10
asarda F. Kene almashuvning ekvivalentlik ta‘limotini ilgari surdi.
Uning fikricha almashuv yoki savdo boylik yaratmaydi, almashuv
jarayonida teng miqdorli qiymatlarning almashuvi ro‗y beradi,
tovarlarning qiymati bozorga kirmasdan oldin mavjud bo‗ladi. F.
Kenening ta‘limotida sof mahsulot nazariyasi markaziy o‗rin egallaydi.
Uning fikricha, yalpi ijtimoiy mahsulot va ishlab chiqarish xarajatlari
o‗rtasidagi farq sof mahsulot hisoblangan. F. Kene sof mahsulot bilan
qo‗shimcha qiymatni chalkashtirib, ikkalasini aynan bir narsa deb
tushunadi. U qo‗shimcha qiymat dehqonlarning qo‗shimcha mehnati
samarasi sifatida yuzaga keladi deb izohlaydi, ayrim joylarda esa
qo‗shimcha qiymatni tabiatning sof hadyasi deb qarab, uni yaratishda
tabiat ham ishtirok etadi, deb tushuntiradi.
2
Bu yerda u o‗zi bilmagan
holda qiymat bilan naflilik(iste‘mol qiymat)ning farqiga bora
olmaganligini ifoda etadi. F.Kene ta‘limotini A.Tyurgo, Dyupon de
Nemur va boshqalar davom ettirdi. Fiziokratlarning ta‘limoti bo‗yicha
qishloq xo‗jaligida band bo‗lgan mehnat birdan-bir unumli mehnat deb
hisoblanib, boshqa sohalardagi mehnat esa unumsiz mehnat deb
hisoblangan.
Dostları ilə paylaş: