O’z-o’zini kuzatish metodi. XUSH-X1X asrlar empirik psixologiyasi tomonidan kamsitilgan bu metod so’nggi yillarda yana ma’lum ahamiyatga ega bo’lib bormoqda. CHunonchi, suhbat va so’roq-javob metodlarini o’z-o’zini kuzatish metodi orqali olingan ma’lumotlarsiz qo’llab bo’lmaydi. Buni suhbat va shaxsiy savol-javob o’tkazish uchun savollar tuzishda hisobga olish zarur. Lekin o’z-o’zini kuzatish, garchi psixologik tadqiqotlarning asosiy metodi bo’lmasa-da, mustaqil ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. O’z-o’zini kuzatish metodi psixik holatlarni, ya’ni tetik kayfiyatni, achchiqlanishni, ishchanlikni, kasb bilan bog’liq bo’lgan sermahsul ishlarni o’rganishda ayniqsa foydali bo’lishi mumkin.
Testlar metodi. Testlar, ya’ni ozmi yoki ko’pmi standartlashtirilgan (bir xillashtirilgan) shaxs xususiyatlarini qisqa muddatli sinash metodlari yaxshi yoki yomon asoslangan bo’lishi mumkin. Yaxshi asoslangan test – bu oldindan o’tkazilgan katta eksperimentlar natijasidir. Nazariy jihatdan asoslangan va eksperimental jihatdan muhokama qilingan testlar tadqiqotchi uchun ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etishi mumkin.
Arxiv metodi. Amerika ilmiy adabiyotlarida «Arxivlik metodi» degan atama qabul qilingan, bunday tadqiqotlarni o’tkazuvchi psixolog sinaluvchining aktual xulqini kuzatmaydi va o’lchamaydi, kundalik qaydnomalarni va yozuvlarni, arxiv materiallarini, mehnat, o’quv yoki ijodiy faoliyatini analiz qilinadi.
Sobiq sovet psixologlari bu metodni ifodalashda boshqa atamadan foydalanishdi. Ko’p hollarda uni «faoliyat mahsullarini o’rganish» yoki «praksimetrik metod» deb ifodalanadi.
Tadqiqotchi tadqiqotlar matnini, faoliyatning, predmetli mahsulotini turli xil maqsadlarda o’tkazishi mumkin. Maqsadlar joriy qilishning konkret usullarini arxivlik metodi uning xilma-xilligini ajratib ko’rsatadi.
SHaxs psixologiyasining keng yoyilishi ijodiy psixologiya va psixologiya tarixi, bir shaxsning yoki ko’p odamlar hayot yo’lining o’ziga xosligi – biografik metodning nomini oldi.
«Arxivlik metodi» xilma-xilligiga kontent-analiz texnikasi ham taalluqlidir. Kontent – analiz o’zidan yanada takomillashtirilgan va hujjatlar analizining qat’iy metodlarini namoyon qiladi. Tadqiqotchi mazmun birligini ajratib, olingan ma’lumotlarni kontifitsirovka qiladi.
Bu metod nafaqat psixologiyada keng tarqalgan, balki boshqa ilmiy adabiyotlarda ham yoritilgandir. Asosan, ko’p hollarda siyosiy psixologiyada, reklama psixologiyasi, aloqalarda foydalaniladi. Kontent – analizni ishlab chiqish G.Lassuela, CH.Osgud, B.Berelьsonlar nomi bilan bog’liq bo’lib ,ular «Kontent analiz, kommunikativ tadqiqotlar» fundamental monografiyaning muallifidir.
Kontent – analizdagi matn tahlilining standart birligi bo’lib; 1) so’zlar termini, ramz; 2) tugallangan fikr; 3) mavzu; 4) personaj; 5) muallif va 6) yaxlit holdagi yo’llanma. Ular bir birlik konteksda yanada umumiy tuzilish sifatida ko’rib chiqariladi. Kontent – tahlil ma’lumotlarini qayta ishlashning bir qancha usullari mavjud.
Oddiy matndagi u yoki bu birliklarning ko’rinish darajalarini qayd etilishidir. Tadqiqotchi bu ko’rinishlar darajasini u yoki bu birliklarini turli matnlarda qo’llab, undagi o’zgarish boshidan, to yakunlanishga qadar aniqlaydi.
«Mustahkamlik koeffitsenti» uchrashish yoki «chegaralangan og’irlik» u yoki bu birlikka xoslari ajratib qo’yiladi. Analizning ikkinchi tipi – matndagi kontent – analiz birligini matritsa qurilishidagi mujassam ko’rinishlari hisoblanadi. Bunda: Masalan: turli xil yo’llanmalarda erkinlik chastatosi A va V birlikda yoziladi.
Hamkorlikdagi to’qnashuv shartli tasodifiy ajratiladi va u Rq(AV)qR(A)xR(V).
Bir yo’llanmadagi ikki birlikni hamkorlikdagi ko’rinishlari belgilanadi.
To’qnashuvning empirik matritsasini turli birliklarini nazariy matritsa bilan taqqoslash mumkin. Bu muolaja Osgud tomonidan taklif etilgan va muloqot psixologiyasi va da’vatda keng tarqalgan.
Proektiv testlardagi natijalarni qo’llashda, suhbat materialida kontent – analizdan foydalaniladi.
Gromozdni muolajasiga qaramay, kontent – analiz ko’pgina yutuqlarga ega; tadqiqotchini sinovchini xulqiga nisbatan ta’siri ma’lumotlar ishonchliligi tekshiriladi. Bu metod tarixiy hujatlarni analizida tavsiya etish mumkin. Kontent – analiz oxirgi holda ko’p qirrali ma’lumotlar analizi, psixomantika rivojlanishida bog’lanish «ikkinchi nafas» nomini oldi.
Faoliyat mahsulotlarini analizi – metod, psixologiya tarixida, antropopsixologiya, ijodiy psixologiyada keng tarqalgan.
Ijodiylik psixologiyasida u asosiy hisoblanadi toki, ijodiy mahsulotni antiqaligi ham shundadir.
Faoliyat mahsulotlarning analizi klinik psixologlar uchun muhim materialni taqdim etadi; alohida kasallarda (SHizofreniya, Manianal – depressiv psixoz va b.) samaradorlik harakteri u tez o’zgaradi (matnlarda, rasmlarda va h.k).
Neyropsixologik analizning bemor faoliyat mahsuldorligini namunasi. A.R.Luriya «Yo’qolgan va qaytarilgan» ishlarida bayon qilingan.
Barcha tahminlar kundalik qaydlarni tahlil qilish, miyaning chap yarim sharlari 3/1 qismi og’ir asoratlarni kechirgan asosida o’rganadi.
Proektiv metod oraliqdagi o’z darajasiga ko’ra psixologik o’lcham va faoliyat mahsuldorligini analizi metodi bo’lib hisoblanadi. Proektiv metodning istalgan muolajasini qo’llash, istalgan psixologik testni qo’llashga o’xshashdir sinaluvchiga alohida vazifalarni bajarish buyrug’i beriladi, rasmni chizish, rasm asosida hikoya tuzish, gapni to’ldirish. Eksperimentator uning harakatlarini boshqaradi, suhbatni olib boradi, vazifalarni alohida ketma-ketlikda ko’rsatadi. ammo an’anaviy test o’tkazishda muolaja analizi va ishlanayotgan faoliyat mahsulotlarini tahliliga aktsent o’tkaziladi.
L.Frenka klassifikatsiyasiga binoan proektiv metodikalarni ijodiy mahsulotlarni o’rganish unchalik ko’p emas; «Uyning rasmi» testi, «Odam qomati», Gudinaf va Maxover testi, «Daraxt rasmi» testi. Ammo u yoki bu chegarada faoliyat muhsulotini analizi kuzatiladi va tahlil jarayonida, boshqa test natijalarida ham kuzatib boriladi.
Ular qatoriga TAT, Rozentsvey testi «Siyohlar dog’i» testi, yozuv analizi kiradi.
Barcha proektiv test belgilar qatorini yaqinlashtiradi.
- Materialning yoki vazifaga nisbatan noaniqligi.
- «Ochiqlik» - ko’pincha potentsial javoblar – sinaluvchi barcha reaktsiyalari qabul qilinadi.
- Mulozamatlilik atmosferasi va eksperimentator tomonidan chetdan baholashning ishtirok etmasligi.
-Psixik funktsiyaning o’lchanishi emas, ijtimoiy muhitga munosabatni, shaxsning modusi o’lchanishidir.