O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/94
tarix14.09.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#143537
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   94
Iqtisodiyot nazariyasi

Mantiqiylik va tarixiylikning birligi usuli
. Iqtisodiyot nazariyasida 
tarixiylik dalili tarixiy rivojlanish nuqtayi-nazaridan tadqiqot olib borish 
zarurligini taqozo qiladi. Mantiqiylik usulida jarayonlar faqatgina tarixiy 
nuqtayi-nazardan emas, shu bilan birga asosiy ichki zarur qonuniy 
bog‗lanishlar bo‗yicha ham tahlil qilinadi. 
Foydalanilayotgan usullar ichida 
eksperiment
ma‘lum o‗rin 
egallaydi, iqtisodiy o‗sishning keskin o‗zgarishi bosqichlarida, jumladan 
iqtisodiyotning inqiroz va beqarorlik bosqichlarida eksperimentdan keng 
foydalaniladi.
Makroiqtisodiy va mikroiqtisodiy tahlilni qo‗shib olib borish. 
Mikroiqtisodiy tahlilda iqtisodiyotning boshlang‗ich bo‗g‗ini bo‗lmish 
korxona va firmalarning ichki jarayonlarini alohida iqtisodiy 
subyektlarning xatti-harakati, xulqi tadqiq qilinadi. Bu tahlilda alohida 
olingan tovarlarning xarajatlari, kapital va boshqa resurslardan 
foydalanishning, narx tashkil topishining, ish haqi to‗lashning, talab va 
taklif tarkib topishining shakl va mexanizmlarini o‗rganish markaziy 
o‗rin tutadi. 
Induksiya va deduksiya
biriga qarama-qarshi bo‗lgan, ammo o‗zaro 
bog‗liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy 
faktlarga qarab harakati 
induksiya, 
aksincha, umumiy faktlardan 
xususiy faktlarga tomon harakati 
deduksiya 
deb ataladi.
Iqtisodiy jararyonlarni o‗rganish va tahlil qilishda
ikki tomonlama 
yondashuv usuli. 
Bunda barcha iqtisodiy jarayonlar qiymat va naflilik 
nuqtayi nazaridan tahlil qilinadi va xulosa chiqariladi.


16 
Iqtisodiy jarayonlarni miqdoriy jihatdan tahlil qilishda 
taqqoslash, 
statistik, matematik va grafik usullaridan
keng foydalaniladi. 
Ayniqsa, hozirgi davrda grafik usulni keng o‗zlashtirish va qo‗llash 
zarurdir. Grafiklar nazariya modellarini ifodalashda vositachi bo‗lib 
xizmat qiladi. Aniqroq qilib aytganda, grafik usul o‗zgaruvchi miqdorlar 
o‗rtasidagi bog‗liqlikni ko‗rgazmali qilib tasvirlaydi. 
Har
 
bir davrda va makonda amal qilayotgan iqtisodiy munosabatlar 
majmuasi – iqtisodiyotni tashkil qilish shakllari, xo‗jalik mexanizmi va 
iqtisodiy muassasalar bilan birgalikda

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin