O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi.
3.2. Ekperiment o’tkazishning umumiy masalasi hamda eksperimentator, uning shaxsi va faoliyati Psixologiya fanida eksperiment metodining tabiati to’la-to’kis tugallangan tavsiyalardan iborat yo’riqnoma deyarli yo’q va bo’lishi ham mumkin emas. Buni bir martadayoq butunlay o’rganib bo’lmaydi.
Eksperimentni o’tkazish bir vaqtning o’zida o’ta murakkab va shu bilan birga qiziqarli, ijodiy jarayondir. Eksperimentni o’tkazish tadqiqotchidan professional tajribalar madaniyatliligidan va o’tkazish san’atidan xabardor bo’lishligini talab etadi. Har qaysi eksperimentning muvaffaqiyati psixologik tadqiqotni o’tkazishda quyidagi talablarni amalga oshirishni taqozo etadi.
Eksperimentni rejalashtirish:
tadqiq qilinayotgan psixologik faoliyatga ta’sir etuvchi omillarning ko’pligini hisobga olish;
ushbu psixologik faoliyatga kompleks ta’sirni tahlil qilish;
echimini kutayotgan masalalarning murakkabliligini hisobga olish;
beriladigan xulosalarning oqibatini chamalab ko’rish;
psixologik faoliyatning matematik statistik va taxminlar nazariyasi metodlari yordamida amalga oshiriladi.
Eksperimentning kelajak taqdiri aynan rejalashtirishga bog’liq bo’lib, eksperimentning mantiqiy va xronologik sxemasini tuzishga, sonini belgilash va zaruriy o’lchovlar miqdorini belgilashga imkon beradi. Bundan keyin matematik tahlil qilish rejasini ishlab chiqish, o’lchovlarni tanlash uchun va keyingi strategik belgilashga yordam beradi.
Tashqi muhitning ta’sirini maksimal o’rganib chiqish maxsus moslashtirilgan xonalar bo’lishini (laboratoriya) talab qiladi. Laboratoriya tashqi shovqin-suronlardan holi bo’lib, shovqin o’tkazmas xona hisoblanadi. Bu xona sanitar-gigienik, injener, psixologik talablarga mos bo’lishi shart.
Texnik jihozlanish (apparatura) eksperimentni aniq tashkil qilishga imkon beradi. Lekin qo’yilgan ilmiy vazifalarni amalga oshirishning muvaffaqiyati texnik vositalarning masalasiga bog’liq bo’ladi.
4. Tekshiriluvchilarni saralash, tadqiqotning vazifalari va metodikasidan kelib chiqadi. O’rganilayotgan jarayonga nisbatan tekshiriluvchilarni deyarli sifat harakteristikasi jihatidan bir xili saralanadi.
Tekshiriluvchining tadqiqotga, eksperimentga bo’lgan munosabati motivatsiyasi, emotsional reaktsiyalari ham o’z ta’sirini o’tkazadi. Inson faoliyatining samaradorligi nafaqat uning potentsial qobiliyatlari va bor imkoniyatlariga bog’liq bo’ladi, balki motivlarining kuchi, hohishiga ham bog’liq bo’lib, bu narsa uni konkret faoliyatga undaydi. Motivatsiyaning ortib borishi "emotiv xulq-atvorni" keltirib chiqaradiki, ya’ni bajarish faolligini u yoki bu miqdorda buzilishiga olib keladi. (nazorat susayadi, hatti-harakatlar stereotip ravishda sodir bo’ladi, o’qish faoliyati sekinlashadi va hokoza). Xususan, bajariladigan ish qanchalik murakkab bo’lsa, shunchalik u sababsiz inqirozga yuz tutaveradi.
Ba’zi holatlarda eksperiment darajasida tekshiriluvchining sezish kuchi ortib ketadi (sensibilizatsiya), chunki bunga sabab psixologik sharoitlarning o’zgarishidir: tekshiriluvchiga beriladigan vazifani qaytadan o’zgartirib berish, qo’zg’atuvchining harakteri boshqacha bo’lib qolishi va hokazo.
qanday bo’lmasin tadqiqotchi psixolog shunga ishonishi kerakki, individual motivatsiyalarning darajalari orasida farq deyarli katta bo’lmaydi va umumiy natijalar xarakterga ta’sir qilmaydi.
5. Tadqiqotchi har qanday eksperimentning borishida bevosita va faol ishtirokchi hisoblanadi. Uning tashqi ko’rinishi, xarakteri, nutqi va xulq-atvori, temperamenti, kayfiyati va ko’pgina mayda ikir-chikirlar, tekshiriluvchilarga emotsional munosabati ham real eksperimentga o’z ta’sirini o’tkazadi. Eksperiment olib boruvchi odatda yo’riqnomani yoddan bilishi kerak va ayniqsa, eksperiment o’tkazishdan avval o’zi ustida tadqiqot o’tkazib sinab ko’rishi kerak. Bu esa foydadan holi emas.
Temperament darajasida tadqiqotchi o’zini erkin xotirjam, o’ta hushyor tutib eksperiment bosqichlarini yaxshi bilishi kerak. Eksperiment jarayoniga esa neytral pozitsiyada turadi.
Ba’zi hollarda galeeffekt hodisasi ham ko’p uchraydi, ya’ni olingan natijalarga tadqiqotchi o’zining gipotezasini tasdiqlashishi uchun ayrim o’zgarishlar kiritadi.
6. Tekshiriluvchilarning diqqatiga qaratilgan instruktsiya ham eksperimentning muhim qismi hisoblanadi. Aynan instruktsiya tekshiriluvchini tadqiqot vazifasi bilan tanishtirib, unga aniq ustanovka beradi va uning faoliyatiga aniqlik kiritadi. Yo’riqnoma yaqqol, qisqa va bir ma’noda bo’lishi kerak. qolaversa, yo’riqnoma tekshiriluvchining motivatsiyasiga ham ta’sir etib, tadqiqotga ijobiy munosabatni shakllantirishi shart.
An’anaviy tabiiy ilmiy eksperiment normativ nuqtai nazardan nazariy qaraladi: agarda tajriba sinovlari vaziyatdan tadqiqotchini chiqarib tashlab va uni o’rniga avtomat bilan almashtirilganda, tajriba ideal bo’lishi mumkin edi.
Afsuski, yoki baxtimizga inson psixologiyasi bu ishni amalga oshirib bulmaydigan fanlarga kiradi. Demak, psixolog har bir eksperiment o’tkazuvchi uchun, shu jumladan uning o’zi ham – odam va odamga xos bo’lgan hamma xislatlar unda ham borligini hisobga olishga majbur. Birinchi navbatda – xatolar, ya’ni tajriba qoidasini bilmagan holda chetlashish, tushunib turib aldash, natijalarni buzib ko’rsatishlarni bu yerda o’rganib chiqmaymiz. Xatolar bilan ish cheklanmaydi – ularni ba’zan tuzatish mumkin. Tajriba o’tkazuvchining tajribalar borish vaziyatiga ta’sir ko’rsatishi va xulqini tushunmagan holda psixik boshqarishi oqibati hisoblangan xulqi barqaror tendentsiyasi esa-bu boshqa narsa.
Eksperiment, shu jumladan psixologik tajriba har qanday boshqa tadqiqotchi tomonidan takrorlanadigan bo’lishi kerak. SHuning uchun uni o’tkazilishi sxemasi(tajriba qoidasi) maksimal darajada ob’ektivlashtirilishi kerak bo’ladi, ya’ni natijalarni takrorlash tajriba o’tkazuvchining mahorat bilan professional harakatlariga, tashqi vaziyatlarga yoki xodisalarga bog’liq bo’lmasligi kerak.
Faoliyatli yondashish nuqtai nazaridan, tajriba bu -sinaluvchining psixikasi xususiyatlarini aniqlash uchun uning faoliyati sharoitlarini o’zgartirib sinalayotgan odamga ta’sir ko’rsatuvchi tajriba o’tkazuvchining faoliyati. Eksperiment amallari eksperimentatorning faoliyati darajasi bo’lib xizmat qiladi: u sinovdan o’tuvchining ishini tashkil etadi, unga topshiriq beradi, natijalarni baholaydi, tajriba sharoitlarini o’zgartiradi, sinovdan o’tuvchining xulqini va uning faoliyati natijalarini qayd etadi va boshqalar.
Ijtimoiy nuqtai nazardan tajriba o’tkazuvchi rahbar, o’qituvchi, o’yin tashabbuskori vazifasini bajaradi, sinovda ishtirok etuvchi esa bo’ysunuvchi, bajaruvchi, o’quvchi, boshqariladigan o’yin ishtirokchisi sifatida bo’ladi.
Eksperiment sxemasi, agarda uni eksperementator faoliyati sifatida qaraydigan bo’lsak, neobixeviorizm modeliga mos keladi: stimul - oraliq o’zgaruvchilar – reaktsiya. Eksperementator sinaluvchiga topshiriq beradi, sinaluvchi(oraliq o’zgaruvchi) ularni bajaradi. Agarda tadqiqotchi o’zining gipotezasi tasdiqlanishidan(yoki noto’gri tasdiqlanishi) manfaatdor bo’lsa, u faqat tajriba guruhlari uchun alohida sharoitlarni yaratib, sinaluvchi «gipotezani tasdiqlash uchun ishlashiga» erishib tajribalar borishi va ma’lumotlarni tushuntirishni bilmagan holda ko’rsatilishi mumkin, tajriba o’tkazuvchining bunday harakatlari – affektlar manbaidir. Amerikalik psixolog R. Rozentalь bu hodisani grek afsonasi personaji nomi bilan «Pigmalion hodisasi»deb ataydi.(Haykaltarosh Pigmalion ajoyib qiz Galateyaning haykalini yasaydi. U shunchalik go’zal ediki, Pigmalion Galateyaga oshiq bo’lib qoladi va xudolardan haykalga jon berishlarini iltijo qilib so’raydi. Xudolar uning iltijolariga quloq soladilar va qizga kiradi.)
Nazariyasi tasdiqlanishidan manfaatdor bo’lgan tadqiqotchi o’zi bilmagan holda, bu nazariya tasdiqlanadigan harakatlar bajaradi. Bu hodisani kuzatish mumkin bo’ladi. Buning uchun tadqiqot o’tkazishga uning maqsadlarini va gipotezalarini bilmaydigan tadqiqotchi-asissentlar jalb etiladi. To’la nazorat qilib borish – tajriba muallifi gipotezasiga tanqidiy munosabatda bo’lgan boshqa tadqiqotchilar tomonidan natijalarni qayta tekshirish. Ammo bunday holatlarda biz artefaktlardan holi bo’lmasligimiz mumkin – tajriba muallifi kabi nazoratchilar ham xato qilishlari mumkin.
Tajribalar o’tkazilishi amallari bir xil, tajriba o’tkazuvchilar esa teng ravishda beg’araz va malakalilar, degan fikrdan iborat 1960 yilgacha xukmronlik qilgan amerikalik psixologlar nuqtai nazarini N.Fridman ilmiy afsona deb aytadi. Tadqiqotchilar betaraf, beg’araz emaslar: ular tadqiqot natijasini har xil kuzatadilar, qayd etadilar va baholaydilar.
Asosiy muammo – tadqiqotchilarning motivatsiyalaridagi farqdir. Agarda ularning hammasi yangiliklarni bilishga intilsalar ham bilib olish yo’llari, vositalari maqsadlari haqidagi tasavvurlari ularda farq qiladi. Bundan tashqari, tadqiqotchilar ko’pincha turli etnomadaniy jamoalarga taaluqli bo’ladilar. Lekin shu bilan birga tadqiqotchilar «ideal sinovda ishtirok etuvchi» kerakli psixologik sifatlar to’plashiga ega bo’lishi zarur: itoatkor bo’lishi, farosatli, tadqiqotchi bilan hamkorlikka intiluvchi; ishchan, do’stona munosabatli, negativizmdan holi bo’lgan va muloyim bo’lishi kerak. Ijtimoiy psixologik nuqtai nazardan «ideal sinovda ishtirok etuvchi» modeli ideal buysunuvchi yoki ideal o’quvchi modeliga to’la mos keladi.
Aqlli tadqiqotchi bu orzuni amalga oshmasligini yaxshi tushunadi. Ammo tajriba sinaluvchining xulqi kutilganidan chetlansa, tadqiqotchi sinaluvchidan jahli chiqadi.
Pigmalion hodisasining aniq ko’rinishlari qanday?
Tadqiqotchining tahminlari uni sinaluvchining xulqini modellashtiruvchi, anglanmagan holdagi harakatlarga olib kelishi mumkin, tadqiqotchi shaxsini tadqiqotlar borishiga ta’siri muammosi bo’yicha eng mashhur mutaxassis hisoblangan Rozentalь tadqiqotchining tajriba natijasiga ta’sir ko’rsatishini aniqlanganligini ko’rsatadi: o’qitish bilan tajribalarda, qobiliyatlarini diagnostika qilishda, psixofizik tajribalarda, reaktsiya vaqtini aniqlashda, proektiv testlarni (Rorshax testi) o’tkazishda, mehnat faoliyatini laboratoriya sharoitida tekshirishda, ijtimoiy pertseptsiyani o’rganishda ko’rinadi.
Tadqiqotchining kutishlari qanday qilib sinaluvchiga o’tadi?
Ta’sir ko’rsatish manbai – anglab yetishmaydigan ko’rsatmalar bo’lgani sababli ular anglab yetilmagan holda, boshqariladigan tadqiqotchining xulqi ko’rsatkichlarida namoyon bo’ladi. Bular birinchi navbatda mimika va qo’l harakatlaridir(boshini qimirlatishi, kulishi va boshqalar), ikkinchidan sinaluvchiga ta’sir ko’rsatish «paralingvistik» nutqiy ta’sir ko’rsatishlar muhim ahamiyatga ega bo’ladi, ular quyidagilar: instruktsiyani o’qishda ovoz ohangi, emotsionnalligi, ta’sirchanligi. Jonivorlarda tajriba o’tkazishda tadqiqotchi anglamagan holda ular bilan munosabat usullarini o’zgartira olmaydi.
Tadqiqotchining ta’siri ayniqsa, tajribaga kuchli bo’ladi: sinaluvchilarning tanlab olishda, ular bilan birinchi suhbat, yo’riqnomani o’qib berish chogida, tajriba davomida tadqiqotchining sinaluvchining harakatlariga ko’rsatadigan munosabati katta ahamiyatga ega bo’ladi. Tajriba tadqiqotlari ma’lumotlari bo’yicha, bu munosabat sinaluvchi faoliyati mahsuldorligini oshiradi. Bu bilan tadqiqotchi sinaluvchining tajribada dastlabki ko’rsatmasini yuzaga keltiradi va o’ziga munosabatini shakllantiradi.
Ma’lumki, aynan «birinchi taasurot natijasi» yaratilgan obrazga mos kelmaydigan hamma axborotlar tasodif sifatida chiqarib tashlanishiga olib keladi.
Tadqiqotchining kutganlari tajriba natijalarini yozib borishida ham ta’sir ko’rsatadi. Masalan, Kennedi i Upxoff (Kennedy J. L. Uphoff H. F. 1936) tajriba natijalarini yozib borishda tadqiqotchining xatolarga yo’l quyishiga uning munosabati ta’sir ko’rsatishini aniqlagan. Tajriba «telepatiya fenomeni»ni o’rganishga bag’ishlangan edi. Telepatiyaga ishonuvchi va ishonmaydigan odamlar teng sonli ikkita guruhlari ajratib olinadi. Ulardan boshqa bir sinovda ishtirok etuvchi yuborgan «telepatik xabar»ning mazmunini sinaluvchi topishga harakat qilishi natijalarini yozib borishni suraydilar.
Telepatiyaga ishonuvchilar javobni topishlar sonini o’rtaga 63%ga oshirdilar, ishonmaganlar esa to’gri javoblar sonini 67%ga kamaytirdilar.
Rozentalь natijalarni kutishni tajriba natijalarini qayd etishga ta’sir ko’rsatishi muammosi bo’yicha 21ta ishni o’rganib chiqadi. Natijalarni yozib olishdagi xatolarning 60% tajribalar gipotezasini tasdiqlashga intilish sababligi aniqlandi. Boshqa kuzatuvlar (36ta ishlar)da ham bu holat tasdiqandi. Kutishning ta’siri faqat odamlar harakatining natijasini qayd etishda emas, balki jonivorlarda tajribalar o’tkazishda ham namoyon bo’ladi.
Rozentalь quyidagi tadqiqotni amalga oshiradi. U bir nechta tadqiqotchilardan tajriba davomida kalamushlarning harakatlarini qayd etib borishni suraydi. Tadqiqotchilar bir guruhga maxsus ishlab chiqilgan «alohida aqlli kalamushlar» yo’nalishi bo’yicha ishlashlari aytiladi. Boshqa guruhga ularning kalamushlari «alohida aqlsiz» deb aytiladi. Aslida esa hamma kalamushlar bir xil bo’lgan va hech bir qobiliyatlari bilan farq qilmas edi.
Natijada kalamushlar xulqiga kutilgan baholar tadqiqotchilarga berilgan ko’rsatmalarga mos bo’lib chiqdi.
L. Berger sinaluvchining faoliyati natijalarini baholashda tadqiqotchining xatolari quyidagi turlarini ko’rsatadi:
1.Juda yuqori natijalarni pasaytirib ko’rsatish. Bunga sabab tadqiqotchining sinaluvchi ko’rsatkichlarini anglamagan holda o’zining natijalariga «bog’lashga» intilishi hisoblanadi. Past baholarni oshirib yuborishlari ham mumkin. Har qanday holda ham shkala o’zgartiriladi va siqiladi, chunki yuqori, past natijalar o’rtasiga yaqinlashtiriladi.
2.CHetki natijalardan(past natijalardan ham va yuqoridan ham) qochish, bari-bir o’sha natijalarni beradi, ya’ni o’rtadan yuqori guruhlashtirish.
3.Sinaluvchining ushbu xususiyati yoki seriyadagi birorta topshiriq ahamiyatini oshirib yuborish. Bu ko’rsatma orqali shaxslarni va topshiriqni baholash amalga oshiriladi.
4.SHunga o’xshash holat, lekin natija qisqa vaqtli, bunda tadqiqotchi uchun muhim bo’lgan sinaluvchi shaxsi hislatni ko’rsatilishidan keyin keladigan topshiriqqa alohida e’tibor beriladi.
5.SHunga o’xshash holat, lekin baho shaxsning u yoki bu xususiyatlari qarama - qarshi qo’yish yoki aloqadorligi haqidagi kontseptsiyaga asoslanadi.
6.Aniq bir sinaluvchi bilan emotsional bog’liq xodisalar ta’siri sababli xatolar.
Albatta «Pigmalion xodisasi» mavjud, lekin u qay darajada ahamiyatga ega? Balki qator hollarda natijalarni tushuntirishda ularni hisobga olmaslik mumkindir? Bu xususida turlicha fikrlar mavjud. Kamida uchta nuqtai nazarni ko’rsatish mumkin:
Birinchisi: Rozentalь universal ta’sir ko’rsatish hollari agarda ularda tasodifiy bo’lmagan hollardan ko’ra 7 barobar ko’p bo’ladi, deb ta’kidlaydi. Bu muammoga bag’ishlangan hamma ishlarning hech bo’lmaganida uchdan birida tajriba natijasiga tajriba o’tkazuvchining ta’siri Rq0,95 ahamiyatlilik darajasida aniqlangan.
Ikkinchisi: T.Barber va M.Silьverlar bu ta’sir ko’rsatish katta emas va psixologik tajriba natijasiga tadqiqotchining ta’sir ko’rsatishini aniqlashga bag’ishlangan hamma tadqiqotlar rejelashtirishda xatolar bilan hamda statistik choralarni yomon tanlash va tajribani noto’g’ri olib borishgan deb xisoblaydilar. Ular tadqiqotchilarning faqat 29%ni «Pigmalion holati»ga tadqiqotchining sinaluvchi xulqiga va uni baholashga ongsiz ravishda ta’sir ko’rsatish tendentsiyalariga beriladilar deb hisoblaydilar. Bu foiz esa Rozentalь ko’rsatganidan ancha pastligi yaqqol ko’rinib turibdi.
Uchinchi nuqtai nazarni Barber ifoda etgan: biz ta’sir ko’rsatish mumkinligini tasdiqlaymiz, lekin u aniq bir tajribadan qanday bo’lishini oldindan aytib bera olmaymiz.
Ammo tadqiqotchilar aniq bog’liqliklarni aniqlashga urunadilar. yana bir bor eslatib o’tamiz, tadqiqotchining natijalarga «buzib ko’rsatish» ta’siri haqidagi savolga javobning uchta varianti bo’lishi mumkin.
Eksperimental psixologiyaning amalga oshirib bo’lmaydigan ideali tadqiqotchining hech qachon ta’siri bo’lmaydi yoki u sezilarli emas, uni hisobga olmaslik mumkin. Haqiqatga yaqin bo’lmagan gipoteza.
Tadqiqotchining shaxsi har doim va doimiy ravishda tajriba natijasiga va borishiga ta’sir ko’rsatadi. Bunday holatda ta’sir ko’rsatish hodisasini o’rganishning muntazam xatosi – konstant, uni osongini hisobga olish va «qavs ortiga chiqarish» mumkin, deb hisoblash mumkin.
Uni ta’siri tajriba turiga, tadqiqotchining shaxsi va sinaluvchining shaxsiga qarab turlicha namoyon bo’ladi.
Hisobga olish har bir tajriba davomida relevant psixologik o’zgaruvchilar katta sonini ajratib olish va nazorat qilish murakkab masalaga aylanadi.
Bu muammoni qay bir darajada yoritib beruvchi ko’plab tadqiqotlar mavjud. Eng asosiylarini keltirib o’tamiz.
Natijalarni tadqiqotchining shaxsi turi va holati ta’sir ko’rsatadi: biosotsial sifatlari (yoshi, jinsi, irqi, madaniy-diniy, etnik mansubligi va shu kabilar); psixosotsial sifatlari (notinchlik darajasi, ijtimoiy ma’qullanish ehtiyoji, agressivligi,tajovo’zkorligi, intellekti, ijtimoiy mavqei, xushmuomaligi); vaziyatli o’zgaruvchilar(sinaluvchi bilan tanishish,kayfiyati va boshqalari).
Tajriba natijalariga va borishiga tadqiqotchining jinsi ta’sir ko’rsatishi eng aniq ko’rsatkichi aniqlandi. Misol uchun kichik yoshli bolalar har doim tadqiqotchi-ayol bilan yaxshi va jon deb ishlaydilar, katta yoshdagi sinaluvchilar esa – tadqiqotchi-erkak bilan.Bundan tashqari tajribani tadqiqotchi-erkak kishi olib borganida o’z vaziyatini anglab yetishga va yangi axborotlarni izlashga qaratilgan faol harakatlarga sinalayotganni chorlaydi, ayol- tadqiqotchilar esa «kungil ochish» istagini uygotadilar, ochiq-oydinlikka intilishni yuzaga keltiradilar, shuning uchun sinaluvchilarning xulqlari ancha emotsional ifodali bo’ladi.
Ta’sir ko’rsatish me’yorini aniq bilish ancha qiyin. Ko’pincha boshqa o’zgaruvchilar ta’sirini yo’qotish mumkin bo’lmaydi: yoshi, tutgan o’rni, do’stona munosabati va boshqalar. Misol uchun, tadqiqotchining jinsi erkak va ayollarga, boylar va kambag’allarga turlicha ta’sir ko’rsatadi. Ta’sir ko’rsatish o’zaro mavqelariga va bir-birini hurmatiga va boshqalarga bog’liq bo’ladi. U sinaluvchining tajribalarning bir topshirig’ini bajarayotganida ahamiyatga ega bo’lishi va boshqa topshiriqni bajarayotganida umuman ahamiyatsiz bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi. Bir tadqiqot davomida metodikalar to’plamini kengaytirishning iloji yo’q.
2. Tadqiqotlar predmeti bo’yicha farq qiluvchi tajribalarda tadqiqotchining ta’sir ko’rsatishi namoyon bo’lish qonuniyatlari ishonchli aniqlanmagan. Hamma tadqiqotlarni «ijtimoiy biologik» shkalasi bo’yicha tartibga solish mumkin: ijtimoiy-psixologik tajribalardan (shkaladan «yuqori») tortib to psixofiziologik tajribalargacha (shkaladan «past»). Biz o’rganayotganning psixik realligining to’zilish darajasi qanchalik «yuqori» bo’lsa, bu ta’sir ko’rsatish shunchalik ahamiyatli bo’ladi.