211
mustaqil ravishda amalga oshirish talab qilinadi. Iloji boricha, har bir stolda bitta
o‘quvchi test savollariga javob yozishni ta’minlanishi zarur.
Har bir o‘quvchi to‘ldirgan «sotsiometrik kartochkalar»
asosida
«sotsiomatritsa» (sotsiometrik matritsa) to‘ldiriladi.
Sotsiometriyada kishining guruhdagi statusini (o‘rni) izohlovchi maxsus
terminlar mavjud. Y.L.Kolominskiy o‘quvchilar
jamoasidagi shaxslararo
munosabatlar tizimini asosan sotsiometriya uslubi bilan o‘rgangan. U o‘z
tadqiqot ishida statuslarni quyidagicha guruhlagan. I guruhga, “yulduzlar”
guruhiga 6 va undan ko‘p tanlov olganlar, ya’ni tadqiqot jarayonida o‘rtachadan
ikki barobar ko‘p tanlov olgan o‘quvchilarni kiritgan. II guruhga, “yoqimtoylar”
guruhiga 3-5ta tanlov, ya’ni o‘rtacha va
undan bir, bir yarim barobar ko‘p tanlov
olganlar kiritilgan. 1 - 2 tanlov olgan o‘quvchilar “qabul qilinmaganlar” -III
guruhni tashkil qilishgan. IV guruhga esa umuman tanlov olmaganlarni-
“yakkalanib” qolganlarni kiritgan.
O‘tkazish tartibi:
kichikroq qog‘ozga o‘quvchining
ismi va familiyasi
yozilib, tagiga chiziladi. O‘quvchiga: “Eng yakin do‘stlaringdan 3 tasining ismi
va familiyasini ketma-ket shu qog‘ozga yoz, birinchi o‘ringa kimni qo‘yasan,
ikkinchi o‘ringa kimni va hakozo”, deb aytiladi. Bu qog‘ozlar to‘planib natijalar
umumlashtiriladi va sotsiometrik matritsa tuziladi.
Dostları ilə paylaş: