O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə19/26
tarix12.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#79074
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi.

4.3. Psixogenetik tadqiqotlar.


Psixogenetikaning asosiy vazifasi individual psixologik farqda muhit va nasliylikning nisbatan ta’sirini aniqlash hisoblanadi.
Odamlarning o’zgaruvchanliklari muhit va nasliylikning o’zaro aloqasi sabablidir. Individning bir avlodni ikkinchisiga axborotlarni berilishi nasliylik deb ataladi. Organizmning hamma genlari to’planishi genotip deb ataladi.
Fenotip – genotip va muhitni tashqi natijasida yuzaga keladigan butun hayoti davomida shakllanadigan individning tashqi namoyon bo’lishi (konstitutsiyasi, hulqi, xususiyatlari va boshqalar).
Odamlarning venotiplardagi farqi inson individlari individual turlari ko’rinish xisoblanadi. Psixogenetikada muhit tushunchasi bo’lganidan ko’ra ancha keng. Psixologiyada ijtimoiy iqtisodiy, madaniy va shaxsning rivojlanishi ijtimoiy psixologik sharoiti tushuniladi.
Psixogenetikada esa «muhit» tushunchasi har qanday tashqi ta’sirlar kiradi. (fizik va biologiyadan tortib to ijtimoiy madaniygacha).
Psixogenetika mazmuni bo’yicha individlarni ifodalovchi psixologik o’zgaruvchanlik variativligini determinantsiyasini genetik metodlar bilan o’rganadi. Xulqining xususiyatlarini muhitni va genetik determenantlar bilan bo²liqligi sababliligi sifatida talqin qilinadi.

Genetik determinantlar



  • Xulqning individual

xususiyatlari
Muhitli determenantlar

Individual psixologik xususiyatlar individning rivojlanishiga genomlar va muhitning tashqi oqibati sifatida qaraladi. SHu bilan birga psixologik emas balki genetik muammolar hal qilinadi: individual psixologik belgilarini, hamda ularning bu belgilarni rivojlanishini determinantsiyasini nisbatan ishtirokini aniqlovchi genetik va muhitli determinantlarini aniqlashdan iborat.


Muhit, genotip va fenotip o’rtasidagi sababli bog’liqlik mavjudligi yaqqol bo’lgani uchun psixologik tadqiqotlardan farqli ravishda psixogenetik tadqiqotlarda korrelyatsion bog’liqliklarini, sababli bog’liqliklardan ajratish muammosi hal etilmaydi. Bu korrektsion o’tish tadqiqotlari natijalarini sabab oqibatli aloqalar sifatida tashkil qilish uchun shart-sharoit yaratadi. Inson psixogenetikasida tajriba o’tkazish mumkin emas: faqatgina Ye.Zamyatinaning «Biz» antiutopiyasida yoki T.Kampanellani «quyosh shaxri» utopiyasida turli fenotipli odamlarni chatishtirish mumkin. Egizaklarning ota-onalari tajriba olib boruvchining egizaklarni bir-biridan ajratish yoki ulardan birini madaniy kambag’al muhitda joylashtirish taklifiga rozi bo’lishlariga ishonish qiyin. Umuminsoniy etika odamda psixogenetik tadqiqotlar faol usullaridan foydalanishni ta’qiqlaydi. Har qanday psixogenetik tadqiqotni bizni psixogenetik darsliklarida ko’rsatilgani kabi kvazieksperiment sifatida qarash mumkin emas. Psixogenetika muhitni kuzatish (ko’pincha korrektsion tadqiqotdeb ataladi) metodi ko’plab vaziyatlardagi, hamda ex-post-facto (kvazieksperiment varianti) tajribalaridan foydalanadi. Ajratilgan egizaklar va asrab olingan bolalar metodlarini ularga kiritish mumkin bo’ladi. Psixogenetikada faqat bittagina metodik uslubni tajriba usuli deb atash mumkin. Bu nazorat egizaklari metodi. Psixogenetik metodlar tizimini yanada chuqurroq ko’rib chiqamiz. Bu bo’limda psixogenetikada tadqiqotlarni faqat rejalashtirish haqidagina gap boradi. Psixogenetik tadqiqotlar ma’lumotlarini statistik ishlab chiqish va modellashtirish metodlari ko’rib chiqilmaydi.
Psixogenetik metodlar tizimiga quyidagilar kiradi:

  1. Geneologik metod (naslini analiz qilish)

  2. Egizaklar metodi (turli modifikatsiyalarda)

  3. Oilaviy metod (oila ichidagi korrelyatsiyalar metodi)

  4. Asrab olingan bolalar metodi

Ularni birma-bir ko’rib chiqamiz.
Geneologik metod 1869 yilda F.Galьton tomonidan taklif etilgan. Undan ko’pincha kasalliklarda nasliylikning ta’sirini aniqlash uchun tibbiyot genetikasida foydalaniladi. Lekin F.Galьton tomonidan undan dastavval iste’dodning nasliyligini o’rganish uchun foydalanilgan. Diskret sifatli belgilari (misol uchun rangni ajratib ko’rishda anomaliyani) o’rganilganda geneologik metodni qo’llash qulay bo’ladi. Galьton buyuk iste’dodni sifatni diskret belgi deb hisoblagan. Bugungi kunda ko’pchilik tadqiqotchilar psixologik belgilar poligenetik nasliylikka ega. Ya’ni ularning determinantsiyasiga ko’plab genlar ta’sir ko’rsatadi deb hisoblaydilar. Galьtonning dastlabki genetik g’oyasi ancha oddiy bo’lgan qarindoshlik qanchalik yaqin bo’lsa ma’lum genetik determinantsiyalashgan belgilari bo’yicha odamlar shunchalik bir-biriga o’xshash bo’ladilar (ota-onasi – bola, ukalari). Birinchi darajali qarindoshlikdagi qarindoshlar 50% gacha umumiy genlarga ega bo’ladilar. qarindoshlilik darajasi kamaygan sari o’xshashlik kamayadi.
Geneologik daraxtlarni tuzishda ikkita printsipga amal qilinadi:

  1. Birinchi darajali qarindoshlikning albatta mavjudligi;

  2. qarindoshlarini iloji boricha kenroq qamrab olish;

Birinchi printsip majburiy, ikkinchisi tavsiya etiladi. 1931 yilda qarindoshchilikni ramziy tasvirlash uchun metodika (geneologik daraxt) taklif etildi. qarindoshchilikni analiz qilish afsuski muhitli va genetik tashkil etuvchilarni belgini determinantsiyasiga ta’sirni aniq ajratish imkonini bermaydi. CHunki, muhitni tashkil etuvchining hech ham nazorat qilib bo’lmaydi.
Genli – muhitli o’zaro aloqalar turlardan biri individni rivojlanishi muhit sharoitlarga genotipning mos kelishi hisoblanadi. Misol uchun musiqaga iste’dodi bo’lgan bolalar musiqachilar oilasida tug’ilishi mumkin (Baxlar oilasi) yoki matematik intellektli bola matematiklar oilasida tarbiyalanishi mumkin. Demak, individual isde’dodi rivojlanishi darajasiga genetik va muhit ta’siri ulushini ajratish mumkin emas. Genetik tadqiqotlar bilan qatorda genotip va muhitning o’zaro aloqalarini aniqlovchi intellektual an’analar avlodga berilishi «madaniy tadqiqotlari» ham mavjuddir. SHu bilan bir qatorda nasliylik har xil turga ega bo’lgan diskret belgilar haqida gap borishi mumkin. (dominant, retsessiv, jinsi bilan bog’liq). Bunday individual psixologik belgilari mavjud emas. qarindoshchilikni analiz qilish metodini past-ichki validligidan psixologik tadqiqotlarda foydalanish imkonini cheklaydi. Ammo Rossiyalik genetik V.P.Efronmson undan iste’dodni genetik determinantsiyasi va alьtruizmga layoqatni aniqlash uchun undan foydalanadi. Ichki validlikning buzilishi yana bir manbai utovirning darajalanmaganligidir. Geneologik daraxt «proband» deb ataluvchi ma’lum belgi tashuvchiga nisbatan quriladi. Demak, geneologik metod alohida bir holatlarni o’rganish metodining bir varianti kiritilishi mumkin.
Oilaviy tadqiqotlar psixogenetik metodikalarning ancha rivojlangan shakli hisoblanadi. Bu tadqiqotlarda bir necha avlodlarga va bir avlodga taalluqli qarindoshlar taqqoslanadi.
Oilaviy tadqiqotlar korrelyatsion tadqiqotlarning bir turiga kiradi. O’lchash tanlovga radiolizatsiya yo’li bilan amalga oshiriladi. Tanlov elementlari bir necha avlodlar vakillaridan iborat oila hisoblanadi.
Oilaviy tadqiqotlarni faqat sifatli diskretlarni balki poligenetik nasliylikka ega o’zluksiz sonli belgilarini o’rganish uchun ham qo’llash mumkin.
Tadqiqotlar davomida o’zgaruvchining o’lchanadigan bog’liqligi psixologik belgisi hisoblanadi, bog’liq bo’lmasligi esa qarindoshlar o’rtasida genetik o’xshashlik ulushidir. qarindosh aka va opalar umumiy genlarining yarmiga ega bo’ladilar. Turli nikohlardan bo’lgan bolalar to’rtdan biriga (amakivachcha, xolavachcha, aka-opalar kabi).
Psixogenetik oilaviy tadqiqotlar ma’lumotlarini tushuntirishida bir qator qiyinchiliklar mavjud. Ayniqsa ota-onalar va bolalarni solishtirishda:

  1. Genotipning yoshi bilan bog’liq bo’lgan psixik belgilariga ta’sirini.

  2. Turli yoshdagi shaxslarni diagnostika qilishga mo’ljallangan metodikalar bir-biriga o’xshash bo’lmasligi mumkin.

Bu belgining qo’shimcha dispersiyasi paydo bo’lishiga va korrelyatsiya koeffitsientlarining pasayishiga olib keladi. Bu xatolarni hisobga olish uchun longityud oilaviy tadqiqotlar hamda kechiktirilgan test sinovlari o’tkaziladi: avval ota-onalari test sinovlaridan o’tkaziladilar, bolalar esa yoshi ulg’aygandan keyin test-sinovidan o’tkaziladi.
Asrab olingan bolalar metodi psixogenetikaning eng valent metodi hisoblanadi. Bu genetik va muhitli omillarning ta’sirini alohida nazorat qilishning yagona usulidir. Metodning g’oyasi oddiy.
Ba’zi onalar o’z bolalaridan voz kechadilar, ularni boshqa odamlar o’zlariga bola qilib oladilar. Bola asrab olish harakatlari rivojlangan mamlakatlarda yuridik va tibbiy tekshiruvlardan o’tkaziladi. SHuning uchun genetik ota-onalarning xususiyatlari va ularning birgalikdagi yashash sharoitlari ham va asrab oluvchi oila hayoti tarzi ham ma’lumdir.
Birinchi ota-onalarga 50% genetik o’xshash bo’lgan lekin ular bilan umumiy muhitda yashamaydigan asrab olgan ota-onalari bilan ular umumiy genlarga ega emas edilar, lekin umumiy muhitda yashaydilar. Agarda bolalar tug’ilgan paytda yoki birinchi oylarida asrab olingan bo’lsa unda birinchi oilada olgan muhitli ta’sirlarini hisobga olmasa bo’ladi. Demak, genetik ota-onalari va bolalarning psixologik xususiyatlari ancha yuqori korrelyatsiyasi genotipli ta’sirini ko’rsatadi. Asrab olingan ota-onalar va bolalarning katta korrelyatsiyasi esa kuzatiladigan belgilari bo’yicha individual farqiga muhitning ta’sirini ko’rsatadi.
Tekshirish uchun birgalikda yashovchi ota-onalar va bolalardan foydalaniladi.
Biologik ota-onalarning ajralgan bolalari bilan o’xshashliklari belgining nasliyliklari va xosilni beradi. Asrab olingan bolalarning ularni asrab olgan ota-onalari bilan o’xshashliklari esa muhitning ta’sir kuchini ko’rsatadi. Asrab olingan bolalar metodini to’la variantda solishtirish sxemasi sinaluvchilar quyidagi guruhlarni o’z ichiga oladi:

  1. Biologik ota-onalari

  2. asrab olingan siblinglar

  3. muhitli ota-onalari

  4. genetik plyus muhitli ota-onalari (oddiy oila)

  5. Oddiy oilada oddiy siblinglar.

  6. Oila tomonidan asrab olingan qarindosh bo’lmagan, asrab olingan bolalar.

Oxirgi guruh individual – psixologik belgilarga muhitning «sof» ta’siri haqida ma’lumotni beradi, CHunki ularda oilaviy muhit bitta, umumiy genlari esa yo’q.
Asrab olingan bolalar metodidan foydalanuvchi tadqiqotchining asosiy vazifasi populyatsiya harakteristikasini yaxlit reprezitentsiya qilingan, asrab olingan bolalar oilalarini tanlab olish hisoblanadi. Bunda g’alati bir hodisa ko’zatiladi: bolani qabul qilib olgan oilada yaratib berilgan yaxshi muhitda IQ bolalar agarda biologi kota-onalari toksik intellektga ega bo’lmagan bo’lsalar yuqori ko’rsatkichlar tomon siljiganlar va biologi kota-onalari past intellektga ega bo’lgan bo’lsalar past ko’rsatkich tomon siljiganlar. Bu metodning cheklanishlari juda kattadir: boladan voz kechgan ayol bu alohida guruhdir, tadqiqotchilar uni hisobga olishlari kerak.
Bundan tashqari o’zining va asrab olgan ota-onalarning xususiyatlari o’xshashliklarini ham kuzatish kerak, ularning natijalariga ta’sir etishi mumkin. Ko’pchilik tadqiqotchilar bolaning individual psixologik rivojlnishiga prenatalь ta’sir ko’rsatishi ahamiyatini ko’rsatadilar. Bola qorinda ichidagi ta’sir muhit omili hisoblanadi va boladan voz kechgan ona va bola o’rtasidagi o’xshashlik, genetik omilga sabab bo’lishi mumkin emas. Z.Plomin (Plomin R 1980) «bola - genetik ona» juftliklarini «bola – genetik ota» juftliklari bilan korrelyatsiyalarini taqqoslash bilan prinatalь ta’sirlarini omilini nazorat qilishni tavsiya etadi. CHunki, ota va ona -bola geniga teng hissalarini qo’shadilar (50% dan) bolani esa ona tug’adi. Korrelyatsiyalardagi farqi fenotipik belgiga prinatalь ta’sir ko’rsatishlarning mavjudligi yoki yo’qligini ko’rsatadi.
Egizaklar metodi. Egizaklarning tug’ilishi – tabiat tomonidan amalga oshirgan tajribadir. Egizaklar metodi 1924 yili F.Galьton tomonidan taklif etilgan. Uning o’zi egizaklar tadqiqotlari ma’lumotlarini tushuntirish sxemasini ishlab chiqqan. Psixogenetikada bu metod eng ko’p tarqalgan metoddir. Egizaklar psixogenetik tadqiqotlar uchun ideal ob’ekt hisoblanadi.
Monozigot (MI) va dizigot (DI) egizaklari farq qilinadilar. Dizigot egizaklar yoki ikki bola tug’ilishi agarda ovulyatsiya davrida onada ikkita yoki undan ko’p tuxumdonlari bir vaqtda yetilgan bo’lsa sodir bo’ladi.
Agarda ayol bu davrda bir necha erkaklar bilan aloqa qilgan bo’lsa, bolalar turli otalardan bo’lishi mumkin. Genetik mazmunda dizigot egizaklar qarindosh akalar va opalardan xech farq qilmaydi.
Monozigot egizaklar ikkita msustaqil organizmga ajralgan bitta zigotlardan (tuxumdonni tuxumdor qismi) paydo bo’ladilar. Ular 100% bir xil genlarga ega bo’ladilar. Dizigot egizaklar monozigot egizaklardan ko’ra ikki barobar ko’p tug’iladi. Tug’ilish ko’pligi ota-onalarning ijtimoiy roli, etnosi yashash joyiga bog’liq bo’ladi. Egizaklarni tug’ilishi unchalik kam uchraydimgan holat bo’lganligi uchun egizaklar bilan tadqiqotlar o’tkazish uchun sinovda ishtirok etuvchilar yetarli: dunyoda bugungi kunda 60 million egizaklar yashamoqda. Egizaklar juftlari o’rtasidagi o’xshashliklar genotip va umumiy muhit bilan belgilanadi. Monozigot va dizigot egizaklar uchun umumiy muhit bir xil, genotiplari esa turlicha: MZ egizaklarining genotiplari o’xshashligini 100%, DZ egizaklar uchun esa 50%, MZ va DZ egizaklar juftliklari ichidan korrelyatsiyani taqqoslab muhitni genotipga va muhitni u yoki bu belgisiga rivojlanishiga ta’sir kuchini aniqlash mumkin. Egizaklar metodini aniqlashda qo’llashda asosiy muammo tanlanishni shakllantirish va MZ va DZ egizaklarni tanlab olish,fenotipik kursatkichlari buyicha dizigot egizaklarni monozigot egizaklardan ajratishga imkon beruvchi metodikaga ega bulish kerak.1924 yilda G.Simens (Siemens N. 1927) ko’plab parametrlari asosida alohida (polisimptomatik metod) egizaklar juftligi ichidan o’xshashlikni baholash va ularni yoki monozigot yoki dizigot egizaklarga ajratilsha imkon beruvchi zigotligini baxolash metodini taklif etadi.
Egizaklar metodi ikkita asosiy sharoitlarga asoslanadi:

  1. DZ juftligi uchun ham MZ juftligi uchun ham rivojlanish muhiti bir xilda.

  2. alohida tug’ilganlar va egizaklar o’rtasida muhitdagi farqlar yo’q.

Birinchi shartli bo’zilishi ichki valentlikka ta’sir ko’rsatadi. CHunki muhit ta’sirigina farqi misol uchun (misol uchun ota-onalarini egizaklar har biriga turlicha emotsional munosabatlari) muhit va genetik omillar ta’siri birlashishiga ta’sir ko’rsatishi mumkin.
Ikkinchi shart tashqi validlikni belgilaydi. Agarda u bo’zilsa, egizaklarda olingan xulosalarni umumiy turga ko’chirish mumkin bo’lmaydi. Egizaklar tadqiqotlari rejasi ikki omilni reja variantidan iborat bo’ladi:

  1. nasliylik – 2 gradatsiyaga ega (MZ egizaklarda 100%lik va DZ egizaklarda 50% o’xshashlik) omil va

  2. muhit (bu omil bo’yicha guruhlar teng sharoitdalar)

Egizaklar metodining bir necha turlari mavjud. Ulardan asosiylari quyidagilardan iborat.



  1. An’anaviy egizaklar metodi

  2. Ajratilgan egizaklar metodi.

  3. egizakli oilalar metodi.

quyidagilari yordamchi turlarga kiradi:



  1. Egizaklarni egizak bo’lmagan bilan taqqoslash

  2. Bir o’zi bo’lgan egizaklarni o’rganish.

  3. Egizaklarni juft sifatida o’rganish.

An’anaviy egizaklar metodi aytib o’tilganidek mono va dizigot egizaklarni taqqoslash ko’zda tutiladi.
MZ va DZ egizaklar juftliklaridagi korrelyatsiyani bir marotabalik taqqoslash yo’li bilan xulqi xususiyatlari determenantsiyasiga nasliylik va muhitning xissasini nisbatlari aniqlanadigan hamda egizaklar bir jufti o’zoq vaqt davomida o’rganiladigan longityud varianti to’zilishlarini ko’rsatish mumkin.

Y.ILMIY BILISHNING SHAKLLARI.





Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin