O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi


“Ulug‘bek xazinasi”da tarixiy shaxslar obrazlarining yoritilishi



Yüklə 53,56 Kb.
səhifə6/10
tarix31.05.2022
ölçüsü53,56 Kb.
#60167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Kurs ishi. T. B

1.3. “Ulug‘bek xazinasi”da tarixiy shaxslar obrazlarining yoritilishi.
Yozuvchiga katta shuhrat keltirgan asar “Ulug‘bek xazinasi” romani bo‘ldi. Buyuk adib Chingiz Aytmatov “Ulug‘bek xazinasi” haqida shunday yozadi:
Yaxshi kitob haqida” gapirish maroqli. Bu – yuksak va oliyjanob proza namunasi. Badiiy quvvati jihatdan salmoqdor bu tarixiy roman meni larzaga soldi. Bu esa yaxshi asarning alomati. Bundan ham muhimi shundaki, romanni o`qirkanman, ko‘nglimda turkiy xalqlarimiz tarixi uchun iftixor tuyg‘usi jo‘sh urdi. Ulug‘bek shunday dahoki, u bizning asrlar osha tariximizga, zaminda tutgan mavqeyimizga guvoh. Ulug‘bek – bizning dildagi ohimiz, hasratimiz, u buyuk insoniy tajribalar haqida, dunyo haqida yuksak mezonlarda turib mulohaza yuritish, hukm- saboqlar chiqarish uchun asos beradigan shaxs...
Ulug‘bek men uchun o‘rta asrning atoqli olimi bo‘lgani uchungina emas, balki xalqlarimiz tarixidagi eng murakkab va og‘ir fojiani boshdan kechirgan alloma bo‘lganligi uchun ham ulug‘dir.”
Mashhur boshqird yozuvchisi Mustay Karim roman muallifiga yo‘llagan maktubida deydi: “Romanning g‘oyaviy qudrati, emotsional ta’sir kuchi juda zo‘r. Ayniqsa, uning zamon bilan hamohang bo‘lganligi, chin ma’nodagi zamonaviy asar darajasiga ko‘tarilganligi muhimdir... Zotan, tarixiy asar odamlarni hozirgi kunda munosib turmush kechirishga, yaxshi yashashga da’vat etish kerak. Sizning romaningiz shunday asarlar sirasiga kiradi.”8
Yozuvchi garchi ijoddagi birinchi qadamidan boshlab uzoq vaqt zamonaviy mavzuda zamondoshlari hayotidan asarlar yaratgan bo‘lsa-da, uni bora-bora o‘tmish voqealari, tariximizda o‘tgan buyuk allomalar hayoti qiziqtira boshladi. 60-yillarning oxirlarida matbuotda Ulug‘bekning mashhur kutubxonasi taqdiri xususida baxs boshlandi. Bu bahsda ilgari surilgan, xususan taniqli rus adabiyotshunosi I. Andronikov maqolasida o‘rtaga qo‘yilgan fikr va mulohazalar astoydil qidirilsa, bu nodir xazina albatta topilajagi xususidagi bashoratlar ko‘plab qatori Odil Yoqubovda ham katta qiziqish uyg‘otdi. Shu paytga qadar “zamonaviy yozuvchi” deb tanilgan, doimo zamonaviy mavzuda qalam tebratib kelgan adibimiz endi hayolan olis tarix saxifalarini “sayr etish”ga tushdi; ko‘pgina tarixiy hujjatlarni, Ulug‘bek hayoti va davriga oid manbalarni o‘rganib chiqdi. Ulug‘bek kutubxonasining taqdiriga aloqador faktlarni qidirdi. Yozuvchi boshda Ulug‘bek kutubxonasining qismatidan bahs etuvchi bir sarguzasht qissa yaratmoqchi edi. Bunday qisssa bitildi ham, ammo muallifning undan ko‘ngli to‘lmadi. Ijodiy ish davom etdi. Xayolda charx urgan fikrlar, gavdalangan obrazlar kengayib, to‘lishib jiddiy yirik asar shakliga kira boshladi. Nihoyat, ulug‘ allomaning ma’naviy xazinasi, buyuk tojdor olimning ulkan fojiasi haqidagi, qolaversa Ulug‘bek toj- taxti va ma’naviy merosi tevaragida borgan shiddatli kurashlar to‘g‘risidagi o‘ziga xos yetuk bir roman maydonga keldi.
Buyuk olim, davlat arbobi Ulug‘bek hayotiga ko‘p adiblar murojaat etganlar. Ulug‘bek siymosi yaratilgan sarlar orasida Maqsud Shayxzodaning “Mirzo Ulug‘bek” fojiasi alohida ajralib turadi. Ulug‘bekdan so‘z ochgan har bir qalamkash bu ajoyib asarni chetlab o‘tishi mumkin emas. Odil Yoqubov ham Maqsud Shayxzoda tajribalaridan bahramand bo‘lgan. Roman bilan fojia orasida talay mushtarakliklar mavjud. Chunonchi, roman ham xuddi fojia kabi Ulug‘bek hayotining so‘nggi davrini hikoya qilishdan boshlanadi. Fojiadagi ko‘pgina hodisalar romanda ham tilga olinadi, bir qancha tarixiy shaxslar bu yerda ham ishtirok etadilar. Shu bilan barobar “Ulug‘bek xazinasi” tarixiy hodisalar va shaxslarning badiiy talqini, o‘zining uslubiy, g‘oyaviy- badiiy yo‘nalishi, poetikasi jihatidan “Mirzo Ulug‘bek” asaridan keskin farq qiladi.
Roman Ulug‘bek saltanatining so‘nggi tahlikali damlari tasviridan boshlanadi. Shu, og‘ir fojiali daqiqalarda shoh va olim Ulug‘bek ko‘p narsalar haqida o‘ylaydi, murakkab ruhiy holatga tushadi. Avvalo u – shoh, temuriyzoda, toj-taxt taqdiri uchun javobgar shaxs. Nima qilib bo‘lsa-da, u hokimiyatni qo‘lda saqlab qolish uchun tirishadi. Ammo riyokor, johil raqiblar qurshovida; o‘z o‘g‘li ular qo’lida qo‘g‘irchoq, toj- taxt, mansab deb otaga qarshi bosh ko‘targan. Bu hol buyuk allomani adosiz qiynoqlar girdobiga tortadi.
Ulug‘bekda insoniy g’urur juda kuchli. Shohlik qoni jo‘sh turib toju-taxt himoyasi uchun o‘g‘liga qarshi jangga otlanar ekan, nomus tuyg‘usi uni qiynoqqa soladi. El-yurt, kelgusi avlodlar oldida bunday kimsa yo‘q. Abdullatif– riyokor. Yana bir o‘g‘li Abdullaziz majruh, kaltabin shaxs. Ota toj-taxtni ularga ishonib topshira olmaydi. Ulug‘bekni hammadan ham Movarounnahrga qirq yil rahnamolik qilib ortirgan asosiy boyligi – madrasalari-yu rasadxonasi, nodir xazinasi – to‘plagan kutubxonasi-yu yaratgan asarlari – barchasining zer-u zabar xavfi tashvishga soladi. O‘sha mushkul damlarda ulug’bek shogirdi Ali Qushchiga deydi:
Tag‘in bir narsadan – kelgusi avlodlar bandayi ojizdan hazar qilmas-mu, deb qo’rqamen. Mirzo Ulug‘bekday koinot sirlarini ochmoqni tilagan, fozillikni da’vo etgan mavlono, hayhot, oxir- oqibat barcha shoh, barcha taxt sohibariday saltanatni deb, o‘z pushti kamaridan bo‘lgan farzandi bilan toj-u taxt talashibdur-da, degan degan nom qoldirmoqdan qo‘rqaman…”9
Toj-taxt bebaho, tafakkur mahsuli - ma’naviy xazina esa bezavol, degan naql bor. Bu hikmat romanda chiroyli, betakror badiiy ifodasini topgan. Ulug‘bekning fojiasi shundaki, u egalik qilgan moddiy meros - toj-taxtning istiqboli zabun, vorislari nobakor. O‘z o‘g‘lidan tortib qo‘l ostidagi barcha mansabdorlari, ishongan tog‘lari xiyonatkor bo’lib chiqadilar. Bu allomaning baxti shundaki, u to‘plagan, yaratgan ma’naviy meros – nodir kitoblarning munosib vorislari, ishingan, sadoqatli, fidoyi shogirdlari bor. Eng qiyin damlarda ana shu vorislar Ulug‘bek qanotiga kiradilar, tashvishiga sherik, dardiga malham bo’ladilar. Ulug‘bek merosini ko’z qorachig’iday asrash, avaylashga so’z beradilar.
Ulug‘bek taxtdan tushadi, johil amalparastlar qo‘lida halok bo‘ladi. Hokimiyat tepasiga mutaassib qalloblar qo‘lida qo‘g‘irchoq bo‘lmish Abdullatif keladi. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish, mansabdorlik jinoyatlari, xizmat mansabini suiisteʼmol qilish, “qora kuchlar”ning “davri-davroni”, ma’rifat ahlining esa “qora” kunlari boshlanadi. Romanning ikkinchi qismi ana shu mudhish kunlar tasviri va badiiy tahliliga bag‘ishlangan.
Ma’lumki, ko‘p asarlar odatda bosh qahramonning o‘limi, halokati bilan tugaydi. Bunday asarlardan farqli o‘laroq “Ulug‘bek xazinasi” dagi eng hayajonli, shiddatli voqealar bosh qahramon halokatidan keyin ro‘y beradi. Yozuvchining mahorati ayniqsa shu voqea- hodisalar ifodasida yaxshi namoyon bo’lgan. Bir tomonda - Abdullatif boshliq qora guruhlar; ularning ma’naviy rahnamosi, shayx Nizomiddin Xomush, Salohiddin zargar, amir Jondor ayg‘oqchi Qashqir. Ikkinchi tomonda – Ulug‘bekning sadoqatli shogirdi Ali Qushchi boshliq ma’rifat fidoyilari… Ulug‘bek xazinasini o’sha tahlikali kunlarda qora guruhlar nazaridan, tahdid va ta’qiblardan himoya etish uchun ketgan shiddatli , xatarli kurashda keng xalq ommasi vakillari - madrasa talabasi Muram Chalabiydan Tortib xalq orasidan chiqqan shoir Qalandar Qarnoqiygacha, oddiy temirchi Usta Temur Samarqandiydan tortib ma’rifatli ayol Xurshida bonugacha – barchasi ishtirok etadi.
Qushbegi, qushchi - tarixiy atama. Oʻrta asrlarda podsho va xonning ovchi qushlari (qushxonasi) va ov hayvonlarining mutasaddisi; ov begi (amiri shikor). U hukmdorning ovini tashkil qilish va oʻtkazishga javobgar boʻlgan. Bu bilan yozuvchi muhim g’oyani – Ulug‘bek ma’naviy merosi xalq boyligi, mulki ekanini ta’kidlaydi. O‘sha og‘ir sinov paytida maslakdosh shogirdlar orasida ham saralanish yuz beradi. Chunonchi, Mavlono Muxiddindek olim mudhish voqealar girdobida dovdirab, o‘z ustozidan yuz o‘giradi, fanga, e’tiqodiga xiyonat qiladi. Biroq Mavlono Muxiddin – murakkab shaxs. Yozuvchi uni bir yoqlama xiyonatkor deb qarashdan qochadi. Uning chigal ruhiy holatini butun ziddiyatlari bilan ko‘rsatadi. Mavlono ustozi Ulug‘bekdan ko‘p yaxshiliklar ko‘rgan. Bir tomondan, u bu yaxshiliklarni unutolmaydi. Ikkinchi tomondan, shu ustozi pushti kamaridan bo‘lgan Abdullaziz tajovuzi tufayli ko‘zining oq-u qorasi, yakka-yu yagona qizi Xurshida bonu baxtiqaro bo‘lib qolgan. Shu tufayli u Ulug‘beklar oilasidan, qolaversa ustozidan yuz o‘giradi. Asarda ikki o‘t orasida, iztiroblar olovida qovrilib, telba bo‘lib qolgan Mavlononing ruhiy holati zo‘r mahorat bilan ochilgan.
Xulosa qilib aytganda, bu roman personajlar ruhiy holati tasviri jihatdan adabiyotimizda muhim yangilik. Yozuvchining bu sohadagi mahorati Ulug‘bek, Mavlono Muhiddin, ayniqsa Abdullatif obrazi ifodasida yorqin namoyon bo‘lgan.10


Yüklə 53,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin