O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/18
tarix16.09.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#63715
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASI (JABBOROVA) 2002

Mavzu yuzasidan savollar. 
1.Kundalik reja necha kun ga muljallab tuziladi?
2.Tabiat bilan tanishtirish ishining rejalashtirishning qanday turlari bor? 
3.Rejalashtirishda qanday printsiplardan foydalaniladi? 
XIV. MAVZU: MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASALARIDA TABIAT BILAN 
TANISHTIRISHNING ISHIGA
USLUBIY RAHBARLIK 
 
Maqsad: Talabalarga maktabgacha tarbiya muassasalarini boshqarish uslubiy 
rahbarlik. rahbarlikni asosiy yunalishlari xak`da bilim berish. 
Reja 
1 .Tabiat bilan tanishtirish ishiga rahbarlik qilish.
2.Tabiat bilan tanishtirish ishiga rahbarlikniig asosiy yunalishlari. 
3.Uslubiyot xonalarining ish mazmuni va uni tashkil etish. 
4. Mudira va tarbiyachilarning ilgor ish tajribalarini urganish va ommalashtirish. 
Xalq maorifining birinchi tizimi xisoblangan maktabgacha tarbiya muassasalari 
bolalarni har tomonlama rivojlanishida, ularni maktab ta`limiga oila bilan uzviy 
hamkorlikda tayyorlaydi. 


Bolalar bog’chasining boshqarishda asosiy rolni bog’cha mudirasi oynaydi 
Mudiraning asosiy vazifasi bog’cha jamoasi bilan birgalikda "Bolalar bog’chasida 
ta`lim-tarbiya dasgurini" barcha vazifalarini amalga oshirishdir. Maktabgacha tarbiya 
muassasi mudirasining faoliyati uch yo’nalishda: 
1.Tarbiyaviy - uslubiy ishga rahbarlik. 
-Dastur vazifalarini vahtida bajarishga yordam kursatash; ish malakasini oshirish; 
-Ilg’or pedagogik tajribani urganish va amalda tadbir etish.
2.Xujalik masalalarini hal kilish 
3.Ota-ona va keng jamoatchilik orasida pedagogik bilimni berish. 
Bolalar bogchalarida uslubiyatchi va mudira ta`lim-tarbiya ishiga birgalikda 
javobgar shaxs bulib hisoblanadi. 
Uslubiy ishlarga quyndagilar kiritiladi. 
1) Tarbiyachiga uslubiy yordam berish, nazorat qilish; 
2) Tarbiyachilarning ilgor ish tajribalarini targibot etish; 
3) Tarbiyachilarning tabiat uslubiyotidan malakasini oshirish; 
4) Ota onalar urtasida tabiat bilan tanishtirish bilimini targibot etish. 
Uslubiy xonalarda tabiat bilan tanishgirish uchun zarur bulgan adabiyotlar, 
kurgazma qurollar, tarbiyachilar tomonidan tayerlangan qul ishlari bulishi darkor. 
Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasining maktabgacha tarbiya kontseptsiyasi. 
maorif vazirligining buyruq, farmonlari, tavsiyalar, uslubiy xatlar ilg’or 
tarbiyachilarning istig’boli hamda kundalik rejaliri. ochiq mashg’ulotb oyin 
muhokamalari, ota-onalar uchun tavsiyalar berilishi kerak. 
Rahbar tarbiyachining o’z uslub va usullari hazinasida ilgorlar ishini tajribalarini 
hamisha talil qilib va anglab to’g’ri va ongli tarzda boyitishga o’rgatish lozim. 
Mudira bolalarning har tomonlama rivojlanishlari uchun barcha shart-
sharoitlarini yaratmogi zarur. Mudiraning ishi ijodiy hisoblanadi. Maktabgacha tarbiya 
muassasasi murakkab organizm, mudiraning ishi esa kun kirralidir. Mudira-davlat 
muassasasining rahbari, shuning uchun u doimo o’z ustida, ijodiy izlanishi, tabiat 
haqidagi qrnun va qarorlarni bilib, o’rganib borishi davlatimizning hozirgi bosqichida 
ichki va tashki siyosatini bilishi hamda amaliy faoliyatda unga amal kilishi kerak. 


Mudira keng va chuqur ma`lumotli yuqrri saviyali mutaxassis bulishi, tarbiya 
jarayonini yaxshi anglab etgan bulishi zarur. Maktabgacha tarbiya muassasasida 
bolalarni tarbiyalash mudira va katta tarbiyachi-metodistning o’zaro hamkorlishdagi 
uslubiy rahbarligi qanchalik uyushqoqlik reja asosida samarali amalga 
oshirilayotganligiga bogliq bo’ladi. Uslubiy ishda uyushqrqlik, reja asosida, kuyilgan 
vazifalarning imkoni boricha qisqa muddatlarda hal etilishini ta`minlay bilishi, 
istiqbolini ko’ra olish va unga jamoani qiziqtira bilish muximdir. 
Bog’cha mudiralari o’z qo’l ostida ishlaydigan tarbiyachilarni umumiy bilimlarini 
xususan tabiat sohasiga oid bilimlarini tinmay oshirib borishi tabiat burchagini tashkil 
etish va uni yangi qushimcha materiallar bilan jihozlashda maslaxatlar berish, Yo’l 
yo’rikdar ko’rsatishi, tarbiyachi bilan birga tabiatga ekskursiyalar uyushtirish 
biologiyaga doyr adabiyotlarni aniqlash va ularni to’plash ishiga aktiv yordam 
ko’rsatish 
lozim. 
Bundan 
tashkari 
ota-onalarni 
bogcha 
maydonchasida 
tabiatshunoslikka oid ishlarda faol ishtirok etishga jalb etadi, bolalarni tabiatni sevish, 
uni asrab-avaylab ustiradigan kishilar bulib etishish ruhida tarbiyalan ishiga bevosita 
rahbarlik qiladi. Mudira umumiy ota-ona majlisini o’tkazadi, unda bogcha 
maydonchasida kilinadigan ishlarni ota-onalari bilan hamkorlikda bajarish rejasini 
tuzadi. Bog’chalarda bunday uslubiy rahbarlik turli shakllarda olib boriladi: pedagogik 
kengash, mashgulot, sayr, ekskursiya, oyin, tabiatni kuzatish, pedagogik xonani ishini 
tashkil etish er maydonchasida kilinadigan ishlarni maslahatlashib olish guruxlaridagi 
tabiat burchagini ahvolini tahlil qilish. Bundan tashqari bolalar muassasalariga doimo 
olib boriladigan ilmiy - tekshirish ishlari va ularning natijalarini hayotga keng joriy 
etmogn zarur. Ma`lumki, bogchalarda tabiat bilan tanishtirishning yangi-yangi uslub 
va shakllarni kuzatish, amaliy mashgulot va suz vositasidagi ilmiy izlanishlar 
natijasidan ham keng foydalanishimiz kerak. Biz bu ishlarga yosh kadrlarni. talabalarni 
keng jalb etmogimiz darkor. Bogchalarda tarbiyachilarning aqliy - nazorat saviyasi. 
pedagogik mahorati va tabiat qonunlarini ilmiy asosda tushinib bevosita mudira 
raqbarligida amalga oshiriladi. Qabul gaii kridaga muvofiq.har bir tarbiyachi xalq 
maorifi bo’limi tamonilan tashkil etilgan kurslarda har yilda bir marta o’z malakasini 
oshirib borishi lozim. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin