O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/94
tarix14.09.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#143537
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   94
Iqtisodiyot nazariyasi

Topshiriqlar: 
 
1. Soxta tasavvur berib yuzaga keluvchi iqtisodiy hodisalar tub 
mohiyati va yo‗nalishini ochish uchun turli-tuman murakkab hodisalar 
orasidan eng asosiysini sof holda ajratib olib, ilmiy tekshirishni qiyin-
lashtiruvchi hodisalarni yo‗q deb faraz qilish bu _________usulidir. 
2. Fikran yoki amaliy jihatdan tarkibiy qismlarga asoslanib umumiy 
holatni keltirib chiqarish bu_________ usulidir. 
3. Butunni tarkibiy qismlarga fikran yoki amaliy jihatdan ajratish bu 
_________usulidir. 
4. Quyidagilarning to‗g‗ri yoki noto‗g‗ri ekanligini belgilang: 
a) agar nazariy xulosalarning noto‗g‗riligi amaliyotda tasdiqlansa, bu 
xulosa shubha ostiga olinadi; 
b) normativ iqtisodiyot ―qanday bo‗lishi kerak‖ degan savolni emas, 
balki ―nima bor‖ degan savolning tahliliga qaratilgan
d) bir xil sharoitda muvaffaqiyatli tarzda o‗tkazilgan iqtisodiy siyosat 
boshqa xil sharoitda ham muvaffaqiyatli o‗tadi; 


19 
e) iqtisodiy nazariyaning asosiy maqsadi biznesda muvaffaqiyatga 
erishishdir; 
f) nazariya amaliyotda qo‗llanilishi uchun u har qanday aniq holatda 
tasdiqlanib turilishi lozim; 
g) iqtisodiy fanlar asoslarini yaxshi o‗zlashtirgan talabalar bu fanlarni 
o‗qimagan talabalardan farqli o‗laroq tadbirkorlik faoliyatini olib borish-
da muvaffaqiyatlarga erishadilar; 
h) oliy matematikani bilmasdan turib iqtisodiyot nazariyasini o‗rga-
nish mumkin emas; 
i) agar gipoteza amaliyotda tasdiqlansa, undagi nazariy qarashlar 
to‗g‗ri hisoblanadi; 
j) iqtisodiyot nazariyasi kelajakni bashorat qila olmaydi, lekin iqtiso-
diyotning rivojidagi ma‘lum ko‗rinishlarning oqibatlarini tushuntirib 
bera oladi; 
k) iqtisodiyot nazariyasi sotsializmning iqtisodiy munosabatlarini 
o‗rganishda qo‗llanilmaydi; 
l) agar iqtisodchilar iqtisodiy tamoyillarni talqin qilishda hamfikr 
bo‗lishsa, siyosiy ahvollarni baholashda ham fikrlari bir xil bo‗ladi; 
m) iqtisod aniq fan bo‗lmasa, bilishning ilmiy usullaridan foydalana 
olmaydi. 
5. Iqtisodiyot oldida turgan muammolarning qaysilari makro, qaysi-
lari mikrodarajada o‗rganiladi: 
a) O‗zbekistonda inflyatsiya darajasi 8 - 9 % dan oshmaydi; 
b) Toshkent poyabzal fabrikasi o‗tgan yili 200 ta ishchini ishdan bo‗-
shatdi; 
d) O‗zbekistonda yaxshi ob-havo sharoitlari paxta hosildorligini 
oshirishga olib keladi; 
e) 2015 yili O‗zbekistonda ishsizlik darajasi 7,2 % ni tashkil etdi; 
f) 2013 yili iste‘mol tovarlarining baholar darajasi 20% dan oshib 
ketdi; 
g) to‗satdan tushgan sovuq don hosildorligiga zarar yetkazdi va nati-
jada nonning narxi oshib ketdi; 
h) 2015 yilda YaMM darajasi 2014 yil ko‗rsatkichiga nisbatan 8,2% 
ga oshdi; 
i) sentyabr oyida Paxta bank xususiy omonatlar stavkasini 2% ga 
oshirdi; 
j) ToshDTU ga shartnoma asosida qabul qilingan talabalar sonining 
oshganligi sababli professor-o‗qituvchilarning maoshi oshirildi; 


20 
k) respublikada har yili davlat byudetining 40% ijtimoiy ta‘minotga 
yo‗naltiriladi; 
l) respublika bo‗yicha talabalarni qabul qilish rejasi oshirildi; 
m) a‘lochi talabalar yuqori stipendiya olishi kerak; 
6. Quyidagilarning qaysilari normativ, qaysilari pozitiv tasdiqlarga 
tegishli: 
a) 2014 yil Respublikada inflyatsiya darajasi 7,8% ni tashkil etdi; 
b) har yili pul hajmi YaMM o‗sish darajasiga mos ravishda o‗sishi 
kerak, ya‘ni 3-5% ga; 
d) 1994 yili inflyatsiya darajasi oyiga 30-33% ni tashkil etgan; 
e) aholining turmush darajasini oshirish uchun inflyatsiya darajasini 
pasaytirish kerak; 
f) bozor munosabatlariga o‗tilishi aholining daromad bo‗yicha taba-
qalashuviga sabab bo‗ladi; 
g) 2015 yili O‗zbekistonda YaMM hajmi 9,5 foizga o‗sdi; 
h) O‗zbekistonda 70 dan ortiq oliy o‗quv yurtlari mavjud; 
i) o‗tgan yili inflyatsiya darajasi 7,8 % ni tashkil etdi; 
j) 1992 yilda inflyatsiya natijasida mamlakat aholisining turmush da-
rajasi pasayib ketdi; 
k) ishlab chiqarish xarajatlarining o‗sishi ishlab chiqarayotgan 
mahsulot taklifini kamaytiradi; 
l) inflyatsiyaning eng maqbul darajasi yiliga 6-9%ni tashkil etishdir; 
m) univesitet rahbariyati darsga kelmaydigan talabalarni qattiq 
jazolashi kerak; 
7. Quyidagilarda sabab-oqibat bog‗liqligi mavjudmi? Qaysi biri sa-
bab, qaysi biri oqibatdir: 
a) mehnatning kam xarajatligi - eski uskunalar; 
b) iqtisodiy o‗sishning yuqori darajasi – mamlakatda aholi turmush 
darajasining yuqoriligi; 
d) baholar – bozordagi tovarlar miqdori; 
e) mahsulot bahosining pastligi – past xarajatlar. 
8. Kollejni bitirganlarni ishga joylanishi va turmush darajasini o‗rga-
nish natijasida shunday xulosaga kelindiki, maktabda qoniqarli bahoga 
o‗qiganlar a‘lochilarga nisbatan ko‗proq daromad oladilar. Bundan 
xulosa qilib, bilim darajasining oshishi daromadlarni pasayishiga sabab 
bo‗ladi deyish mumkinmi?

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin