O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/122
tarix12.10.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#154570
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova

 
Sinaluvchiga yo’riqnoma: 
Sizning xulqingizga, alohida qilmishlaringizga, odamlarga bo’lgan 
munosabatingizga, hayotga qarashlaringizga va shunga o’xshash qandaydir 
xususiyatlaringizga berilgan tasdiq mos keladimi 

yo’qmi? Agar shunday 
moslik bor deb hisoblasangiz, «ha» javobini bering, aks holda esa «yo`q» 
javobini bering. Hamma savolga javob berish zarur. 
Tadqiqotning muvaffaqiyati topshiriqning qanchalik e’tibor bilan 
bajarilganligiga bog’liq. Javoblar berilganda, biror kishida yaxshi taassurot 


175 
qoldirishga intilmaslik kerak, chunki xech bir javob yaxshi yoki yomon deb 
hisoblanmaydi. 
Siz hap bir savol ustida uzoq, o’ylab o’tirmasdan, ikkala javobning qaysi 
biri sizningcha, har holda nisbiy bo’lsa ham haqiqatga yaqin kelishini hal 
qilmog’ingiz lozim bo’ladi. Ba’zi bir savollarning o’ta shaxsiyligi sizni 
tashvishlantirmasligi kerak, chunki tadqiqot har bir savolni javobini tahlil 
kilishni nazarda tutmaydi, balki u yoki bu javobning soniga tayanadi. 
Bundan tashqari Siz yakka psixologik tadqiqotning natijalari xuddi 
tibbiyotdagidek, keng muhokama qilinmasligini bilishingiz kerak bo’ladi. 
Javob varaqasiga savol nomerining qarshisiga «HA» yoki «YO’Q» javobi 
yozib qo’yiladi. 
SIZGA MUVAFFAQIYAT TILAYMIZ ! 
1.
Men diqqat bilan yo‘riqnomani o‘qib chiqdim va hamma savollarga 
ochiqchasiga javob berishga tayyorman. 
2.
Kechkurunlari quvnoq davra safida - mehmonda, qahvaxonada vaqtimni 
chog‘ qilishni yoqtiraman. 
3.
Biron kishi bilan tanishganimda har doim suhbat uchun xos bo‘lgan 
mavzuni topishim qiyinligi halaqit beradi.
4.
Tez-tez boshim og‘rib turadi. 
5.
Ba’zan chakkamda dukullashni va buynim atrofida tomir urishini his 
kilaman. 
6.
Men o‘zimni hushimni tez yo‘qotaman, shuningdek, tez o‘zimni qo‘lga 
olaman. 
7.
Ba’zida bema’ni latifalardan kulaman. 
8.
Men bir narsa haqida so‘raщdan tortinaman, bilishim kerak bo‘lgan narsani 
boshqa yul bilan bilishni ma’qul ko‘raman. 
9.
Mening kelganim sezilmasa, xonaga kirmaslikni ma’qul ko‘raman. 
10.
Men qo‘limga tushgan hamma narsani sindirib tashlashga tayyor darajada 
injiq bo‘lishim ham
 
mumkin. 


176 
11.
Atrofdagilar menga e’tiborini qarata boshlashsa, o‘zimni noqulay sezaman.
12.
Men ba’zida yuragimni xuddi o‘lda-jo‘lda ishlayotgandek yoki 
ko‘kragimdan chiqib ketgudek bo‘lib ura boshlashini his qilaman. 
13.
Xafa qilganni kechirish mumkin deb o‘ylayman. 
14.
Jahlga jahl bilan javob bermaslik kerak deb hisoblamayman va har doim 
shunga amal qilaman. 
15.
Agar men o‘tirgan bo‘lsam va birdan o‘rnimdan tursam ko‘z oldim 
qorongulashib, boshim aylanib ketadi. 
16.
Agar meni deyarli har kuni muvaffaqiyatsizliklar ta’qib qilmaganda, 
hayotim naqadar yaxshi bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylayman. 
17.
O‘z qilayotgan harakatlarimda odamlarga to‘liq ishonmaslik kerak, degan 
xulosaga amal qilaman.
18.
O‘z manfaatlarimni himoya qilish zarurati tug‘ilib qolsa, jismoniy kuch 
ishlatishdan ham qaytmayman. 
19.
Eng zerikarli guruhni ham osongina hushchaqchaq qila olaman.
20.
Men osongina dovdirab qolaman. 
21.
Agar mening ishimga ogohlantirish berilsa, bu meni hech qachon xafa 
qilmaydi. 
22.
Ba’zida qo‘llarim va oyoqlarim sovuq qotib ketayotganini yoki uvishib 
qolayotganini tez-tez his qilaman. 
23.
Boshqa kishilar bilan munosabatda bo‘lganimda o‘ngaysizlanaman. 
24.
Ba’zida hech bir sababsiz o‘zimni baxtsiz his qilaman. 
25.
Ba’zida biror ish bilan shug‘ullanishga hech ham xohish bo‘lmaydi. 
26.
Xuddi juda og‘ir ishni bajargandek, gohida menga havo etmayotgandek 
tuyuladi. 
27.
Menga shunday tuyuladiki, o‘z hayotimda juda ko‘p narsalarni noto‘g‘ri 
qilganga o‘xshayman. 
28.
Mening nazarimda boshqalar ko‘pincha ustimdan kulishayotgandek 
tuyuladi. 


