O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/94
tarix14.09.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#143537
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   94
Iqtisodiyot nazariyasi

 iqtisodiy tizimni 
tashkil qiladi. 
Iqtisodiy nazariyada ko‗pincha iqtisodiy tizim tushunchasini ishlab 
chiqaruvchi kuchlarning rivojlanish darajasi bilan bog‗lab turkumlashga 
harakat qilinadi. Shu asosda dunyodagi rivojlangan mamlakatlar 
iqtisodiy tizimining uchta nusxasiga kiritiladi: an‘anaviy iqtisodiyot, 
ma‘muriy buyruqbozlik iqtisodiyoti va bozor iqtisodiyoti tizimlari. 
An‘anaviy iqtisodiyot
– deyarli hamma mamlakatlar bosib o‗tgan 
tarixiy tizimdir. U hozirgi davrda ham ko‗plab iqtisodiy jihatdan kam 
rivojlangan mamlakatlarda mavjud bo‗lib, ularda urf-odatlar, udumlarga, 
an‘analarga asoslangan iqtisodiy jarayonlarga amal qiladi. Ularda 
natural yoki mayda tovar xo‗jaligi hukmron bo‗ladi. Bu yerda ishlab 
chiqarish, ayirboshlash, daromadlarni taqsimlash vaqti-vaqti bilan 
o‗rnatiladigan urf-odatlarga asoslanadi. Merosxo‗rlik va sulola (tabaqa) 
shaxslarning iqtisodiy rolida hukmronlik qiladi, ijtimoiy-iqtisodiy 
turg‗unlik aniq ifodalanadi. Texnika taraqqiyoti va yangiliklarni joriy 
qilish keskin cheklangan, chunki ular an‘analar bilan ziddiyatli 
hisoblanadi va ijtimoiy tuzum barqarorligiga xavf tug‗diradi.
Bozor iqtisodiyotiga qarama-qarshi tizim 
ma‘muriy-buyruqbozlik 
iqtisodiyoti
hisoblanadi. Bu tizim amalda barcha moddiy resurslarga 
ijtimoiy aniqrog‗i davlat mulkchiligining hukmronligi va ma‘muriy 
organlar tomonidan iqtisodiy qarorlarning markazlashgan tartibda qabul 
qilinishi bilan xarakterlanadi. Foydalanadigan resurslarning hajmi, 
mahsulotning tarkibi va taqsimlanishi, ishlab chiqarishni tashkil qilish 
kabilarga tegishli barcha muhim qarorlar markaziy boshqarish organlari 
tomonidan qabul qilinadi. 
Iqtisodiy taraqqiyotda muhim bosqich hisoblangan tizim 
bozor 
iqtisodiyoti tizimidir

Bozor iqtisodiyoti tizimi asosan ikki bosqichga egadir. Birinchisi 
erkin raqobatga asoslangan klassik bozor iqtisodiyoti bo‗lib, ba‘zi 
adabiyotlarda uni sof kapitalizm deb ham yuritiladi. Ikkinchisi esa 


17 
hozirgi zamon rivojlangan bozor iqtisodiyoti bo‗lib, uni aralash 
iqtisodiyot tizimi deb ham yuritiladi. 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin