O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Tayanch tushunchalar 
Tsivilizatsiya, jahon tsivilizatsiyasi, jahon hamjamiyati, tsivilizatsiyali rivojlanish, iqtisodiy rivojlanish, mulk, 
mehnat, mehnatga munosabat. 
Takrorlash uchun savollar 
1. Jahon tsivilizatsiyasining asosiy xususiyatlari nimalarda namoyon bo’ladi? 
2. Taraqqiyotning o’zbek modeli kontseptsiyasini qanday tushunasiz? 
3. Jahon tsivilizatsiyasiga kirishda iqtisodiy sohadagi o’zgarishlarning ahamiyati qanday? 
ADABIYoTLAR 
1. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. T.: O’zbekiston, 1995. 
2. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot 
kafolatlari. - T.: «O’zbekiston», 1997. 
3. Karimov I.A. Barkamol avlod — O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. — T.: «O’zbekiston», 1997. 
4. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T., 1999. 
5. Karimov I.A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. «Fidokor», 2000 yil 8 iyun. 
6. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T.: O’zbekiston, 2000. 


XULOSA
 
Hurmatli talabalar! 
Siz falsafa bo’yicha asosiy mavzular bilan tanishdingiz. Ushbu ma’ruza matnlarini tayyorlagan mutaxassislar o’z diqqat-
e’tiborlarini siz o’rgangan mavzularning ilmiy jihatiga emas, balki ko’proq masalalarning tushunarli bo’lishi, sodda va ravon tilda 
bayon etilishiga qaratdilar. 
Ma’ruza matnlarida mamlakatimizda amalga oshayotgan tub o’zgarishlar, islohotlar va ma’naviy sohadagi yangilanish 
jarayonlari o’z ifodasini topgan. Ularda istiqlol yillarida odamlar ongi va tafakkurida ro’y berayotgan o’zgarishlar, jumladan falsafiy 
dunyoqarashning yangilanish jarayonlarini aks ettirishga harakat qilindi. Ana shu jihatdan olganda mualliflar o’z oldilariga sobiq 
ittifoq mafkurasidan qolgan falsafa sohasidagi asoratlardan qutulish, an’anaviy mavzularni hozirgi zamon talablari nuqtai nazaridan 
tavsiflash, to’plamga kiritilgan yangi mavzularni esa istiqlol talablari asosida yoritishga e’tibor berdilar. 
Siz falsafani o’rganish jarayonida yana bir yoshga ulg’aydingiz. Ushbu kitobning «So’z boshi»sida falsafani o’rganish bilan 
bog’liq bo’lgan jarayon to’g’risida fikr yuritgan va uni turlicha o’zlashtirish mumkinligini quyidagicha ko’rsatishga harakat qilgan 
edik: Mutaxassis bo’lmagan ba’zi kishilar falsafani eng qiyin va eng mavhum fan deb hisoblaydilar... Falsafa mutaxassisi bo’lmagan 
talabalarning nihoyatda oz qismigina bu fanning asl mohiyatini tushunib oladi, xolos. Aksariyat yoshlar esa, falsafa olamiga kirib 
bora olmasdan, go’yoki katta shahar boshlanadigan joyda qoladi, shu tariqa falsafaning mohiyatini durustroq tushunmay, diplom 
oladi hamda amaliyotga ketadi. Bundaylar nazarida falsafa tushunarsiz, mavhum va ortiqcha fan bo’lib qoladi, faqat baho olish uchun 
yodlangan qonun va qoidalar tez orada unutiladi. Ularda falsafa qonunlarini hayotga tatbiq etib bo’lmaydi, bu — foydasiz bilim 
sohasi, binobarin uni o’rganishga ketgan vaqt bekorga o’tdi, degan alamli qarash shakllanib qoladi. 
Xo’sh sizchi? Siz falsafa to’g’risida qanday fikrga keldingiz? Bu fanni o’qitilishi jarayonida nimalarni o’rgandingiz? Ular 
kelajakda sizga qanday yordam berishi, asqotishi mumkin? Biz ana shunday savollar bilan ushbu kitobni tugallamoqdamiz. Agar 
sizning bu savollarga javoblaringiz ijobiy bo’lsa mualliflar guruhi o’z vazifasini bajargan bo’lib hisoblanadi. Kitob to’g’risidagi 
oxirgi xulosani siz chiqarasiz, uning ustida ishlash va to’plamni o’quv qo’llanmasi darajasiga etkazish esa navbatdagi vazifa bo’lib 
hisoblanadi. 


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin