O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi.
Interpretatsion – tavsiflash metodlari butun bir psixologik tadqiqotda muhim rol o’ynaydi.
Bu metodlarni tadqiqotchi tomonidan egallanishi ilmiy programmani muvoffaqiyatini belgilab beradi. Psixologiyada ta’riflash metodining ahamiyati V.A Ganzen monografiyasida aniqroq ta’riflangan.
Psixologik empirik metodlarning yana bir Tasnifini ko’rib chiqamiz. Biz tadqiqotchining bilish faoliyati bilan bog’liq bo’lgan metodlarni ikki asosga bo’lgan edik. Aktivlik – passivlik, mablag’larning borligi – muqobilchilik. Psixologik tadqiqotda ob’ekt aktiv bo’lishi mumkin, odam yoki hayvon haqida gap bo’lishidan qat’iy nazar, odam sinaluvchi sifatida tadqiqotchi kabi faoliyat sub’ekti bo’ladi. Empirik psixologik metodlarni tasnifida shu narsani hisobga olish kerak.
Psixologiyada sinaluvchi xulq-atvorining tahlili va tushunishi katta ahamiyatga ega. Tushunish jarayoni qaysidir ma’noda o’lcham jarayoniga qarama - qarshidir. O’lchashda tadqiqot natijalarini ob’ektlashtirishga harakat qilamiz, tushunishda esa aksincha, sinaluvchining xulq - atvorini xususiy ma’naviy o’lchamlarida qayta ishlanadi.
Barcha psixologik empirik metodlarni ikki o’lchamli kenglikda joylashtirish qulay, qaysi o’qlari psixologik tadqiqotning 2-ta spetsifik belgilarini bildiradi.
Birinchisi – sinaluvchi va tadqiqotchi o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni borligi yoki yo’qligi yoki bu munosabatlarning intensivligi. U klinik eksperimentda eng katta va o’zini-o’zi ko’zatishda eng kamhisoblanadi.
Ikkinchisi protseduralarning ob’ektlashuvi va sub’ektlashuvidir. Bunda eng chetki variant sifatida test olish va boshqa odamni xulq-atvorini uning xatti – harakatini «sezish», empatiya, birga tugashi, shaxsiy interpretatsiyasini «toza» tushunish nazarda tutiladi.
Tadqiqotchi ikkinchi holatda hech qanday narsa ishlatmaydi deb aytish mumkin emas: ular bor, lekin «ichki» - tadqiqotchining shaxsiy malakasi, individual ma’nolari, interpretatsiya priyomlari va boshqalar. Tadqiqotchi o’lchamda ishlatadigan ashyolari tashqi bo’ladigan, boshqacha ham atash mumkin.