O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə11/26
tarix12.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#79074
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi.

Eksperiment. Eksperiment metodining asosiy farqi va afzalligi shundan iboratki, bunda tadqiqotchi o’z hoxishi bilan qandaydir psixik jarayon yoki xususiyatni yuzaga keltirib psixik hodisaning tashqi sharoitga bog’liqligini tekshirib ko’rishi mumkin. Eksperiment metodining ana shu afzalligi uning psixologiyada keng qo’llanilishi bilan tushuntiriladi. Empirik, ya’ni tajriba yo’li bilan qo’lga kiritilgan faktlarning asosiy ko’pchiligi psixologiyada eksperimental yo’l bilan olingandir. Biroq har qanday tadqiqot qilinadigan vazifalarga eksperimentni qo’llab bo’lmaydi. Masalan, agarda psixik jarayonlar va funktsiyalar ko’proq eksperiment yo’li bilan o’rganilsa, shaxsning birmuncha sodda xususiyatlari (temperament, ko’pgina qobiliyatlar) ham shu metodda o’rganiladi. Lekin harakterning va qobiliyatlarning murakkab turlarini hali eksperiment metodi bilan o’rganib bo’lmaydi.
Suhbat metodi. Bu metod tadqiqotning turli bosqichlarida qo’llaniladi: masalan, dastlabki tanishish bosqichida ham boshqa metodlar, ayniqsa, kuzatish metodi orqali qo’lga kiritilgan xulosalarni aniqlashda qo’llaniladi. Suhbat metodidan mohirlik bilan foydalanish juda qimmatli natijalarga erishishga yordam berishi mumkin.
Intervьyu metodi. Psixologiya fanidagi bu metod sotsiologiyada keng ko’llaniladigan anketa metodidan farq qiladi. Xuddi suhbat metodi kabi intervьyu metodi ham so’roq-javob metodiga tegishlidir. Ko’pincha intervьyu uchun savollarni sotsiologik anketalar tipiga o’xshatib, ya’ni ko’p masalalar yuzasidan ko’plab javoblar olishni ko’zlab tuziladi. Intervьyu metodiga bunday tarzda yondashish tadqiqotning faqat birinchi bosqichiga, muammo bilan dastlabki tanishish bosqichiga to’g’ri keladi. Biroq bilimlarni va o’rganilayotgan psixik xususiyatlarni strukturasini hisobga olib tuzilgan savollar o’rganilayotgan xususiyatlar strukturalari hamda darajalarini bundan keyin aniqlash uchun juda qimmatli natijalar berishi mumkin.
Ekspert baholash metodi. Bu metod shaxs psixologiyasida keng qo’llaniladi. Ekspertlar sifatida tekshirilayotgan kishilarni yaxshi biladigan shaxslar – bolalar bog’chasi va maktab-internatlarning tarbiyachilarini, sinf rahbarlari, ishlab chiqarish-texnika bilim yurtlarining masterlari, ishlab chiqarishdagi masterlar, ilmiy jamoa rahbarlari, harbiy komandirlar, administratorlar, sport trenerlari qatnashishlari mumkin. Ekspert baholarni ko’proq xususiyatlarning sifat jihatidan namoyon bo’lishlarini tasvirlash emas (buni ekspertlar bilan qilinadigan keyingi suhbatlarda o’tkazilsa ancha foydaliroq bo’ladi), balki o’rganilayotgan xususiyatlarning ifodalanishini miqdoriy baholash tarzida, ya’ni u yoki bu xususiyat yoki xulq-atvor elementlari darajalarini baholash tarzida o’tkazilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Ekspertlar umumlashtirish bilan bog’liq bo’lmagan xulq-atvor elementlarining ancha-muncha mayda qismlari ifodalanganligini qayd qilishi lozim. Umumlashtirish – ekspertning emas, balki tadqiqotchining ishidir.

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin