5.1.2. Dinamik bogʻlanishlar. Statika qismida turli xil tayanchlarda uchraydigan bogʻlanishlar bilan
tanistirildi. Lekin jism harakatiga qoʻyilgan chek (toʻsiq) va chegaralar
(yoʻnaltiruvchi va boshq.) turlicha boʻlishi mumkin. Shuning uchun dinamikada
bog‘lanishlar deb, sistemaga ta’sir etayotgan kuchlarning qanday bo‘lishligidan
qat’iy nazar, mexanik sistema nuqtalarining holatlariga va ularning tezliklariga
qo‘yiladigan chegaralanishga aytiladi. Bunday bog‘lanishlarning turlarini ko‘rib
o‘tamiz:
-
ideal va ideal boʻlmagan bogʻlanishlar;
-
statsionar va nostatsiyonar bogʻlanishlar;
-
geometrik, kinematik va differentsial bogʻlanishlar;
-
integrallanuvchi va integrallanmaydigan bogʻlanishlar;
-
golonom va nogolonom bogʻlanishlar;
-
ishlab turuvchi va ishlab tura olmaydigan bogʻlanishlar va h.k.
Ideal bogʻlanishlar deb, sistemaning cheksik kichik koʻchishida passiv
kuchlarning (ishqalanish va reaksiya kuchlarining ) bajargan ishlari nolga teng
boʻlgan bogʻlanishlarga aytiladi. Masalan juda yaxshi yogʻlangan podshipniklar va
muftalar,porshenlar, silliq sirt, bunga misol boʻla oladi. Vaqtga bog‘liq bo‘lmagan
bog‘lanishlarni,
statsionar bog‘lanishlar deb ataladi, vaqtga bog‘liq holda
o‘zgaruvchi bog‘lanishlarni
nostatsionar bog‘lanishlar deb ataladi. Statsionar
bogʻlanishlar matematik funksiya sifatida quyidagi koʻrinishda beriladi:
f(x, y, z) = 0, (5.1)
nostatsionar bogʻlanishlar esa
f(x, y, z, t) = 0. (5.2)
Masalan vaqtga bogʻliq ravishda ishlaydigan klapanlar, tormozlash va ishga
tushuruvchi moslamalar.
Geometrik bogʻlanishlar deb, sistema nuqtalarining faqat
holatlarini chegaralovchi bogʻlanishlarga aytiladi. Turli tayanchlar, ipli, sterjenli va
273
h.k. lar. Agar bogʻlanish sistema nuqtalarining koordinatalaridan tashqari uning
tezligini ham cheklasa, bunday bogʻlanishlar