O‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi chirchiq davlat pedagogika universiteti



Yüklə 41,59 Kb.
səhifə6/11
tarix21.06.2023
ölçüsü41,59 Kb.
#133762
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
o\'qish darslarida ma\'navyat qalb quyoshi mavzusini o\'rganish kurs ishi

1-bob bo‘yicha xulosa
Ma'naviyat va milliy taraqqiyot masalasini bir butun holda o’rganish o’zligimizni anglab olishga, milliy qadriyatlarimizni umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg’unlashtirishga yordam beradi.Va diniy ilmlarni birga qoshib, uni zohiriy ilmlar deb ataganlar. Ularning uqtirishicha, faqat zohiriy ilmlar bilan xudoni bilish qiyin. Biroq, boshqa bir nuqtai nazar ham bor: garchi zohiriy bilimlar haq taolo asrorini anglashga yaroqsiz bolsa-da, lekin Allohni bilish dunyoni bilishdan boshlanishi kerak.
Marifat haq tomonidan yuboriladi. Bu mening fikrim emas, balki ilohiy ilhomdir, deb yozadi Ibn al-Arabiy. Ozbekistonda M. sohasidagi ishlar oz tarixiga ega. 1917 yilga qadar islom hukmron mafkura bolib kelgan davrda, maorif muassasalari asosan uch turdagi diniy maktablar: ibtidoiy maktablar, madrasa va qorixonalar shaklida mavjud edi. YAqin vaqtlarga qadar ilmiy adabiyotlarimizda inqilobdan oldingi Orta Osiyodagi maktablar tahliliga jon yondashib kelingandi. Vaholanki, bu maktablar mintaqada mavjud bolgan davlatlardagi ijtimoiy jarayonlarni boshqarish va tartibga solish muassasalarining tarkibiy kismi bolib kelgandi. Inqilobdan keyingi dastlabki yillarda maorif qurilishi va islohoti borasida ish olib borilar ekan, ozbek maktabi qonuniy ravishda ona tilida oqitish huquqiga ega boldi va har jihatdan osa boshladi. Lekin, bu maktablar mohiyatan shorolar siyosatiga xizmat qildi. Mustaqillikka erishganimizdan song ilm-marifatga katta etibor berilayotir.

II BOB. .”Yuksak manaviyat-yengilmas kuch”


2.1.Madaniyat va ma’rifat tushunchalari
Xalq talimi, Oliy va orta maxsus talim vazirliklari keng miqyosda faoliyat korsatmoqda. YAngi litsey, kollej va maktablar bunyod etildi. Hozir xorijiy tillarni organishga katta ahamiyat berilayotir. Rivojlangan mamlakatlarning nufuzli universitetlariga zamonaviy ilmlarni organish uchun qobiliyatli yoshlar yuborilmoqda. Prezident I.A. Karimov farmoni bilan Manaviyat va marifat jamoatchilik markazi tuzildi, bu tashkilot davlatimizdagi barcha M., madaniyat va manaviyat homiylarini oz atrofiga jipslashtirib, M. ishini yangi pogonaga kotarmoqda. 1917-1936 yillarda maorif sohasida birmuncha ishlar bajariddi, butun Ozbekiston maktablar, savodsizlikni tugatish togaraklari, oqituvchilar tayyorlash texnikumlari, bilim yurtlari va institutlari bilan qamrab olindi.
Ammo butun marifat ishi millatlar va milliy tillarni qoshib yuborish vazifasini bajarishga safarbar qilindi. 30-yillarning ortalarigacha maktablar, oquv yurtlari istibdod mafkurasini, yani kishilarning ong-bilimini, madaniyatini hukmron tizim ruhida tarbiyalash ochoqlari edi. Ayniqsa, 30-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab to SSSR parchalanib ketguncha (1937- 1991) ular mohiyatan hukmron mafkuraning quroli va vositasiga, millatlar va milliy tillarni qoshib yuborish nazariyasini targib etish va hayotga tatbiq etish markazlariga aylandi. Millatlar va milliy tillarning yaqinlashib, qoshilib ketishi goyasi va nazariyasi kishilar ongiga chuqur singdirildi. Bugungi M. millatimiz va milliy tilimizning, milliy madaniyatimizning har tomonlama taraqqiy etishi uchun xizmat qilishga yonaltirilgani bilan ahamiyatlidir.
Bugun biz tarixiy bir davrda – xalqimiz o‘z oldiga ezgu va ulug‘ maqsadlar qo‘yib, tinch-osoyishta hayot kechirayotgan, avvalambor o‘z kuch va imkoniyatlariga tayanib, demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish yo‘lida ulkan natijalarni qo‘lga kiritayotgan bir zamonda yashamoqdamiz.
Biz o‘z taqdirimizni o‘z qo‘limizga olib, azaliy qadriyatlarimizga suyanib, shu bilan birga, taraqqiy topgan davlatlar tajribasini hisobga olgan holda, mana shunday olijanob intilishlar bilan yashayotganimiz, xalqimiz asrlar davomida orziqib kutgan ozod, erkin va farovon hayotni barpo etayotganimiz, bu yo‘lda erishayotgan yutuqlarimizni xalqaro hamjamiyat tan olgani – bunday imkoniyatlarning barchasini aynan mustaqillik berganini bugun hammamiz chuqur anglaymiz.
Ana shu haqiqatni xalqimiz har tomonlama to‘g‘ri tushunib, tanlagan taraqqiyot yo‘limizni ongli ravishda qabul qilgani va qo‘llab-quvvatlayotgani oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishishning asosiy manbai va garovi ekanini hayotning o‘zi tasdiqlamoqda.
Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam bo‘lmasligi, farzandlarimizning bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lib yashashi uchun bor kuch
va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz, bu borada ma’naviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi. Agar biz bu masalada hushorlik va sezgirligimizni, qat’iyat va mas’uliyatimizni yo‘qotsak, bu o‘ta muhim ishni o‘z
holiga, o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘yadigan bo‘lsak, muqaddas qadriyatlarimizga
yo‘g‘rilgan va ulardan oziqlangan ma’naviyatimizdan, tarixiy xotiramizdan ayrilib, oxir-oqibatda o‘zimiz intilgan umumbashariy taraqqiyot yo‘lidan chetga chiqib qolishimiz mumkin.
El-urtimiz o‘zining ko‘p asrlik tarixi davomida bunday mash’um xatarlarni necha bor ko‘rgan, ularning jabrini tortgan. Shunday asoratlar tufayli tilimiz, dinimiz va ma’naviyatimiz bir paytlar qanday xavf ostida qolganini barchamiz yaxshi bilamiz. Ana shu fojiali o‘tmish, bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘limiz barchamizga saboq bo‘lishi, bugungi voqelikni teran tahlil qilib, mavjud tahdidlarga nisbatan doimo ogoh bo‘lib yashashga da’vat etishi lozim. O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q. Bu haqiqat kishilik tarixida ko‘p bora o‘z isbotini topgan.
Ma’lumki, biz boshimizdan kechirgan sobiq mustabid tuzum davrida milliy ma’naviyatni rivojlantirishga mutlaqo yo‘l qo‘yilmagan. Aksincha, xalqimizning tabiati, yashash tarziga yot bo‘lgan kommunistik mafkurani har qanday yo‘llar va zo‘ravonlik
bilan joriy etishga harakat qilingan. Shuning uchun ham istiqlolning dastlabki kunlaridanoq bu sohadagi ahvolni tubdan o‘zgartirish yurtimizda eng dolzarb va hal qiluvchi vazifalardan biriga aylandi.
Shu o‘rinda biz bu o‘ta muhim masalaga qanday e’tibor berganimiz va uni bosqichma-bosqich hal qilib kelayotganimiz haqida to‘xtalib o‘tish joiz, deb o‘ylayman. Jumladan, 1994-yili 22 - sentabrda parlament minbaridan yaqin tariximizda boshimizdan kechirgan voqealar, ya’ni, millatimizning qadr- qimmati, sha’ni va nomusi poymol qilingani, ko‘hna tariximiz va muqaddas qadriyatlarimiz toptalgani haqida quyidagi dardli- iztirobli fikrlar bildirilgan va ba’zi bir g‘oyat qiyin, ammo
tabiiy savollar o‘rtaga tashlangan edi:
«–O‘zingiz o‘ylab ko‘ringlar, aziz do‘stlar, mustabid tuzum, mustamlakachilik davrida biz kim edik?
– Taqdirimiz, erkimiz kimlarning qo‘lida edi?
– Ka’ba deb qayerga sig‘inar edik? Har tong «Assalom!..” degan madhiya ohanglari ostida kimlarga qulluq qilib uyg‘onardik?
– Tilimiz, dinimiz qay ahvolda edi? Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshbandlarning muqaddas xoklariga e’tibor bormidi? Amir Temur, Bobur Mirzo va boshqa ulug‘ bobokalonlarimizning buyuk nomlari qaysi tuproqlarda qorishib
yotgan edi?
– Milliy g‘ururimiz, insonlik sha’nimiz, urf-odatlarimiz
qanday tushunchalarga almashtirilgan edi?
– Xo‘sh, o‘zimiz-chi? O‘zimiz o‘zligimizni bilarmidik? Qanday mo‘’tabar zamin, ulug‘ ajdodlarimizning o‘lmas meroslari bilan oziqlangan elning farzandlari ekanimizni anglarmidik?
– Aytinglar, o‘sha kezlari O‘zbekistonni dunyoda birov bilarmidi? Birov biz bilan hisoblasharmidi?
– Yurtimiz qanday va qancha beqiyos boyliklar xazinasi ekanidan
qay birimiz xabardor edik?
– Go‘yo milliy iftixor bo‘lmish paxta, haqiqatda milliy g‘urur o‘rniga bo‘yinturuq bo‘lib, xalqimizni yalangoyoq qilishdan, boshimizga azob-uqubat, ta’na-malomatdan boshqa nima keltirardi?”

Yüklə 41,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin