O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/18
tarix16.09.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#63715
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18
TABIAT BILAN TANISHTIRISH METODIKASI (JABBOROVA) 2002

 


Mavzu yuzasidan savollar: 
1.Uslub nima? 
2.Ko’rgazmali uslubga tasnif bering?
3.Ko’rgazmali uslub turlari? 
VIII. 
MAVZU: TABIAT BILAN TANISHTIRISHDA
OG’ZAKI USLUB 
Maksad: Maktabgacha yoshdagi bolalarni tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachi 
hikoyasi, suhbati, badiiyadabiyotni ahamiyati haqida talabalarga bilim berish, 
talabalarni uzbek yozuvchilarining bolalar yoshiga moe tabiatga oid, ilmiy 
xikoyalardan foydalanishga o’rgatish. 
Reja: 
1 .Tabiatga oid hikoyalar. Ularning ahamiyati.
2.Suhbat, uning turlari. 
3.Turli guruxdarda badiiy adabiyotlardan foydalanish. 
Bolalarni tabiat bilan tanishtirishda tarbiyachining hikoyasidan tabiat haqidagi 
badiiy kitoblarni o’qishlardan. suhbatdan foydalaniladi. Og’zaki uslub yordamida
kuzatish va tabiatdagi mehnap jarayonida olgan bilimlari aniqlashtiriladi. to’ldiriladi, 
umumlashtiriladi. hamda bir tizimga solinadi. Shunday qilib, ogzaki uslub bolalarning 
tajribasi doirasidan chetga chiquvchi bilimlarni shakllantirish imkoiini beradi. 
OG’ZAKI USLUB VA UNING TURLARI 
Tarbiyachining hikoyalari
ularga quyilgan talablar 
Suhbat, uning turlari Badiiy adabiyot un-ga 
qoyilgan talab 


Ilmiyligi, 
bolalar 
yoshiga 
mos 
tabiatshu-
noslikka jonliligi 
Kirish
Yakuniy 
1.Tarbiyaviyligi
2.Hissiyotliligi 3.Jonliligi-
obraz-liligi. 
Og’zaki metodlardan foydalanish bir qancha vazifalarni xal etadi. Tabiatga oid 
hikoyaning qimmati shu bilan anikdanadiki, u ma`lum ta`limiy vazifaeini hal etar ekan, 
maktabgacha yoshdagi bolalarning tajriba va qiziqishlarini nazarda tutgan holda 
tuziladi va ma`lum yoshdagi guruh bolalariga mo’ljallanadi. Uning badiiy adabiyotni 
o’qishga nisbatan afzalligi mana shundandir. Hikoyani idrok etish bolalar uchun 
anchagina murakkab aqliy faoliyatdir. Bola kattalarning nutkini eshitishi va tinglay 
olishi, hikoya davomida uni anglab olishi ogzaki tasnif asosida etarlicha jonli obrazlarni 
faol tasavvur qilishi tarbiyachi himoyasidagi voqea-hodisalarning bir-biriga bogliqligi 
hamda munosabatlarni aniqlash va tushunishi, hikoya mazmunidagi yangiliklarni 
o’zining avvalgi bilim i bilan qiyoslab kurishi lozim. 
Bularning barisini tarbiyachi tabiat haqidagi hikoyasiga bo’lgan talablarni 
belgilaydi. Tilni jonliligi, obrazliligi, aniqligi -tarbiyachining hikoyasiga qoyiladigan 
mutloq talabdir. 
Hikoya uchun tarbiyachi xilma xil material: tabiatga oid shaxeiy kuzatishlari, 
ajoyib kishilarning hikoyalari, tabiat hodisalari haqidagi ocherklar va hikoyalar ilmiy 
materiallardan foydalaniladi. 
Suhbat didaktik vazifalardan kelib chiqqan holda: kirish suhbati va yakuniy 
suhbatga bulinadi 
Kirish suhbati tarbiyachi kuzatishlar, ekskursiyadan oldin qo’llaydi. Maqsad 
bo’lajak kuzatishlar bilan mavjud bilimlar o’rtasida aloqa o’rnatish maqsadida 
bolalarni bilimini aniqlashdir 
Yakuniy suhbat bilib olingan dalillarni bir tizimga solish va aniqlashtirishga, 
mustahkamlashga yo’naladi. Suhbatning samarali bo’lishi bolalarni oldindan qanday 
tayyorlanganligiga bog’liq. Suxbat - bu ular bilan o’tkazilgan ishning yakunidir. Shuning 
uchun tarbiyachi oldida bolalarda kuzatishlar, mehnat faoliyati, oyinlar, 
tabiatshunoslik, kitoblarini o’qish, hikoyalar orqali tasavvurlar hosil qilish vazifagi 
turali. Tarbiyachi doimo suhbatni ta`limiy maqsadini aniq tasavvur qilishi kerak. 
Suhbat hodisa, dalillarni taxlil qilishdan, ularning xususiyatlari, belgilari, hodisalarya 
o’rtasida muhim aloka va munosabatlarni ta`kidlashdan boshlanadi Bunday tahlil 


umumlashtirishga utishni ta`minlaydi, tarqoq dalillarni tizimga soladi. Suhbat tabiat 
bilan tanishtirish uslubi sifatida o’rta, katta, tayyorlov guruhlarida qo’llaniladi. 
Bolalar adabiyotida tabiat turlari badiiy vositalar yordamida ifodalanidi. O’z 
mazmuniga kura ilmiy bo’lgan tabiatshunoslik haqidagi kitob ayni vaqtda san`atning 
bir turidir. Uning xususiyati mana shundadir. 
Tabiat haqidagi tabiat kitobidan pedagog birinchi navbatda tarbiyaviy 
maqsadlarda foydalanadi. U san`atning turi sifatida faqat bolaning aqligagina emas, 
balki uning hissiyotiga ham ta`sir etadi. Tabiatshunoslik kitobi bolalarda bilishga 
qiziqishni kuzatuvchanlikni bilimga bo’lgan havasni tarbiyalash uchun boy material 
beradi, U bolalar oldiga yangi savollarni quyadi. Bolalarni atrofdagi tabiatga diqqat 
bilan o’rashga majbur qiladi. Tabiat haqidagi bolalar kitobi tarbiyachining ilmiy 
dunyoqarashni shakllantirishda asosiy vosita sanaladi. 
Demak, bolalarni yuksak e`tiqodli ma`naviy barkamol, ajoyib fazilatli, xushfe`l, 
mehnatkash. samimiy kishilar bo’lib tarbiyalashda badiiy adabiyotning o’rni ham 
kattadir. Badiiy adabiyotda berilgan barcha voqea hodisalar hayotiy, jonli qilib berilishi 
lozim. Shundagina bola shu asar qahramonlariga ishonadi. Bolalar bog’chasi 
tarbiyachisi esa o’sha asarlar orqali tarbiya maksadlariga muvaffaq bo’lishlari mumkin. 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin