1.3. Fan muammosi
Har qanday masalaga muammo qo’yilishi mumkin. Hammasidan ajoyibi “ Bolalar” savollari (“ Nima uchun havo havo rang? Yoki nima kuchli? Kitmi? Filmi?”) ular o’ylantiruvchi muammolarni yaratmaydi. Ularga aniqlik kiritib isbotlashni talab etadi. Biri sub’ektivlikni oydinlashtirish. Hamma predmetlarni yaqqol deyish mumkin. Ular biz uchun kerak, tashlasak pastga tushadi. Lekin inson tanasi bundan farq qiladi, kosmik kemadagi holatni eslang. qizil rang yashildan ozgina farq qiladi, ko’k sariqdan, ammo rang ajratolmaslik kamchiligi bo’lgan odamlar ularni farqlay olishmaydi. Demak, inson yaxshi ishlashi uchun u har tomonlama bo’lishi lozim. Agar unda motivatsiyalari yuqori bo’lmasa , faoliyatida xatolar bo’ladi, bilim olishi sekinlashadi.
Hayotiy va fan muammolari ta’lim atamalari bilan shakllanadi. U tahliliy – tarkibiy bo’lishi lozim. “ Nima uchun quyosh yoritadi?” – savol, lekin muammo emas, bu yerda ma’naviy metodlarini ko’rsatish lozim.
“SHaxsni rivojlantirish , boshqalar bilan aloqasi, genetik determinlik, belgilarini va oilaviy totuvligini qanday tarbiyalash mumkin?- bu muammo. Bu muammoni hal etish uchun psixologik bilim va metodlarga tayanish lozim.
Muammolar qo’yishda gipoteza ( faraz ) larni shakllantirish lozim. Muammolar qaerdan olinadi? Fanda muammolarni shakllantirish- yetishmovchiliklarning mavjudligi, ma’lumot uchun axborotlarning yetishmasligi yoki borliqni tushuntirish orqali bo’ladi.
Olamni ko’proq aniq bilish bitta asosiy qo’llovchi iste’dod bilan bog’liq. Zero, muammolarni bosqichlarga bo’lish mumkin:
Borliqni bilish haqidagi bilimlarning yetishmasligini bartaraf etish.
Muammolarni til darajasiga ko’tarish.
Muammolarni fandagi shakli.
Muammo – bu ritorik so’roq. Bunda izlanuvchi savol beradi, ammo u savolga u o’zi javob topadi.
“ Muammo “ so’ziga falsafiy ta’rif bersak, “ Muammo “ – bilishni rivojlantirishning ob’ektiv savoli yoki savollar to’plamiki, amaliy hodisalar yoki nazariy qiziqishlar bilan ifoda etiladi.
Muammolar borliqni tahlil qilishni o’rgatadi. Uni isbotlash kishining qilgan qarorlari bilan bog’liq.
Dostları ilə paylaş: |