177 
29.
Uzoq o‘ylab o‘tirmay bajariladigan topshiriqlarni yaxshi ko‘raman. O‘z 
taqdirimdan norozi bo‘lishga etarli asoslarim yo‘q deb hisoblayman. 
30.
Ko‘pincha ishtaham bo‘lmaydi. 
31.
Bolaligimda 
ota-onam 
yoki 
o‘qituvchilarim 
boshqa 
bolalarni 
jazolashganlarida quvonganman. 
32.
Odatda qarorim qat’iy va tez harakat qilaman.
33.
Har doim ham rost gapirmayman. 
34.
Kimnidir yoqimsiz holatdan chiqish uchun qilayotgan harakatlarini qiziqish 
bilan kuzataman. 
35.
O‘z fikrimda turmoqchi bo‘lsam «barcha vositalar yaxshi» deb 
hisoblayman. 
36.
O‘tib ketgan voqealar meni kam tashvishlantiradi. 
37.
Musht orqali biror narsani isbotlashdan bir arziydigan narsa chiqishini 
tasavvur qila olmayman. 
38.
Men bilan janjallashish yo‘llarini qidirayotgan odam bilan uchrashishdan 
qochmayman. 
39.
Ba’zida hech narsaga yaroqsizdekman. 
40.
Men har doim qandaydir toliqqan, zo‘riqqan holda yurgandekman, 
menning bo‘shashishim qiyin. 
41.
Ko‘pincha ko‘kragim ostida og‘riq, qornimda har xil yoqimsiz sezgilar 
paydo bo‘ladi. 
42.
Do‘stimni hafa qilganlardan o‘ch olishga harakat qilaman. 
43.
Belgilangan vaqtga kech qolgan paytlarim bo‘lgan. 
44.
Mening hayotimda shunaqa ham bo‘lganki, nimagadir hayvonlarga 
azob berishni o‘zimga lozim topganman. 
45.
Eski yaqin tanishim bilan uchrashganda xursandligimdan uning bo‘yniga 
osilib olishga tayyorman. 
46.
Men biror narsadan qo‘rqsam og‘zim qurqshaydi, qo‘l-oyog‘im qaltiraydi. 
Menda tez-tez shunday kayfiyat bo‘ladiki, hech narsani ko‘rmasam, eshitmasam 
deyman. 


178 
47.
Uyquga yotsam odatda bir necha daqiqadan so‘ng uxlab qolaman. 
48.
Boshqalarning xato-kamchiliklarini ko‘rsatish menga orom bag‘ishlaydi. 
49.
Ba’zida maqtanib turaman. 
50.
Jamoat tadbirlarida faol qatnashaman. 
51.
Ko‘pincha shunday bo‘ladiki, arzimagan uchrashuvdan qutulish uchun 
boshqa tomonga qarashimga to‘g‘ri keladi. 
52.
O‘zimni oqlash uchun ba’zida biror narsani o‘ylab topaman. 
53.
Men deyarli har doim harakatdaman va faolman. 
54.
Men gapirayotgan narsalar ko‘p hollarda suhbatdoshlarimga haqiqatdan 
ham qiziqarli ekanligidan shubhalanib qolaman. 
55.
Ba’zida birdan ter qoplaganini his qilaman. 
56.
Agar biror kishidan qattiq jahlim chiqsa, uni urib yuborishim ham mumkin. 
57.
Kimnidir menga yomon munosabatda bo‘lishi, meni kam tashvishlantiradi. 
58.
Tanishlarimga odatda e’tiroz bildirishim qiyin. 
59.
Bo‘lishi 
mumkin 
bo‘lgan 
muvaffaqiyatsizlik 
haqidagi 
fikrdan 
hayajonlanaman va tashvishlanaman. 
60.
Tanishlarimning hammasini ham yaxshi ko‘rmayman. 
61.
Menda shunday fikrlar ham bo‘lib turadiki, ulardan faqat uyalish kerak.
64.
Bilmadim nima uchundir ba’zida hamma biror narsadan ilhom olayotgan 
bo‘lsa, o‘sha narsani buzgim keladi. Menga kerakli narsani har qanday odamdan 
iltimos qilishdan ko‘ra, unga majburlab qildirishni afzal ko‘raman.
65.
Men ko‘p xollarda qo‘l va oyoqlarimni noqulay harakatlantiraman. 
66.
Quvnoq davrada bo‘lishdan ko‘ra, o‘zimning sevimli ishim bilan 
shug‘ullanib, erkin kecha o‘tkazishni afzal ko‘raman. 
67.
Davralarda o‘zimni uyda tutganimdek tutolmayman. 
68.
Ba’zida o‘ylamasdan shunday narsani gapirib qo‘yamanki, u haqida 
yaxshisi jim turgan afzalrok edi. 
69.
Hatto tanishlar davrasida ham diqqat markazda bo‘lishdan qo‘rqaman. 
70.
YAxshi tanishlarim juda ko‘p emas. 


179 
71.
Gohida menda shunday taassurot paydo bo‘ladiki, yorqin rang, yorqin 
buyoq, kuchli shovqin menda yoqimsiz hissiyotlarni uyg‘otadi, garchand bular 
boshqalarga bunday ta’sir qilmayotgan bo‘lsa ham. 
72.
Ko‘p xollarda menda davradagi kimnidir xafa qilish yoki jahlini chiqarish 
istagi paydo bo‘ladi. 
73.
Hayotda turli yoqimsiz narsalarning uchrashi mumkinligini o‘ylasam, 
bundan tugilmaganim yaxshi edi deb, qolaman. 
74.
Agar meni kimdir jiddiy hafa qilsa, o‘ziga tegishlisini to‘liq oladi. 
75.
Jahlimni chiqarishsa, aytadigan gaplarimdan uyalmayman. 
76.
Menga, savol berganimda yoki javob berganimda suhbatdoshim o‘zini 
yo‘qotib qo‘yishi yoqadi. 
77.
Zarur bo‘lgan ishlarni ham orqaga surgan vaqtlarim bo‘lgan. Latifalarni 
yoki kulgili voqealarni hikoya qilishni yoqtirmayman.
78.
Kundalik qiyinchiliklar va tashvishlar muvozanatimni yo‘qotishga olib 
keladi. 
81.
O‘zimni noqulay tutgan davradagi odam bilan uchrashib qolsam, o‘zimni 
quyarga joy topa olmayman. 
82.
Hayotdagi mayda-chuydalarga ham jiddiy e’tibor qaratadigan odam bilan 
ham munosabatda bo‘la olaman. 
83.
Katta auditoriya oldida so‘zga chiqishdan tortinaman. 
84.
Mening kayfiyatim tez-tez o‘zgarib turadi. 
85.
Atrofdagilarning ko‘pchiligidan ko‘ra, men tezroq charchayman. 
86.
Agar men biron narsadan kuchli hayajonlangan yoki achchiqlangan 
bo‘lsam, uni butun tanim bilan his qilaman. 
87.
Kallamga keladigan yoqimsiz fikrlardan bezor bo‘lib ketaman. 
88.
Afsuski, 
meni 
oilada 
ham, 
o‘z tanishimlarim davrasida ham 
tushunishmaydi. 
89.
Agar men bugun odatdagidan kamroq uxlagan bo‘lsam, ertasiga 
o‘zimni dam olmagandek his qilaman. 


180 
90.
O‘zimni shunday tutamanki, atrofdagilar mening noroziligimni paydo 
qilishdan cho‘chishsin. 
91.
Kelajagimga ishonaman. 
92.
Atrofdagilardan birining yomon kayfiyatini sababchisi bo‘lganman. 
93.
Boshqalarning ustidan kulishdan ham qaytmayman. 
94.
O‘ta sergap odamlar bilan ham muomala qila olaman. 
95.
Men hamma narsaga oson munosabatda bo‘ladigan kishilar toifasidanman. 
96.
O‘smirligimda ta’qiqlangan mavzularga qiziqqanman. 
97.
Gohida yaxshi ko‘rgan kishilarimning dilini og‘ritganman. 
98.
Atrofdagilarning qaysarliklari tufayli ular bilan ko‘pincha kelisha 
olmayman. 
99.
O‘z qilmishlarimdan ko‘pincha vijdonim qiynaladi. 
100.Men ko‘p hollarda parishonxotir bo‘laman. 
101.YOmon ko‘rgan odamimning omadsizligi, meni bezovta qilganligini 
eslay olmayman. 
102.Ko‘p hollarda boshqalardan tez ranjiyman. 
103.Ba’zida kutilmaganda, o‘zim tushunmagan narsalar haqida ishonch bilan 
gapira boshlayman. 
104.Ko‘pincha shunday kayfiyatda bo‘lamanki, har

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin