O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə23/26
tarix12.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#79074
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi.

a q 0.001 deyarli farqni sezmaymiz.
1-turdagi xato eksperimentni aniqlashda, shuningdek noto’g’ri gipotezani qabul qilishda ahamiyatga ega.
2-turdagi xato to’g’ri ishlab chiqilgan gipotezani inkor qilishda va nolь gipotezani qabul qilishda, ayniqsa sinov eksperimental metodlarda katta ahamiyatga ega. Boshlang’ich etapda ilmiy tadqiqot gipotezasini inkor qilish eksperimentatorning yo’lini yopib qo’yishi mumkin. Lekin ilm-fan uchun ishonchli bilimlarning yuqorililigiga erishish juda zarur. SHuning uchun turli xildagi psixologik ma’lumotlarni ishlab chiqishda quyidagi ma’lumotlarga tayanish kerak. Bular, qidiruv tadqiqotidan aniqlovchi tadqiqotga o’tish, past darajadagi bilimlardan cho’qqiga, kichik tadqiqotlardan ulkanlariga o’tish kerak.
Aniq tadqiqotlarda esa 1-2 turdagi xatolar eksperimentdan ko’zlangan maqsadda fanning predmetiga, tadqiqot metodiga va masalalariga bog’liq bo’lishi mumkin. Hayotda ba’zan 1-2 turdagi xatolarni taqqoslash imkoniga ega bo’lamiz. Masalan, sud raisi va kuzatuvchilar, jinoyatchining qay darajada aybdorligini aniqlashda qat’iy qarorga kelishimiz zarur. Ya’ni aybsizni aybdor deb bilishni yoki aybdorni aybsiz deb bilishni. Odamiylik tomondan qaraganda bitta aybsiz odamni qamagandan ko’ra o’nta aybdorni aybsiz deymiz, bitta aybsiz jazolanishidan ko’ra. Lekin repressivlarning fikricha bitta aybdor jazolanishi uchun o’nta aybsiz jazolansa ham bo’ladi.
Statistik gipotezeni qabul qilish yoki inkor qilish, eksperimental gipotezeni qabul qilishda yagona qaror emas. Agar statistik gipoteze inkor qilinsa, kuzatuvchi buni turli xil talqin qilsa bo’ladi. U eksperimentni yakunlab, yangi gipotezalar chiqarishi mumkin. Eksperimentator yangidan izlanishlar olib borishi mumkin. Garchi noto’g’ri javob ham javobdir.
Tanqidiy tomondan qaralganda eksperimental gipotezeni «inkor» qilish xulosalari-eksperimentatorning yutug’idir, chunki bu eksperiment orqali yangi gipotezelar ishlab chiqiladi. Eksperimental gipotezani inkor qilishda bu gipotezani mutloq yaroqli emas deb tushunish xato. Balki bu gipoteza noto’g’ri fikrlangandir. Balki bu gipoteza to’g’ri faqat uni tushunarli shaklga keltirish kerakdir. Odatda eksperimental gipotezani tasdiqlanishi uning nazariy jihatdan to’g’riligini tasdiqlamaydi. Aytaylik, ko’p hollarda tadqiqotchi ma’naviy jihatdan yordam berishi tadqiqot javoblarida ijobiy ta’sir ko’rsatadi deymiz. Lekin shu jarayonda tadqiqotchi tadqiqotni yakunlaganiga qarab baxolaymiz. Albatta, biz natijaga erishamiz, biroq bu natija nazariy gipotezaga ta’luqli bo’lmaydi.
Turli eksperimental gipotezalarni tasdiq yoki inkor qilish juda qiziq va murakkab jaryon bo’lib va bu jarayonni psixologik tadqiqotlarni ko’p o’tkazgan talabalarning o’zlari ham ko’rib chiqa olishlari mumkin. Faraz qilaylik, eksperimental gipoteza tasdiqlangan yoki K.Popper mantig’iga ko’ra inkor qilinmagan. Bunda eksperimentning javobini ishlab chiqish kerak bo’ladi. Bunday holda qanday fikrga kelish mumkin va qanday sharoitda javoblar ishlab chiqiladi, eksperimentatorning o’zgargani javoblarga ta’sir ko’rsatadimi?
Nima bo’lganda ham eksperiment xulosasi psixologiyada o’zgarmasligi kerak.
1.Ob’ektlarga nisbatan fikr bildirish. Agar biz eksperimentni 20 dan 25 yoshgacha bo’lgan yigitlarda o’tkazgan bo’lsak, unda javob qanday populyattsiya bo’lish kerak? Barcha tadqiqotchilarga Homo sapien sifatida qarashimiz to’g’ri bo’ladi. SHunda barcha tadqiqotlarimiz aniq va to’g’ri chiqadi.
Skinnerning tadqiqotlari kalamushlarda, kabutarlarda o’tkaziladi va javoblar solishtirilib evolyutsiyani yuqori zinalarida turuvchi odamlarnikiga to’g’ri keladi. I.P. Pavlovning kuchuklarning reflekslarini o’rganishdagi tadqiqotlari hamma xayvonlarnikiga to’g’ri keladi. J. Piajening fenomenlari Frantsiya, AqSH, Rossiya, Izroil va boshqa shahardagi bolalarda o’tkaziladi.
Bugungi kunda chegaralovchi qirralar bo’lib psixologiyadan tashqaridagi populyatsiyalar chiqmoqda. Ular biologik va ijtimoiy madaniy qirralardir.
Biologik xarakterga ega bo’lganlarga jins, yosh, irq,konstituttsiyaviy majburiyatlar, jismoniy kuchlilik kiradi. Alohida psixologik tadqiqotlarda bu ikki guruh o’rtasida o’rganishlar namoyon bo’ladi.
Ijtimoiy madaniy alohidalik juda ham kerak bo’lgan ikkinchi guruhga kiradi. Bu guruh ham javoblarni ishlab chiqishda o’z o’rniga ega. Bu berilganlarda boshqa xalq va madaniyatga ta’sir ko’rsatishi haqidagi masalalar hal qilinmoqda. Bundan tashqari javoblarda bilimdonlik darajasi, qancha daromad topish darajasi ta’sir ko’rsatadimi yoki yo’qmi bularning barchasi tekshiriladi.
SHunday bo’lishi mumkinki,eksperiment javoblarini faqat bir ommaga to’g’ri ketirish mumkin. Ular eksperiment guruh ichiga kirganlardir. Lekin bu yerda ham o’ziga yarasha muammo mavjud. Bu guruhdan olingan natijalarni butun ommaga solishtirish mumkinmi? Bu muammoning yechimi shundan iboratki, bunda shu ommaga to’g’ri keladigan barcha talablarga rioya qilingan bo’lishi kerak.
Xulosalarni tekshirishda, birinchidan shu ommaga tegishli bo’lgan guruhlarda boqatdan eksperiment o’tkaziladi. Bunda guruh bir qarashda qushilmaydi. Ikkinchidan, guruhlarning sonini maksimal darajada ortirishga harakat qilinadi.
2.Tadqiqotga qo’yilgan talablar. Psixologik eksperimentda nafaqat vaqt, joy hisobga olinadi, balki eksperimentning qanchalik dolzarbligi ham ahamiyatga molikdir. Tadg’ig’ot natijalariga topshiriq materiali, tadqiqotchining hatti-harakati, motivatsiyaning ko’rinishi, ikki tomonlama suhbatning mavjudligi juda katta ta’sir ko’rsatadi. Eksperimentator topshiriqni qanchalik mos ekanligini tekshirishi hamda masalaga to’g’ri va jiddiy yondashishi kerak.
Psixologik tadqiqot natijalarida tadqiqotning natijalarini kiritishimiz mumkin.
«Ko’r uslub»dan foydalanish tadqiqotchiga turli xil ta’surotlarni ta’sir qilishidan saqlaydi.
3.Tadqiqot o’tkazuvchi. Tadqiqot o’tkazuvchining ta’sir qilish muammosiga to’xtalib o’tamiz. SHuni ta’kidlash kerakki, psixologiya boshqa ilmiy-tarbiyaviy qoidalardan farqli o’laroq, tadqiqot jarayonida tadqiqotchi shaxsining o’rni, motivatsiyasini inkor qila olmaydi.
Tadqiqotchi tadqiqot jarayonini, tadqiqot javoblarini kuzatishda yordam beradi. Lekin ta’sir qilishda umumiy nazoratdan foydalanish,alohida ta’sir xususiyatlariga ega bo’lish K x L xM bunda tadqiqotchining yoshi, shaxsiy psixologik xususiyatlari hisobga olinadi.
Tadqiqotchining shaxsiy xulosalaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy psixologik qarashlar tufayli noto’g’ri xato kelib chiqadi.
Tadqiqotning natijalari, tadqiqotchining o’rnini belgilashda psixologik eksperimentlarda ko’rsatib nomayon qilinadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tadqiqotchi gipotezaga tayanib ikkita xato qilishi mumkin.

  1. Noto’g’ri gipotezani tadqiqot qilishi mumkin.

  2. To’g’ri gipotezani inkor qilishi mumkin. Bilish, qidirish tadqiqotlarida ikki xatoga yo’l qo’yish mumkin emas.

Tadqiqotni noto’g’ri xulosa qilishda tadqiqotchini jiddiy vaziyat kutadi. Bular tadqiqot natijalarini chegaralovchi bo’lib a) alohida tanlash; b)tadqiqotning mazmuni v)tadqiqotchining shaxsi hisoblanadi.
qo’shimcha tadqiqot o’tkazishning ikki tarafi bo’lib, bular; tadqiqotga qo’shimchalar kiritish va tadqiqot natijalarini ishlab chiqishda boshqa tadqiqotlarning javoblariga to’g’rilash
Tadqiqot natijalari hech qachon butunlay to’g’ri javob bermaydi, ya’ni bunda javob to’liq yetarli bo’lmaydi. Tadqiqot tanqidning eng yaxshi uslubi lekin yangi bilim to’g’ilishga zamin yaratmaydi.

YI.EKSPERIMENTAL TADKIKOT BOSqICHLARI.





Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin