O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti



Yüklə 0,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/94
tarix14.09.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#143537
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94
Iqtisodiyot nazariyasi

 iqtisodiy faoliyat 
deb ataladi.
 
Qadimda iqtisodiy faoliyatning asosiy shakli uy xo‗jaligi doirasida 
ro‗y bergan. Shuning uchun qadimgi grek olimlarining (Ksenofont, 
Platon, Aristotel) asarlarida iqtisodiyot – uy xo‗jaligi va uni yuritish 
qonunlari deb tushuntirilgan. Arab leksikonida «iqtisod» tejamkorlik 
ma‘nosida tushunilgan, chunki islom diniga oid adabiyotlarda 
tejamkorlikka alohida e‘tibor berilgan. Lekin, hozirgi davrda iqtisodiyot 
keng ma‘noni anglatib, faqatgina uy yoki individual xo‗jalik yuritish 
yoki tejamkorlik ma‘nosini anglatmaydi, balki iqtisodiyot – yirik 
xususiy xo‗jalik, jamoa xo‗jaligi, hissadorlik jamiyatlari, davlat 
xo‗jaliklaridan, moliya va bank tizimlaridan, xo‗jaliklararo, davlatlararo 
birlashmalar, korporatsiyalar, konsernlar, qo‗shma korxonalar, davlatlar 
o‗rtasidagi turli iqtisodiy munosabatlaridan iborat o‗ta murakkab 
ijtimoiy tizimni anglatadi.
Сheklangan iqtisodiy resurslardan oqilona foydalanib, aholining 
to‗xtovsiz o‗sib boruvchi ehtiyojlarini qondirish maqsadiga erishish, 
resurslar va mahsulotlarni to‗g‗ri taqsimlash yo‗llarini topish 
iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi. 
Iqtisodiyot qamrov darajasiga qarab turlicha bo‗lishi mumkin: jahon 
iqtisodiyoti, 
mamlakat 
iqtisodiyoti, 
milliy 
iqtisodiyot, 
tarmoq 
iqtisodiyoti, funksional iqtisodiyot, mintaqa iqtisodiyoti; korxona yoki 
firma iqtisodiyoti, oila iqtisodiyoti. Ba‘zan ularni yaxlitlashtirib
makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb ataladi. Ularning hammasi bir 



maqsadga bo‗ysungan: u ham bo‗lsa insoniyatning yashashi, ko‗payishi va 
kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib berish, turli xil hayotiy 
vositalarni yaratib, ularning ehtiyojlarini qondirib borishdan iboratdir. 
Inson tomonidan yaratilgan tovarlar va xizmatlarning, resurslarning 
harakati bo‗yicha takror ishlab chiqarish quyidagi fazalar birligidan 
iboratdir:
1) ishlab chiqarish jarayoni;
2) ayirboshlash jarayoni;
3) taqsimlash jarayoni;
4) iste‘mol qilish jarayoni.
Bularning ichida eng asosiysi va boshlang‗ichi 

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin