7
zaruratdir. Ma‘naviy ehtiyojlar kishilarning bilim va dam olish, madaniy
saviyasini oshirish, malaka-mahoratga ega bo‗lish, har xil xizmatlardan
bahramand bo‗lish kabi moddiy ko‗rinishga ega bo‗lmagan ko‗plab
hayotiy zaruratlarni o‗z ichiga oladi.
Ehtiyojlar yakka tarzda va birgalikda qondirilishi mumkin. Bu esa
ehtiyojning tabiatiga va uni qondiruvchi obeyktlar xususiyatiga bog‗liq.
Jamiyat ehtiyojlariga quyidagi bir qator omillar ta‘sir ko‗rsatadi:
a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi;
b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum;
d) tabiiy-geografik sharoitlar;
e) tarixiy-milliy an‘analar va urf-odatlar;
f) aholi sonining o‗sishi, uning tarkibidagi o‗zgarishlar;
g) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‗rtasidagi aloqalar.
Ehtiyojlarning miqdoran o‗sib, sifat jihatidan
takomillashib borishi
ehtiyojlarning o‗sib borishi qonuni deyiladi.
Ehtiyojlarning o‗sib borishi, uni qondirish vositalari darajasi bilan
chegaralanadi. Сhunki ehtiyojlar cheksiz o‗zgargani holda uni ta‘minlash
uchun kerak bo‗ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bo‗ladi. Iqtisodiy
resurslar deganda tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatish jarayonlarida
foydalanish mumkin bo‗lgan barcha vosita va imkoniyatlar majmui
tushuniladi.
Iqtisodiy resurslarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1) tabiiy resurslar (yer, yer osti boyliklari, suv, o‗rmon va biologik
resurslar);
2) ishchi kuchi resurslari (kishilarning aqliy va jismoniy qobiliyatlari);
3) kapital (foyda olish maqsadida ishlatiladigan binolar, stanoklar,
mashinalar,
asbob-uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor
tovarlar, pul mablag‗lari va boshqalar);
4) tadbirkorlik qobiliyati (kishilarning ishlab chiqarish va xizmat
ko‗rsatish jarayonlarini tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari).
Сheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab
chiqarish imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirishning
darajasini oshirish zarurligi iqtisodiyot
oldiga quyidagi muammolarni
qo‗yadi.
1. Ishlab chiqarish va xizmat ko‗rsatishning optimal variantlarini
(eng zarur va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko‗proq ishlab
chiqarishga jalb qilish.
8
2. Mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali
foydalanish.
3. Fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi
energiya, material, xomashyo turlari, ularning manbalarini topib,
foydalanishga jalb qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish.
Bu muammolarni hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqtisodiy
bilimlarga ega bo‗lishni taqozo qiladi.
Iqtisodiyotga oid bilimlar antik dunyoning ko‗zga ko‗ringan olimlari
Ksenofont, Platon, Aristotel asarlarida, shuningdek qadimgi Misr, Xitoy,
Hindiston va Markaziy Osiyo olimlarining
asarlarida qarab chiqilgan
edi.
Biz uzoqqa bormasdan ming yillar osha bizga yetib kelgan Qur‘oni
Karimni, hadislarni, Qobusnomani, Ibn Xaldun asarlarini
,
bobolarimiz
Abu Ali Ibn Sino, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher
Navoiy, Mirzo Ulug‗bek asarlarini o‗qir ekanmiz,
ularda insonning
yashashi uchun tabiat ehsonlari yetarli emasligi, ijodiy mehnat qilish
kerakligi qayta-qayta uqtirilganligiga yana bir karra amin bo‗lamiz.
Jumladan, arab mutafakkiri Ibn Xaldun Abdurahmon Abu Zayd (1332-
1406)ning iqtisodiyot bilimlarini rivojlantirishdagi hissasi juda kattadir.
Uning 1370 yilda yozilgan «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi»)
asarida dunyoda birinchi bo‗lib, tovarning ikki xil xususiyatini –
iste‘mol qiymati va qiymat tushunchalarini, oddiy va murakkab
mehnatni, zaruriy va qo‗shimcha mehnat hamda zaruriy va qo‗shimcha
mahsulot tushunchalarini ajrata bildi.
Alisher Navoiyning iqtisodiy masalalarga oid g‗oyalari 1482 yilda
yozilgan «Vaqfiya» va 1500 yilda yozilgan «Mahbub-ul-qulub»
asarlarida bayon etilgan. U kishi mahsulotni uch qismga bo‗lib, birinchi
qismini ketgan xarajatga, ikkinchi qismini o‗zining va oilasining
ehtiyojlariga, uchinchi qismini esa aholining ijtimoiy manfaatlari uchun
sarflashga chaqiradi. Bundan tashqari mahsulotni yaratishda mehnatning
roliga va ishlab chiqarish vositalarining ishtirokiga alohida e‘tibor
beradi. Shu bilan birga boylikni
halol mehnat bilan topish, to‗plash va
foydalanish zarurligini ta‘kidlaydi.
1
Lekin Aristoteldan boshlab butun dunyoning, jumladan O‗rta
Osiyoning ko‗pgina olimlari iqtisodiyotni izchil o‗rganish asosida uning
1
А.Раззоқов., Ш.Тошматов., Н.Ўрмонов. Иқтисодий таълимотлар тарихи. Т.: «Молия». 2002., 89-90-бет.
9
ko‗pgina qonun-qoidalarini, tushunchalarini yoritib bergan bo‗lsalar
ham, hali iqtisodiyot nazariyasi fan sifatida shakllanmagan edi.
Iqtisodiyot nazariyasi mustaqil fan sifatida ko‗pgina mamlakatlarda
milliy bozor shakllangan va jahon bozori vujudga kelayotgan davrlarda
«siyosiy iqtisod» nomi bilan shakllana boshladi.
Siyosiy iqtisod grekcha so‗zdan olingan bo‗lib «politikos» - ijtimoiy,
«oykos» - uy, uy xo‗jaligi, «nomos» - qonun degani. Yani uy yoki
ijtimoiy xo‗jalik qonunlari ma‘nosini beradi. 1575-1621 yillarda yashab,
ijod qilgan fransuz iqtisodchisi Antuan Monkreten birinchi marta 1615
yilda «Siyosiy iqtisod traktati» nomli kichik ilmiy asar yozib, bu fanni
mamlakat miqyosida iqtisodiyotni boshqarish fani sifatida asosladi.
Keyinchalik klassik iqtisodchilar
bu fikrni tasdiqlab, siyosiy iqtisod
keng ma‘noda moddiy hayotiy vositalarni ishlab chiqarish va
ayirboshlashni boshqaruvchi qonunlar to‗g‗risidagi fandir, deb yozgan
edilar.
Iqtisodiyot nazariyasi fani shakllanishi jarayonida bir qancha
g‗oyaviy oqimlar, maktablar vujudga kelgan. Ular jamiyat boyligining
manbai nima, u qayerda va qanday qilib ko‗payadi, degan savollarga
javob topishga urinishgan. Bunday iqtisodiy oqimlardan dastlabkisi
Dostları ilə paylaş: