15-ma’ruza
METALLARNING XOSSALARI. GALVANIK ELEMENTLAR. METALLARNING
ELEKTROKIMYOVIY KUCHLANISH QATORI
Reja:
1. Metallarning kimyoviy xossalari.
2. Galvanik elementlar.
3. Metallarning standart elektrod potensiali.
4. Metallarning elektrokimyoviy kuchlanishlar qatori.
Muammoli savollar:
1. Ekologik maqbul energiya sifatida qanday kimyoviy jarayonlardan foydalaniladi?
2. Beketov tomonidan kashf etilgan metallarning aktivlik qatori bilan kimyoviy elektr manbaalari
orasida qanday bog’liqlik bor?
3. Metallarning elektrod potensialiga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?
Metallarning kimyoviy xossalari. Metallarning atomlari elektronlarini osonlik bilan berib, musbat zar-
yadlangan ionga aylanadi. Tipik metallar kimyoviy reaksiyalarda elektronlarni oson berganligi uchun aktiv qayta-
ruvchilardir. Masalan, rux, temir, magniy, nikel kabi metallar kislotalar bilan reaksiyaga kirishganda qaytaruvchi vazi-
fasini bajaradi. Bu metallar xlorid va suyultirilgan sulfat kislota eritmalari bilan reaksiyaga kirishganda vodorod ajralib
chiqadi:
Mg + H
2
SO
4
= MgSO
4
+ H
2
Bu reaksiyada Mg metali qaytaruvchi vazifasini bajaradi, o’zi oksidlanadi. Vodorod ioni N
Q
esa oksidlovchi ro-
lini bajaradi va qaytariladi. Shu sababli bu reaksiya oksidlanish-qaytarilish reaksiyasidir. Metallar bilan konsentrlangan
kislotalar, masalan, nitrat va sulfat kislotalar reaksiyaga kirishganda, oksidlovchi rolini kislota qoldig’i bajaradi:
Cu + 4HNO
3
= Cu(NO
3
)
2
+ 2NO
2
+ 2H
2
O.
Rasm.Galvanik element. 1-galvonometr; 2-elektrodlar; 3-eritmadagi ionlar o’ta oladigan to’siq.
Metallarning tuzlaridan shu metallarni boshqa metallar siqib chiqarishi mumkin. Bu metallarning aktivligiga
bog’liq. Masalan, qo’rg’oshinning biror tuzi eritmasiga bir bo’lak rux tashlansa, rux eriy boshlaydi, eritmadan esa
qo’rg’oshin ajralib chiqadi:
Zn + Pb(NO
3
)
2
= Zn(NO
3
)
2
+ Pb
Ushbu reaksiyada rux o’zining valent elektronlarini qo’rg’oshin ioniga beradi. Rux oksidlanadi, qo’rg’oshin esa
qaytariladi. Yuqoridagi reaksiyalarda ta’sirlashuv jarayoni metallarning sirtida sodir bo’ladi.
Rux metali bilan mis (II)-sulfat eritmasi orasida boradigan reaksiyani quyidagi sxemada ko’rsatilgan asbobda
o’tkazilsa, asbobning galvanometri reaksiya natijasida elektr toki hosil bo’lishini ko’rsatadi.
CuSO
4
+ Zn = ZnSO
4
+ Cu
Cu
2+
+ Zn = Zn
2+
+ Cu
Cu
2+
+ 2e
–
= Cu
Zn - 2e
–
= Zn
2+
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyasini bunday amalga oshirish natijasida kimyoviy reaksiya energiyasi elektr en-
ergiyasiga aylanadi
«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari.
61
Dostları ilə paylaş: |