O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi.
5.1/oya Tadqiqotchi o’zi tadqiq etayotgan predmet yoki hodisalarni urganishda ilmiy bilishning turli metodlaridan foydalanish asosida ma’lum yangi bilimlarni hosil qiladi. Bu yangi bilimlar o’zlarining paydo bo’lishidan to insoniyatning nazariy bilimlari tizimlari – fanlarga kirib kelishgacha, har xil kurinishlarda bir qancha taraqqiyot bosqichlarini bosib o’tadi. Ilmiy tadqiqot asosida paydo bo’lgan yangi bilimlarning rivojlanishidagi turli kurinishdagi bu bosqichlar ilmiy bilishning shakllari deyiladi. Ilmiy bilishning bunday shakllarining asosiylarini ilmiy g’oya, muammo, gipoteza, nazariya va ilmiy oldindan kurishlar tashkil qiladi.
Ilmiy g’oya ilmiy bilishning birinchi shaklidir.
/oya - bu tadqiqot maqsadini, uning yunalishi va mohiyatini ifodalaydigan ilmiy bilish shaklidir. /oya o’z tabiatiga ko’ra biror fikrdir, u tadqiqotchi miyasida uning amaliy va nazariy faoliyati asosida paydo bulib, borliqning tugri yki xato in’ikosidir.
Ilmiy bilishda g’oya muhim rolь uynaydi. Ma’lum bir g’oya tugilmaguncha, biror soxada tadqiqot olib borish mumkin emas. Har bir g’oya ma’lum bir tayyorgarlik, ma’lum mushohada asosida, ma’lum bir sohada fikr yuritish natijasida paydo bo’lib, unda tadqiqotchining amaliy va nazariy tajribalari umumlashgan bo’ladi. /oyalar progressiv va reaktsion g’oyalarga bo’linadi. Progressiv g’oyalar ilmiy bilishni rivojlantirishga xizmat qilsa, reaktsion g’oyalar unga tusqinlik qiladi. Ilmiy bilishda progressiv va reaktsion g’oyalar o’rtasida doimo kurash ketadi. Ilmiy bilishda bir qator g’oyalar birikib, biror ilmiy muammoni paydo qilishi mumkin.
Muammo – ilmiy bilishning hali bilib olinmagan va hal qilinmagan va hal qilinishi lozim bo’lgan bilim shaklidir. Muammo odatda tadqiqotchining biror tadqiqot sohasiga oid yangi faktlarni tuplagan, lekin bu faktlarni o’zidagi eski bilimlari bilan izohlashi mumkin bo’lmaganda, bu faktlar eski bilimlar tizimiga sig’may, o’zlarining yangicha bayonini talab qila boshlaganda tug’iladi. Muammoning tug’ilishi va qo’yilishi ilmiy bilish jarayonining eng muhim momentlaridan biridir. Muammoni quyish – ilmiy bilishda ishning yarmini hal qilish demakdir.
Kundalik hayotda muammoni ko’pincha savol yoki biror masala bilan aralashtirib qo’llashadi. Ilmiy bilishning shakli sifatida muammo savol va masalalardan farq qiladi. Kiyin muammoni eng qiyin, eng murakkab masala yoki savoldir, deyishadi. Muammo savol yoki masala bilan, savol yoki masala muammo bilan bog’liq bulishi mumkin. Lekin savol yoki masala muammo emas. Savol yoki masalaning o’ziga xos xususiyati, muammoning ham o’ziga xos jihatlari bor. Savol yoki masalaning o’ziga xos xususiyati shundaki, savolga javob berish, masalani yechish doimo oldingi bilim asosida amalga oshadi. Muammoda bunday emas. Muammoni oldingi hosil qilingan bilimlar doirasida turib hal qilib bo’lmaydi. Buning uchun yangi faktlar, ma’lumotlar tuplash, ularni yangicha izohlash, shu paytgacha mavjud bo’lgan eski bilim doirasidan chiqish talab qilinadi.
Muammolar ham g’oyalar kabi, haqiqiy va soxta (yolgon) muammolardan iborat bo’ladi. Xaqiqiy muammolar ilmiy fakt va fanlarning qonunlaridan kelib chiqsa, soxta muammolar ilmiy faktlar va fan qonunlariga zid keladi.
Ilmiy bilish jarayonida bir muammo bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.
Ilmiy bilish jarayonida muammolarni hal qilishda ko’plab gepotezalarning paydo bo’lishi mumkin.
Gipoteza – tekshirilayotgan, o’rganilayotgan predmet yoki hodisa tug’risida ilgari surilgan, ilmiy jixatdan asoslangan, ilmiy fakt va ma’lumotlarga zid bulmagan, lekin xaqiqatdagi hali isbotlanmagan ilmiy bilish shaklidir.
Ilmiy bilish jrayonida ko’plab gipotezalar paydo bo’lishi mumkin, ular bir-birini tuldiruvchi, bir-biriga zid, bir-biriga qarama-qarshi, bir-birini inkor qiluvchi gipotezalar bo’lishi mumkin.
Umuman olganda ilmiy bilishning, rivojlanishi gipotezelarning paydo bo’lishi, ularning isbotlanishi yoki rad qilinishi va yana yangi gipotezalarning paydo bo’lishi asosida sodir buladi.
Gipotezalar tadqiqotchini doimo ma’lum izlanishga yo’naltiradi, uning e’tiborini nimaga qaratishi, nimani izlashini aniqlab beradi, unga o’z sohasida biron bir yangilik qilish yoki yaratishda yordam beradi. Gipotezalar, obrazli qilib aytganda tadqiqotchining doimiy ish qurolidir. Ilmiy bilishda paydo bo’lgan gipotezalar keyingi tadqiqotlarda tekshirilib, ularning xaqiqatligi tasdiqlanadi yoki xatoligi isbotlanib rad etiladi. Gipotezani rad etish uchun uning xatoligini isbotlovchi birgina ilmiy fakt kifoyadir. Gipotezaning xaqiqatligi isbotlansa, bunday gipoteza nazariyaga aylanadi.