15
Dialektik usul
qoidalari ilmiy bilishning umumiy usuli bo‗lib xizmat
qiladi.
Ilmiy abstraksiya usuli –
tahlil paytida xalal berishi mumkin
bo‗lgan ikkinchi darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan
chetlashtirib, o‗rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga e‘tiborni
qaratishdir. Bu usul yordamida o‗rganilayotgan voqea va hodisaning
ichki, ko‗zga ko‗rinmaydigan mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi.
Tahlil –
bu o‗rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va
ularni izchillik bilan o‗rganish. Tadqiqotchi voqea-hodisaning mohiyatini
chuqur anglashi, u haqida to‗liq tasavvurga ega bo‗lishi uchun uning ichki
tarkibiy qismlariga kirib borishi zarur.
Sintez –
bu o‗rganilgan qismlardan
olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab umumiy
xulosa chiqarishdir.
Dostları ilə paylaş: