Psixologik tekshiruvlarning keng ko’lamdagi ikkinchi klassifikatsiyasi – bolgar psixologi G. D. Pirьov tuzgan. U mustaqil metodlar sifatida taklif qilgan kuzatuv, eksperiment, modellashtirish, psixologik xarakteristikani, yordamchi metodlar maxsus metodik yondoshuvlarni ta’kidlab o’tdi. SHu metodlarning har biri bir qancha turlargalarga bo’linadi. SHunday qilib, masalan, kuzatish (aloqador) anketalarga, so’rovnomalarga faoliyat maxsullarini o’rganishga va boshqalarga bo’linadi.
B. G. Ananьev Pirьov klassifikatsiyasini tanqid ostiga olib, boshqasini taklif etdi. Hamma metodlarni u 1) tashkiliy 2)empirik 3) ma’lumotlarni qayta ishlash usullari va 4) sharhlash metodlariga bo’ldi. Tashkiliy metodlarga Ananьev qiyosiy, longityud va kompleks metodlarni kiritdi. Ikkinchi guruhda observatsion metodlar, eksperiment psixodiagnostik metod, faoliyat mahsullari, modellashtirish va biografik metodlar qoldi.
Uchinchi guruhda ma’lumotlarni matematik-statistik analiz metodi va sifatli tavsiflanishi kiritiladi. Nihoyat, to’rtinchi guruhni genetik va struktura metodi tashkil qildi. Ananьev har bir metodni aniqroq tasvirlab berdi. Lekin uning chuqur tahlil qilishiga qaramay, ko’pgina yechilmagan muammolar qolyapti:
Nimaga modellashtirish empirik metod bo’lib qoldi? Nima uchun qayta ishlash metodi tashkiliydan ajratilgan?
Genetik qayta ishlash tekshirishni tashkil qilishning muhim usuli deb tushunilmaydimi?
SHuni eslatib o’tish ahamiyatliki, bu yerda psixologik tekshirishning nazariy metodlari ko’rsatilmagan, shu bilan birga metodlar sinfi ajratilgan, o’rni bo’yicha «oraliq» empirik va nazariy o’rtasida, empirik kuzatishlar ma’lumotlari interpretatsiyasi va qayta ishlash tafakkur qilish metodlaridir.
M.S. Rogovin va T.B. Zapevskiylarning fikricha, metod bu – idrok jarayonida ob’ekt va sub’ekt orasidagi ba’zi bir nisbatlarning ifodalanishidir. Ular asosiy psixologik metodlarning sonlarini 6 taga birlashtirishadi. 1) germenevtik – fanning bo’linmagan holatiga to’gri keladi. 2) biografik metod psixika to’g’risidagi fanning yakka ob’ektiv idrokini ko’rsatish. 3) kuzatish – idrok ob’ekti va sub’ekti differetsiatsiyasi. 4) o’z-o’zini kuzatish-ob’ektni oldingi differentsiatsiya asosida ob’ektga aylanishi. 5) klinik-birinchi o’ringa mexanizmning tashqi kuzatuvchidan ichki kuzatuv mexanizmiga o’tish vazifasi chiqadi. 6) eksperiment ob’ekt idrokining sub’ektga aktiv qarishligi sifatida, sub’ektning roli idrok jarayonida hisobga olinadi.