü41,59 Kb.
#133762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
o\'qish darslarida ma\'navyat qalb quyoshi mavzusini o\'rganish kurs ishi

2-bob bo‘yicha xulosa
Agarki masalaga amaliy ko‘z bilan qaraydigan bo‘lsak, ma’naviyatimizga qarshi qaratilgan har qanday xuruj – bu millatimizni millat qiladigan, asrlar, ming yillar davomida ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan o‘ziga xos va o‘ziga mos xususiyatlarga, milliy g‘urur, milliy iftixor tuyg‘usiga, bizni doimiy ravishda tadrijiy taraqqiyotga chorlaydigan, shu yo‘ldagi barcha asorat va illatlardan xalos bo‘lib,
ozod va farovon hayot barpo etishdek ezgu maqsadlarimizga katta zarba beradigan mudhish xavf-xatarlarni anglatadi. Lo‘nda qilib aytadigan bo‘lsak, bunday mafkuraviy
xurujlar milliy va diniy tomirlarimizga bolta urishini, ulardan bizni butunlay uzib tashlashdek yovuz maqsadlarni ko‘zlashini, o‘ilaymanki, yurtimizda yashaydigan sog‘lom fikrli har bir odam yaxshi tushunadi.
Bunday tajovuzkorona harakatlar bizlar uchun mutlaqo begona mafkura va dunyoqarashni avvalo beg‘ubor yoshlarimizning qalbi va ongiga singdirishga qaratilgani bilan ayniqsa xatarlidir. Bunday holatlarga duch kelganda, umrida mamlakatimizga qadam qo‘ymagan,
O‘zbekistonni hatto xaritadan ham ko‘rsatib berolmaydigan, lekin o‘zini mutlaq haqiqatning yagona ifodachisi deb hisoblaydigan kimsalarning yengil-yelpi fikrlarini eshitganda, ularga qarata beixtiyor, e, baraka topkur, oldin yurtimizga bir kelib ko‘ring,
tariximiz, ma’naviyatimiz, hayot tarzimiz bilan tanishib, undan keyin gapiring, deb aytgingiz keladi.
Haqiqat va xolislikdan yiroq bo‘lgan, faqat g‘arazli siyosiy manfaatlarni ko‘zlaydigan bunday qarashlar hech kimga naf keltirmaydi va hech kimning obro‘siga obro‘ qo‘shmaydi, albatta.
Agarki biz bunday xatarlarga qarshi o‘z vaqtida qat’iyat va izchillik bilan kurash olib bormasak, turli zararli oqimlar bizning yurtimizga ham shiddat bilan yopirilib kirishi, yoshlarimizni o‘z girdobiga tortib ketishini, oqibatda ularning ota- ona, oila, el-urt oldidagi burchi va mas’uliyatini o‘ylamaydigan, faqat bir kunlik hayot bilan yashaydigan xudpisand kimsalarga aylanib qolishi mumkinligini tasavvur qilish qiyin emas. Mana shu achchiq haqiqatni yurtimizdagi har bir inson, har qaysi ota- ona, eng muhimi, har qaysi yigit-qiz chuqur anglab olishini istardim.
Takror aytishga to‘g‘ri keladi – ota-onalar, ustoz-murabbiylar bu masalada hushorlikni yo‘qotmasligimiz, yoshlar tarbiyasida aslo beparvo bo‘lmasligimiz zarur.
O‘ylaymanki, tarixda ko‘p-ko‘p sinov va mashaqqatlarni ko‘rgan, aziz farzandining baxti va kelajagini o‘z hayotining ma’no-mazmuni deb biladigan xalqimiz bunday xatarlarning mash’um oqibatlarini yaxshi anglaydi.


XULOSA
Xulosa qilib aytganda, bugungi shiddatli davrda chinakam ma’naviyatli va ma’rifatli odamgina inson qadrini bilishi, o‘z milliy qadriyatlarini, milliy o‘zligini anglashi, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon hamjamiyatida o‘ziga munosib o‘rin egallashi uchun fidoiylik bilan kurasha olishi mumkin.
Nafaqat davlat rahbari, avvalambor, buyuk tarix, madaniyat va ma’naviyat egasi bo‘lgan xalqimizning bir farzandi sifatida, ana shu bebaho boylikni asrab-avaylash, uni har xil oshkora va pinhona hujumlardan himoya qilish haqida qayg‘uradigan bir inson sifatida yuqorida zikr etilgan o‘ta muhim va o‘ta nozik bu masalalar meni ham ko‘pdan buyon o‘ylantirib keladi.
Ushbu kitob insonning yuksalishida ma’naviyat olamining qanday ta’sir va ahamiyatga ega ekani, shuningdek, ma’naviyatga qarshi qaratilgan xurujlarning real xavfi haqida atroflicha fikr yuritish, xalqimiz yangi hayot, yangi jamiyat asoslarini qurayotgan hozirgi murakkab va tahlikali zamonda odamlarni bunday xatarlardan ogoh etish, el-urtimiz, keng jamoatchilik e’tiborini bu masalalarga yana bir bor qaratish, kelajak avlodimizni ma’naviy sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash bilan bog‘liq
vazifalarni aniq belgilab olish borasidagi hayotiy ehtiyoj mahsuli sifatida dunyoga keldi.
Agarki mendan, hozirgi kunda ma’naviyatimizni asrash uchun nima qilish lozim va unga tahdid soladigan xurujlarga nimani qarshi qo‘yish kerak, deb so‘rasa, men avvalambor shu yurtda yashayotgan har qaysi inson o‘zligini anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug‘ ajdodlarimizning merosini chuqurroq o‘zlashtirishi, bugungi tez o‘zgarayotgan hayot voqeligiga ongli qarab, mustaqil fikrlashi va diyorimizdagi barcha o‘zgarishlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashi zarur, deb javob bergan bo‘lardim.

Yüklə 41,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin