O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A


Flegmatik - barcha temperament xususiyatlari bo‘yicha past ko‘rsatkichlar.  Melanxolik



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/122
tarix12.10.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#154570
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova

Flegmatik
- barcha temperament xususiyatlari bo‘yicha past ko‘rsatkichlar. 
Melanxolik
- kuch-quvvat (energichnost), egiluvchanlik bo‘yicha past, 
tezlik (temp) bo‘yicha o‘rtacha yoki emotsionallik bo‘yicha yuqori 
ko‘rsatkichlarga ega bo‘lganlar. 
Har bir sinaluvchi uchun uning temperamentining ikki tipi belgilanadi, biri 
ish jarayonida ko‘rinsa, ikkinchisi kishilar bilan munosabatda namoyon bo‘ladi. 


171 
 
FRAYBURG SAVOLNOMASI YORDAMIDA SHAXS 
XUSUSIYATLARINI O`RGANISH 
Frayburgning shaxs savolnomasi (FRI) 1963 yili Y.Farenberg, X.Zarg, 
R.Gampel kabi tadqiqotchilar tomonidan amalda qo’llanildi. Test birinchi marta 
1970 yili, ikkinchi marta 1973 yili nashr qilindi, uchinchi nashri esa 1978 yilda 
chiqdi. 
Bu metodika inson shaxsining ba’zi bir xususiyatlarini tashhis qilish
 
uchun 
yaroqli bo’lgan ko’p omilli testdir. Bu amaliy va ilmiy tadqiqot maqsadlari 
uchun muhim manbadir. Savolnoma shaxs to`g’risida har tomonlama 
ma’lumotlar beradi. 
Test tadqiq qilinuvchilarning keng ommasiga mo’ljallangan. Ushbu 
metodikaning qisqartirilgan varianti ham bor.
Testni yakka holda yoki guruhiy shaklda qo’llash mumkin. Bajarish uchun 
vaqt savolnomaning shakliga bog’liq, bo`lib, u 20 daqiqadan 50 daqiqagacha 
davom etishi mumkin. Tadqiqot uchun yo`riqnoma, savolnoma va javoblar 
varaqasi zarur. FPI savolnomasi 12 shkaladan iborat. 
Savolnomadagi savollar soni 114 ta. Faqat birinchi savol hech bir 
o’lchamga (shkalaga) xos emas, chunki u tekshirish xarakteriga ega. I-XII 
shkalalar asosiy shkalalar hisoblanadi. 
I – shkala 

Asabiylashganlik.
II -shkala 

Spontan tajovuzkorlik.
III -shkala 

Ruhiy siqilganlik. 
IV-shkala 

Jizzakilik. 
V-shkala 

Dilkashlik. 
VI

shkala 

Og’ir, vazminlik.
VII-shkala 

Reaktiv tajovuzkorlik
VII-shkala 

Uyaluvchanlik, tortinchoqlik.
IX-shkala 

Oshkoralik,samimiylik


172 
X-shkala 

Ekstravertlik va introvertlik.
XI-shkala 

Emotsional labillik, o’zgaruvchanlik
XII-shkala 

Maskulinizm-feminizm
I-shkala shaxsni asabiylashganlik darajasini belgilaydi. YUqori baholar 
psixosomatik buzilishlar bilan jismoniy zaif kishilarning asabiylashganlik 
holatiga mos keladi. Bu omilni, psixologik terminlardan foydalanib, uni 
quyidagicha yanada aniqroq tavsiflash mumkin: asabiylashganlik, asabiy, 
kasalmand, biror bir holatdan chiqib ketolmaydigan, o‘z xissiyotlariga berilgan.
II-shkala (spontan tajovuzkorlik) introtensiv turdagi psixopatik holatni 
aniqlash va baholashga imkon beradi. YUqori baholar g‘ayri-ihtiyoriy xulqqa 
ega bo‘lgan kishilarga xos xususiyatlarni bildiradi. O‘z-o‘zidan paydo 
bo‘ladigan (spontan) tajovuzkorlik — bu tajovuzkor, beixtiyor, soddadil, 
chiqisha olmaydigan, murosasiz deganidir. 
III -shkala (ruhiy siqilganlik) - psixopatologik ruhiy siqilganlik holatlari 
uchun xos bo‘lgan belgilarga tashhis qo‘yish uchun imkon beradi. YUqori 
baholar mana shu belgilarning emotsional holatda, o‘ziga va ijtimoiy muhitga 
bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘lishini bildiradi. Depressivlik - bu 
ta’bixiralik, ishonchsiz, g‘amgin, ichki azoblanish xususiyatlari yig‘indisidir. 
IV-shkala 

Jizzakilik va turg‘unligidan darak beradi. Jizzakilik — bu 
chidamsiz, beixtiyor asabiylashgan, jiddiy tarang, soddadil, injiqlik demakdir. 
V- shkala 

(Dilashlik) ijtimoiy faollikning imkoniyatlarini va bu 
xususiyatlarning haqiqiy ko‘rinishini ifodalaydi. YUqori baholar ehtiyojni 
ta’minlashda doimiy tayyorlikni va muomala ehtiyojining borligidan dalolat 
beradi. Do‘stonalik - xushmuomalalik, dilkashlik, uddaburonlik xususiyatlaridir. 
VI-shkala (Og‘ir, vazminlik)-ruhiy zarbaga chidamlilikni anglatadi. 
YUqori baholar kelajakka ishonch va faollikni, o‘ziga ishonchi odatdagi hayotiy 
holatlarda ruhiy zarba omillari ta’siridan yaxshi himoyalanganlikni anglatadi. 
Mo‘‘tadillik - bu yaxshi kayfiyat-barqarorlik, matonatlilik, xotirjamlilik, o‘z 
kuchiga ishonch, ishonuvchanlik, faollik demakdir. 


173 
VII -shkala (Reaktiv tajovuzkorlik) - ekstratensiv tipdagi psixopatik 
belgilarni namoyon bo‘lishini aniqlaydi. YUqori baholar ..likka intilishni va 
ijtimoiy muhitga tajovuzkorona munosabatni ifodalaydi. Reaktiv tajovuzkorlik -
bu tajovuzkorona o‘z qarashlarini himoya qilish, o‘z fikrini himoya qilish, 
xudbinlik, manmanlik, obro‘ga, yuqori mavqega, ustunlikka intilish demakdir. 
VIII -shkala (Uyaluvchanlik, tortinchoklik) insonning hayotiy vaziyatlarda 
o‘zini passiv himoya qilish xususiyatiga moyillikni aniqlaydi. Bu kuchsiz 
himoyalangan turda o‘tadi. YUqori baholar shkalada xavotirlilik, ishonchsizlik, 
tortinchoqlik xususiyatlarini mavjudligini ifodalab, bular esa o‘z navbatida 
ijtimoiy munosabatlarga kirishishni qiyinlashtiradi. Tortinchoqlik - vazmin, 
ishonchsiz, uyatchan, hayajonlanuvchi, tahlikaga tushuvchi. 
IX-shkala (Oshkoralik) o‘z-o‘zini tanqid darajasini, ijtimoiy muhitga 
munosabatini tavsiflashga imkon yaratadi. YUqori baholar o‘z-o‘ziga tanqidning 
yuqori darajasidan, atrofdagi kishilar bilan ishonarli oshkora birgalikda 
harakatga intilishdan darak beradi. Ushbu shkala buyicha baxolar sinalayotgan 
kishining berilgan savolnoma bilan ishlayotganda u yoki bu darajada 
javoblarning samimiyligini tahlil kilishga imkon yaratadi, bu esa boshqa 
savolnomalarning yolg‘on shkalalariga tug‘ri keladi. Samimiylik xususiyati o‘z-
o‘zini tanqid, oshkoralik, shaxsiy kamchiliklarni va xatolarni tan olishni 
bildiradi. 
X-shkala (Ekstravertlik va introvertlik) yuqori baholar shaxsning 
ekstravertlik, quyi baholar esa introvertlik xususiyatlariga mos keladi. 
XI-shkala (Emotsional labillik, o‘zgaruvchanlik) yuqori baholar etarli 
o‘zini idrok qilmaslik, serjahllik, yuqori qo‘zgaluvchanlik, kayfiyatning tez-tez 
o‘zgaruvchanligida ko‘rinadigan emotsional holatning noto‘g‘riligini ko‘rsatadi. 
Quyi 
baholar 
faqatgina 
emotsional 
holatning 
yuqori 
barqarorligini 
tavsiflamasdan, 
balki 
o‘z-o‘zini 
idrok 
qila 
olishni ham ko‘rsatadi. Emotsional o‘zgaruvchanlik-barqarorlik, emotsional 
turg‘unlik yoki noturg‘unlik, kayfiyatning o‘zgaruvchanligi, serjahllik, 
jushqinlik, g‘am yoki kelajakka ishonch, xursandchilikni bildiradi. 


174 
XI-shkala (Maskulinizm-feminizm) - yuqori baholar ruhiy faoliyatning, 
xususan, erkaklarga- xosligidan guvohlik bersa, quyi baholar ayollarga 
xosligidan darak beradi. Mardlik-nazokatlilik-faollik, hammadan bilimdon, 
fahmlash, topqirlikdir. 
Sinov yakka holda yoki sinaluvchilar guruhi bilan o‘tkazilishi mumkin. 
Sinalayotganlar bir-biriga halaqit bermaydigan holatda joylashtirilishi lozim. 
Tadqiqotchi tadqiqot maqsadini va savolnoma bilan ishlash qoidasini qisqacha 
bayon qiladi. Sinalayotganlarning topshiriqlarni bajarishiga ijobiy va qiziqish 
bilan munosabatda bo‘lishlariga erishish muhimdir. Ularning e’tibori ish paytida 
javoblar bo‘yicha maslahatlashishning va o‘zaro har qanday muhokamaning 
mumkin emasligiga qaratilmog‘i darkor. SHundan keyin psixolog 
sinaluvchilarga diqqat bilan yo‘riqnomani o‘rganib chiqishni tavsiya qiladi
so‘ng savollar paydo bo‘lgan bo‘lsa, ularga javob beradi, savolnoma bilan 
mustaqil ishlashni taklif etadi. 
Natijalar tahlilini tekshiruvchilar to‘ldirgan barcha javob varaqalarini 
birinchi savolga qanday javob berganligini aniqlagan holda qarab chiqishdan 
boshlash kerak. 
Tekshirilayotgan kishi qo‘yilgan savollarga ochiqchasiga javob berishni 
istamasa, tadqiqot amalga oshmagan deb hisoblanish kerak. Birinchi savolga 
ijobiy javob olingan taqdirda tadqiqotning natijalari ishlab chiqilgandan keyin 
yuqori va quyi baholar ajratiladi. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin