O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/94
tarix14.09.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#143537
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94
Iqtisodiyot nazariyasi

1)
bilish vazifasi
- har qanday fan kabi iqtisodiyot nazariyasi ham 
fundamental ahamiyatga ega: jamiyatda insonlarning tabiat ashyolari, 
boshqa moddiy ashyolar hamda o‗zaro bir-birlari bilan aloqalarida 
vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni tadqiq yetib, bizni o‗rab 
turgan olam to‗g‗risidagi fikrlarimizni kengaytiradi;
2)
amaliy vazifa
– amaliy iqtisodiyotning asosiy maqsadi 
cheklangan resurslardan unumli foydalanib iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash 
va shu asosda o‗sib boruvchi ehtiyojlarni qondira borishdan iborat. Shu 
maqsaddan kelib chiqib, cheklangan turli xil resurslarning har bir birligi 
evaziga ko‗proq tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‗rsatishni 
ta‘minlash, har bir faoliyat turi bo‗yicha xarajatlar miqdori bilan 


14 
erishilgan samara, ya‘ni tovar va xizmatlar miqdorini taqqoslash, 
resurslardan unumliroq foydalanish yo‗llarini topishdan iboratdir; 
3)
uslubiy vazifasi
– iqtisodiyot nazariyasi fanining o‗zi, tahlili va 
uning tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar 
boshqa ijtimoiy va tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo‗lib xizmat qiladi; 
4)
g‗oyaviy-tarbiyaviy vazifasi
– ushbu vazifa shundan iboratki, 
uning 
yordamida 
talabalar, 
mutaxassislar 
va 
iqtisodiyot 
ilmi 
o‗rganuvchilarning ilmiy dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol 
g‗oyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, ularni millat manfaatlari 
yo‗lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni ko‗paytirish, milliy 
pul qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon miqyosida bozorgir bo‗lishini 
ta‘minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini ko‗tarish ruhida 
tarbiyalaydi.
Iqtisodiy qonunlar iqtisodiy hayotning turli tomonlari, iqtisodiy 
hodisa va jarayonlar o‗rtasidagi doimiy, takrorlanib turadigan, barqaror 
sabab-oqibat aloqalarini, ularning o‗zaro bog‗liqligini ifodalaydi. 
«Iqtisodiyot nazariyasi» fani iqtisodiy qonunlarni quyidagi 
guruhlarga turkumlaydi:

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin