O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi


II BOB.Odil Yoqubovning romanlarida zamonaviylikning o‘ziga xos uslubi va obrazlar yaratishdagi badiiy mahorati



Yüklə 53,56 Kb.
səhifə7/10
tarix31.05.2022
ölçüsü53,56 Kb.
#60167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi. T. B

II BOB.Odil Yoqubovning romanlarida zamonaviylikning o‘ziga xos uslubi va obrazlar yaratishdagi badiiy mahorati.
2.1. “Diyonat” romanida davr muammolari.
Diyonat” romanida muallif 70-yillarda hayotda keng ildiz otgan turg‘unlik mafkurasining zararli oqibatlarini zo‘r ijodiy jasorat va rostgo`lik bilan ko‘rsatdi. Adib roman ustida ishlar ekan, hayotda ko‘p uchratgan, dilida chuqur asorat qoldirgan bir hodisaga o‘z munosabatini bildirishni - “katta ishlar qildim” degan bahonada odamlarning boshiga chiqib olgan, qonunchilikni oyoqosti qilishdan ham toymaydigan ulkan xo‘jalik rahbari obrazini yaratish, uning parvozi va inqirozini ko‘rsatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. “Men hayotda ko‘p adolatsizliklarga sabab bo‘lgan bunday rahbarlar haqidagi o‘ylarim va ko‘rgan-kechiiganlarimni romandagi Otaqo‘zi obrazida mujassamlashtirishga harakat qildim”, - deb yozadi muallif.
Ma’lumki, o‘zbek adabiyotida 50-60-yillarda ham shunday o‘zboshimcha rahbar xodim obrazlari ko‘p yaratilgan. Ularning ko‘pchiligi nuqul bir yoqlama-salbiy xususiyatlar qorishmasidan iborat. Otaqo‘zi ulardan farqli o‘laroq, murakkabligi, kuchli va ojiz tomonlari bilan berilgan. Uning bilim, fikr, manfaat doirasi xiyla keng. Erta-yu kech el-yurt ishi bilan band bu rahbar xodim oila, farzandlari, qarindosh-urug‘lar taqdirini ham o‘ylaydi. Boshda u dilkash, tanti odam sifatida ko‘rinadi. Ammo u bora-bora nobop ijtimoiy muhitda o‘jar, mag‘rur, o‘zboshimcha, shafqatsiz, toshbag‘ir kimsaga aylanadi. Asarda Otaqo‘zi tomonidan o‘tkazilgan zug‘umlar, o`zboshimchaliklar bilan barobar, bu zug‘umlarning aks-sadosi, hayot qarshiliklari tufayli zo‘ravon Otaqo‘zi boshiga tushgan chigal savdolar, qalbidagi qiynoqlar ham mahorat bilan tasvirlangan.
Otaqo‘zilar qilgan adolatsizliklarni butun borligicha ko`rsatish uchun unga qarshi turadigan nihoyatda pok va halol bir inson, katta shaxs zarur edi, -deydi yozuvchi. -Baxtimga men hayotda faqat Otaqo‘zi kabi nohalol kimsalarni emas, Normurod Shomurodovga o‘xshagan nihoyatda pok, halol, insofli, diyonatli insonlarni ham ko‘p uchratgandim”.11
Yozuvchi inqirozga yuz tutgan Otaqo‘zi bilan barobar Normurod domla hayoti fojiasini ham mahorat bilan ochib beradi. Bu odam uzoq va shonli hayot yo‘lini bosib o‘tgan. Biroq taqdir uni siylamagan, boshiga ko‘p kulfatlar tushgan. U bor kuch-quvvatini, umrini fan, adolat, el-yurt ishiga fido etib, evaziga el-yurtdan hech narsa talab va ta’ma etmaydi. U roman asosida yotgan diyonat, e’tiqodning o‘ziga xos timsoli. U e’tiqod, adolat yo‘lida hech kimni, hatto o‘zini ham ayamaydi. Adolat, diyonat deb u o‘zini ko‘p qiynoqlarga giriftor etadi, ma’naviy tuban kimsalar bilan olishadi, bu olishuvlar Normurod domla dilini vayron etadi. Domlada diyonat, adolat, e’tiqod yo‘lidagi qat’iylik, chuqur insonparvarlik, zabunlarga mehr, hamdardlik tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilib ketgan; shuning uchun ham undagi o‘jarlik, qat’iylik o‘ziga xos joziba kasb etgan.
Diyonat”dagi Normurod domla “Oqqushlar”dagi Shorahim Shovvoz
shular jumlasidandir. “Adolat manzili”dagi Veteran ham o‘sha personajlarni eslatadi. Qizil mustabid tizimining eng o‘g‘ir gunohlaridan biri shuki, u yaxshi va yomonning, do‘st-u dushmanning farqiga bormadi. Hatto o‘ziga sadoqatli kishilarning qadriga ham yetmadi. Mana shu haqiqatlar qator reallistik adiblar qatori Odil Yoqubov romanlarida, jumladan Domla, Shovvoz obrazlari o‘z ifodasini topdi. Yangi romandagi Veteran timsolida esa bu fikr g‘oya nihoyasiga yetkazildi.
Muallif Normurod domla obraziga xos yetakchi fazilatlar-diyonat, metindek e’tiqod jozibasini ochish bilan kifoyalanmay, bu xislatlarning ijobiy ta’sir kuchini, qudratini ham ko‘rsatishga muyassar bo‘lgan. Bir qarashda domla musibatlar girdobida qolgan ayanchli shaxs. Ayni paytda kitobxon bu odam ayanchli, nochor kimsa emasligini anglab turadi. Aslida u mardona, qahramonona ulkan shaxs. Bu adolatparvar, diyonatli, yuksak e’tiqodli odam qarshisida har qanday qing‘ir, nopok shaxslar dovdirab qoladi; uning adolati, diyonati, e’tiqodi qarshisida hatto Otaqo‘zidek zo‘ravon odam ham oxiri bosh egadi. “Diyonat”ning mantiqiy davomi bo‘lgan “Oqqushlar, oppoq qushlar”, “Adolat manzili” romanlarida ham yozuvchi shu xildagi zamondoshlarining ehtiroslar bilan yo‘g‘rilgan yorqin obrazlarini yaratgan.
Xullas, “Diyonat” romanida Otaqo‘zining o‘g‘li Normurod domla tarbiyalagan yosh avlod, “Oqqushlar” da Rasul Nuriddinovning farzandlari. Umuman qaysi davrni yoki roman qamrab olgan voqea-hodisa yoshlar obraziga o‘rin beriladi. Ammo “Adolat manzili” romanida yaratilgan yoshlar obrazini biz yangilik deb ayta olamiz.


Yüklə 53,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin