Ko‘z to‘lchilari Ko‘z to‘lchilari suyuq dori shakllaridan bo‘lib, ularga to‘lchilarda dozalanadigan suvli, moyli eritmalar, suspenziya va cmulsiyalar kiradi.
Suvli eritmalar - juda nozik va sezuvchan, shu bilan birga ka- sallangan a’zo - ko‘zga berish uchun tayyorlanib, ular quyidagi shartlarga asosan tayyorlanishi zarur.
Steriilik: ko‘z to‘lchilari ko‘z shilliq pardasini infeksiya tushishidan saqlash uchun sterillangan bo‘lishi lozim. Normada ko‘z yoshi su- yuqligi tarkibidagi lizotsim ko‘z kasalliklarining oldini oladi. Ko‘z kasalliklarida lizotsim odatdagidan kam bo‘ladi va ko‘z shilliq pardasini mikroorganizmlarning ta'siridan saqlay olmaydi.
№ 2-ILOVA Mustahkamlash 1. In`yeksiya suvi qanday sharoitda saqlanadi?
2. Ximiyaviy sterilisatsiya usulida nimalarni sterillash mumkin?
3. Kamforaning moyli eritmasini tayyorlashda qanday erituvchi
ishlatiladi?
4. Stеril eritmаlаr tаyyorlаsh uchun mo‘ljаllаngаn idishlаrni yuvish uchun qаysi mоddаlаr ishlаtilаdi?
5. Аsеptik shаrоit qаysi buyruqqа аsоsаn tа`minlаnаdi?
6. Suvli eritmаlаrni stеrllаsh uchun XI DF gа qаndаy stеrilizаtsiya usuli kiritilgаn?
№3 –ILOVA. Kichik guruhlarga bo‘lib, ishlash qoidagi bilan tanishtiriladi. “O‘rgimchak to‘ri” usuli Bu usulda o‘qituvchi kalavalangan ipni olib, kichik o‘quvchilarning yonida turadi. Ip o‘qituvchining qo‘lida bo‘ladi. O‘qituvchi ipning bir uchini ushlab hohlagan o‘quvchiga uzatadi. Kalavani olgan o‘quvchiga oldindan tayyorlangan savollardan biri beriladi va o‘quvchi ushbu savolga javob berishi kerak. Javob berib bo‘lgach kalavani barmog‘iga bir marta o‘rab, uni boshqa o‘quvchiga savol berib uzatadi. Agarda o‘quvchi berilgan savolga javob topa olmasa, kalavani boshqa javob beruvchi o‘quvchiga o‘tkazib yuboradi. Qaysi o‘quvchilarning barmoqlarida ko‘proq kalava o‘ralsa, o‘sha o‘quvchilarning ishtiroki inobatga olinadi.
№
Kichik guruhlarga topshiriq beriladi