O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi. Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Tadqiqot natijalarini taqdim qilish shakllari



Yüklə 0,6 Mb.
səhifə25/26
tarix12.01.2023
ölçüsü0,6 Mb.
#79074
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi.

6.2.Tadqiqot natijalarini taqdim qilish shakllari.

Istalgan tadqiqot ishlarining yakunlanishi bilan ilmiy jamoa tomonidan qabul qilingan shaklda natijalarni taqdim qilish hisoblanadi. Natijalarning taqdim qilishning asosiy shaklini malakaviy va ilmiy tadqiqot shaklini farqlay bilish zarur.


Malakaviy ish- kurs ishlari, diplom ishi, dissertatsiya va hokozalar- talaba, aspirant yoki tadqiqotchi o’z mehnatini ekspertlar xukmiga havola qilib diplom, guvohnoma kabi xujjatlar salohiyat darajasiga erishganligini ko’rsatish uchun xizmat qiladi. Bunday ilmiy ishlarga ularni rasmiylashtirish, ilmiy natijalarni O A K yo’riqnomolariga asosan bayon etish, ilmiy kengash tomonidan qabul qilingan hamda shu kabi xujjatlarga tayanilgan uslubda, qo’yilgan talablarga muvofiq amalga oshiriladi. Bizni ko’proq ikkinchi- ilmiy ishlar natijalarining taqdim etish shakli qiziqtiradi.
SHartli ravishda ilmiy natajalarni taqdim etishning yana 3 kichik turlarga ajratish mumkin.
1. Og’zaki bayon etish.
2. Nashr ishlarini amalga oshirish.
3. Kompьyuter variantlarini tayyorlash.
Biroq bular hammasi matnni ramziy yoki grafik axborot kabi variantlarga taalluqlidir. SHu sababli ilmiy natijalarni tavsiya etishda ularni rasmiylashtirish uslublari haqida ayniqsa ma’lumotlarni tavsiflashdan ishni boshlash maqsadga muvofiqdir. Bu masalani asoslab V.A. Ganzen o’zining « «Psixologiyada tizimli bayon etish»(1984) mavzusidagi tadqiqot ishida keng ko’rib chiqilgan. Tadqiqot natijalarini olish haqida axborotlarni tavsiya etishning istalgan shakli uning ifodasini anglatadi. quyidagi variantlar farqlanadi: verbal (matn, nutqli) shakl, ramziy (belgi, formulalar), grafik (sxema, jadval), Fan-obrazli (maketli, narsa-buyumli, filьmli va boshqalar).
Insoniyat hamjamiyatida axborot o’tkazishning eng asosiy uslubi bu so’zdir. SHu sababli istalgan axborotlar bu avvalo matn, tashkiliy, ma’lum qoidalarga muvofiq tashkil etilgan matnlardir. Matnlarni 2 turi ma’lum : tabiiy til orqali (odatiy til), ilmiy til. Tadqiqot natijalarining istalgan taqdimoti, o’z mohiyatiga ko’ra «aralash» turdagi matn bo’lib, tabiiy nutq tuzilmasiga «parchalar» kiritilgan, qat’iy tushunchalardan iborat tilda ifodalangan bo’ladi. Bu tillarni qat’iy cheklab bo’lmaydi, chunki doimo bu tiplar bir-birlariga hayotiy va ilmiy atama-terminlarning kundalik muloqatda aralashib turishi sodir bo’ladi, fan esa tabiiy tildan yangi qirralarni ochib, uning mohiyatini ko’rsatib beradi. Masalan, biz kundalik nutqimizda erkin holda olimlar tomonidan kashf etilgan «kislorod»(M. Lomonosov) ni, «ekstroversiya, (K.Yung), «shartli refleks» (I. Pavlov), «kvark» (D.Gellman) kabi so’zlarni be’malol ishlatamiz. Boshqa tomonlardan element qismlar nazariyasiga «rang», «g’alatilik», «maftunkorlik kabi so’zlar kirgan. Ular kvark holatini ko’rsatish uchun ishlatiladi. Psixologiyada ilmiy termin sifatida «xotira», «tafakkur», «diqqat», «tuyg’u» va boshqalar qo’llaniladi. SHu bilan hayotiy, maishiy tildan farqli holda ilmiy termin aniq bir ma’noli predmetli mazmunga ega. Eng asosiysi ilmiy termin, terminlar tizimida ma’lum bir fan, nazariya yoki modelda o’zining joyi bilan egallagan o’rni bilan ifodalanadi. Psixologiyada ilmiy va maishiy terminologiyalarining o’zaro chegarasi juda yupqa bo’lib shu sababli ham o’quvchi maishiy mazmundagi so’zlarni o’zining interpritatsiyasi orqali ilmiy psixologik matnga kirita oladi. Bu esa psixolog muallif uchun qo’shimcha qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi.
Ilmiy matnga qo’yiladigan bosh talab- xolat, qoidalarning muntazamliligi va mantiqiyligidir. Muallif o’z imkoniyatiga ko’ra matnni axborot bilan yuklatilish, biroq metofora, misollar va «lirik chekinishlar» bilan mulohaza yuritishi zarur.
Ilmiy matn adabiy matndan farqli ravishda fikrlar bug’inlarnining mohiyatini tushunishga diqqatni qaratmog’i lozim. Ilmiy matn juda jiddiy tuzilmaga ega turli mushohadalarga boy bo’ladi. Bu jihatdan u «devonxona» ishlari tiliga o’xshashdir- byurokratlar tili, ish qog’ozlariga yaqinga o’xshaydi. Bu qoliplar roli juda muhim- o’quvchining diqqati badiiy tilga o’xshab chalg’itilmaydi, axborot- mulohaza, fikr, tafakkurga oid mushohadalar, isbot, raqamlar, formula, «ilmiysimon» qoliblar ma’lum doira-standart, qurilmalar, yangi ilmiy mazmundan iborat bo’ladi. Albatta, shunday olimlar uchraydiki – ajoyib uslubshunos, masalan, (B.M. Teplov va A.R Luriya) biroq ulardagi qobiliyat badiiy asarlarni bezaydi yoki falsafada qo’l keladi (Ortegu-i-Gasseta, A. Bergson va boshqalar) . Matn hikoyalardan iborat bo’ladi. Har bir hikoya ma’lum mantiqiy shaklga ega bo’ladi. Sababiy bog’liqlik, masalan, «agar A, unda B» kabi, Piajening ko’rsatishicha psixologiyada implikativlik tushuntirish va salbiy tushuntirish xozirda ham keng tarqalgan. Hikoya qilishning shunday mantiqiy shakllari mavjud:
1. Induktiv- ba’zi emperik materialni umumlashtiruvchi.
2.Deduktiv – umumiydan xususiyni mantiqiy keltirib chiqarish yoki algoritmini tasvirlash.
3. Analogiya- «transduktsiya».
4. Izohlash yoki sharhlash –«tarjima» bir matnning mazmunini, boshqasini tuzish yordamida ochib berish.
Natijalarni ta’riflashning keyingi shakli- geometrik ta’riflashdir. Geometrik (fazoviy, hayotiy, obrazli) ta’riflash ilmiy ma’lumotlarni kodlashtirish ananaviy usuli hisoblanadi. Geometrik ta’riflash matnni to’ldirganligi va tushuntirganligi sababli u til orqali tasvirlashga «bog’langandir». Geometrik ta’riflash ko’rgazmalidir. U bir vaqtning o’zida tajribalarda o’rganilayotgan alohida o’zgaruvchilar o’rtasidagi munosabatlar sistemasini tasavvur etishga imkon beradi. Geometrik ta’riflashning axborot xajmi juda katta.
Psixologiyada ilmiy axborotlarni grafik taqdim etishning bir necha asosiy shakllaridan foydalaniladi: xarakteristikalariga tayanuvchi topologik va metrik. Topologik xarakteristikalanishdan foydalanuvchi axborotlarni yetkazib berish an’anaviy usullaridan biri- bu grafalardir. Eslatib o’taman, qirralari bilan (yo’naltirilgan yoki yo’naltirilmagan qismlari bilan) birlashtirilgan ko’p sonli nuqtalar «cho’qqilar» grafalar hisoblanadi. Grafalarning planar va fazoviy yo’naltirilgan va yo’naltirilmagan, bog’langan va bog’lanmagan turlarga ajratiladi.
Psixologik tadqiqotlarda grafalardan natijalarni tasvirlashda juda ko’p foydalaniladi. Ko’plab nazariy modellarni tadqiqotchilar grafalar ko’rinishida beriladi. Masalan, D. Vekslerning ierarxik modeli yoki CH. Spirmenning intellekt: ular dendritik simetrik bo’lmagan grafalar shaklida berilgan. P.X. Anoxinning funktsional sistemasi sxemasi, V.D. SHadrikovning faoliyat psixologik funktsional sistemasi sxemasi, Ye.N. Sokolovning kontsentual reflektorli yoyi modeli- yo’naltirilgan grafalari misol bula oladi.
Natijalarni tariflashga o’tamiz, yo’naltirilgan grafalardan ko’pincha bog’liq bo’lmagan, qo’shimcha va bog’liq bo’lgan o’zgaruvchilar o’rtasidagi sababiy bog’liqliklar sistemasini tariflashda foydalaniladi. Yo’naltirilmagan grafalar psixikaning o’rganish xususiyatlari o’rtasidagi korrektsion aloqalar sistemasini tasvirlash uchun qo’llaniladi. «CHo’qqilari» bilan xususiyatlari, «qirralari» bilan korrektsion bog’liqligi ifodalanadi. Aloqani harakteristikasi odatda grafa qirralarini tasvirlash turli variantlari bilan kodlashtiriladi. Ijobiy aloqalari to’gri chiziqlar bilan (yoki qizil rang bilan), salbiy bog’liqliklari –punktdir (yoki havo rang bilan) tasvirlanadi. Aloqaning kuchi va ahamiyati chiziqning qalinligi bilan kodlashtiriladi.
Eng muhim belgilari (boshqalari bilan eng ko’p bog’liqlikka ega bo’lgani) markazda joylashtiriladi. Kengroq ahamiyatga ega bo’lgan belgilari atrofga joylashtirilali.
Korrektsion aloqalari sistemasidan tekislikda belgilari o’rtasidagi «masofalarni» aks ettirishga o’tiladi. Masofalar ma’lum formula bo’yicha hisoblanadi:
Dq(1- r) / 2

bu yerda d masofa r korrektsiya belgilari.


Masofalar o’xshashligini - farqini aks ettiradi. Bu xolatda topologik tasvirlashdan metrik tasvirlashga o’tamiz, chunki grafaning cho’qqilari o’rtasidagi masofa belgisini hisobga olgan holda korrektsiya kattaliklariga proportsional bo’ladi:
r q-1 bo’lganida masofa maksimal bo’ladi, d q 1, r q-1,bo’lganida masofa minimal: dq 0.
Yo’naltirilgan va yo’naltirilmagan grafalar ko’pincha shaxsiy va ijtimoiy psixalogik tadqiqotlar natijalarini tasvirlashda qo’llaniladi. Xususan, sotsiometrik tadqiqotlar : sotsiogramma bu yo’naltirilgan grafa. Har qanday graf- sxema matritsaga izomorf bo’ladi ( taxminlar, korrektsiyalar va shu kabilar). Tushunib olish qo’lay bo’lishi uchun natijalarni tasvirlashda 10- 11 cho’qqidan ko’p bo’lgan grafalardan foydalanish tavsiya etiladi
Grafalar bilan bir qatorda psixologiyada fazoviy- grafik tasvirlash ham o’rnatiladi, unda elementlar o’rtasidagi munosabatlar va parametrlari tuzilishi hisobga olinadi (yoki metrik yoki topologik). Bunga D.Gilfordning «kub» nomi bilan ma’lum bo’lgan intellekt tuzilishini tasvirlash misol bo’ladi. Fazoviy tasvirlashni qo’llash boshqa bir varianti - V.Vunt bo’yicha emotsional xolati, kengligi yoki bo’lmasa G. Ayzenk bo’yicha shaxs turini tasvirlash.
Agarda belgilar maydonida metrika aniqlangan bo’lsa, unda ma’lumotlarni yanada aniqroq berishdan foydalaniladi. CHiziqda ko’rsatilgan nuqtaning joylashishi belgilar maydonidani uning haqiqiy koordinatalariga mos keladi. SHunday usul bilan ko’p o’tishli shkalalar, faktorli analiz, patent tuzilishli analiz va klasterli analizning ba’zi variantlari beriladi. Har bir faktor maydonga o’q chiziq bilan aks ettiriladi, biz o’rgangan o’tkazilish parametri esa - bu maydonda nuqta bilan ko’rsatiladi. Boshqa xollarda xususan defferentsial psixalogik tadqiqotlar natijalarini tasvirlashda nuqtalar bilan sinalayotganlar, o’q chiziqlari bilan esa asosiy omillari (yoki patent xususiyatlari) tasvirlanadi. Ma’lumotlarni dastlab berish uchun boshqa grafik shakllardan foydalaniladi: diagramma, gistogrammalar va taqsimlash poligonlari, hamda turli grafalardan.
Ma’lumotlarni taqdim etishning boshlang’ich usuli taqsimlashni tasvirlash hisoblanadi. Tanlab olingan tekshirishlarda o’zgaruvchining o’rganish ko’rsatkichlarini tasvirlash uchun gistogramma va poligonlardan foydalaniladi. Tajriba va nazorat guruhlarida ko’rsatkichlarni taqsimlash ko’rgazmali bo’lishi uchun ularni bir rasmda tasvirlanadi
Gistogramma- bu tekshiriluvchi belgilarini chostotali taqsimlanishi «ustunli» diogrammasidir. Gistogrammalarni ko’rishda obtsissalar o’qida o’rganiladigan kattalik ko’rsatkichi joylashtiriladi. Ordinatalar o’qida esa chastotalar yoki tekshirilayotgan tanlovda ushbu diapazon kattaliklarida uchraydigan nisbiy chastotalar joylashtiriladi. Agarda gistogrmmada nisbiy chastotalar aks ettirilsa, unda hamma ustunlar maydoni 1 ga teng.
Poligonda belgilari berilgan kattaligiga ega bo’lgan sinovda ishtirok etuvchilar sonini taqsimlashni nuqtalar va koordinatalar bilan belgilaydilar: X belgisining, Y aniq gradatsiya yoki nisbiy chistotalar( belgilari ana shu gradatsiyalarda odamlar sonining butun tanlab olingan ko’rinishi).
Nuqtalar to’g’ri chiziqlar bilan birlashtiriladi, taqsimlash poligoni yoki gistogrammani qurishdan oldin tadqiqotchi belgilar intervallar yoki nisbatlar shkalasida berilgan bo’lsa o’rganilayotgan nattalik diapazonini teng qismlarga bo’lishi kerak. 5 tadan kam bo’lmagan lekin 10 tadan ko’p bo’lmagan gradatsiyadan foydalanish tavsiya etiladi. Nominal yoki tartibli shkaladan foydalanishda bunday muammo yuzaga kelmaydi. Agarda tadqiqotchi turli kattaliklar o’rtasidagi nisbatlarni yakinroq ko’rsatishni hohlasa, masalan, turli sifatli xususiyatdagi sinovda ishtirok etuvchilar nisbatini (erkaklar va ayollar soni) unda diagrammadan foydalanish foydaliroq bo’ladi.
Sektorli aylana diagrammada har bir sektor kattaligi har bir turning uchrashi kattaligiga proportsionaldir. Aylana diagramma kattaligida tanlov nisbiy hajmi yoki belgining ahamiyati aks ettirilishi mumkin. Axborotlarni grafikdan analitika o’tishini aks ettirish varianti berishi navbatda belgilar funktsional bog’likligini ko’rsatuvchi grafiklar hisoblanadi. Umuman aytganda, taqsimlash poligonlari - bu belgining uning kattaligidan uchrashiga bog’liqdir.
Jadval(grafik) turlarini mazmuniga ko’ra 2 shartli tipga ajratamiz :
1. vaqtga asosan parametr o’zgarishlariga bog’liqlikni ifodalovchi.
2. bog’liq bo’lmagan va bog’liq bo’lgan (yoki istalgan ikki boshqa navbatni) navbatni ifodalash.
Idrok etilgan material va o’rganilgandan so’ng o’tgan vaqtga nisbatan idrok etish materiali hajmining o’rtasidagi aloqadorlikni birinchi bo’lib G.Ebbingao’z aniqlab bergan. «egri o’rganish», yoki «egri charchoq» ning ko’p sonli muqobilini vaqtga ko’ra faoliyat samaradorligidagi o’zgarishlar ko’rsatadi.
Funktsional bog’liqlik jadvali ham ikki navbatda psixologiyada : Fexner, Stivens qonunlari (psixofizikada) uchraydi. Yerks – Donson (psixologiyada motivatsiyalar), qonuniyatlar, o’z o’rnidan (kognitiv psixologiya) elementni anglash va boshqalar.

Jadval tuzishda bir qator oddiy tavsiyalar ham mavjud. Jumladan, L.V. Kulikov boshlovchi tadqiqotchilarga quyidagi maslahatlarni beradi:


1. Matn va jadval o’zoro bir – birini to’ldirishi kerak.
2. Jadval tushunarli, «o’z –o’zidan bo’lishi» va zarur belgilarni o’ziga kiritishi kerak.
3. Jadvalda to’rttadan ortiq egri ifoda bo’lishi mumkin emas.
4.Jadval chiziqlari eng muhim raqamlarni, ahamiyatli parametrlarni ifodalashi shart.
5.Pastda yoki chap tomonda jadval ifodasi yozilishi shart.
6. Nuqtalarni turli chiziqlarda aylana, kvadrat va uchburchak bilan ifodalash qabul qilingan.
Agar shu jadvalda uzunlikni ifodalash zarur bulsa ularni, vertikal, qirqimlar kurinishida ifodalash lozim. Nuqta qirqim o’rtasida joylashtirilishi (asimmetriya ko’rsatkichiga muvofiq ) bo’lishi shart. Jadval kurinishida tashxis jadvallari guruh yoki individ ko’rsatkichlirini o’rtachasi tavsiflanishi mumkin. Ilmiy ishlar natijalarini taqdim etilishida eng muhimi kattalik raqamli ko’rsatkichining ifodalanishidir.
1.Markaziy tendentsiyalar ko’rsatkichlari (o’rtacha qiymat, moda, mediana)
2.Absolyut va nisbiy
3.Ko’rsatkichlar (standart, og’ishganlik, dispersiya, protsentil).
4.Mezon ko’rsatkichlari, turli guruh natijalarining solishtirma kursatkichlarida foydalanuvchi mezon belgilari.
5.Kursatkich koeffitsientlari va boshqalar standart jadvalda 1 natijalarni ifodalashda satrlar bo’yicha- ustunlar bo’yicha sinaluvchilar - ulchangan parametrlar belgilari ifodalanadi.
Jadvalda shuningdek, matematik statistikaga asosan ishlab chiqilgan natijalar ifoda etiladi.
Mavjud kompьyuter ma’lumotlarni statistik ishlab chiqish paketlaridan istalgan standart shakldagi jadvallarni ilmiy nashrlar uchun tasavvur etishda tanlab olish imkonini beradi.
Tajriba tadqiqotlarini yakunlash eng yaxshi usuli analitik tasvirlash mumkin bo’lgan bog’liq bo’lmagan va bog’liq bo’lgan o’zgaruvchilarni funktsoinal aloqalarini aniqlashdir. Emperik olingan bog’liqliklarga misol uchun G.Fexnerning yoki S.Stivensning psixofizik «qonuni» kiradi. U. Xik va R.Xaymet bu qonunlar bo’yicha reaktsiya vaqti alьternativ sonini tanlashga bog’liqligi aniqladi:

t q k log (nq 1)


va
tq a q b log n

bu yerda t - tanlovning funktsiya vaqti , n stimullar soni,


a, b va k konstantlar
Analitik tasvirlash odatda birgina emas balki turli mualliflar o’tkazgan tadqiqotlar seriyasini yakuniy umumlashtirishdan iborat bo’ladi. SHuning uchun ular kamdan kam hollarga alohida tajriba ishlari yakuni hisoblanadi, funktsional bog’liqlik aniq bir turi gipoteza sifatida ishtirok etadi, uni tanqidiy tajribada tekshirib ko’riladi.

FOYDALANISH UCHUN ADABIYoTLAR:


1. Ivanov. Umumiy psixologiya.


2. Ilmiy-metodik tadkikot proektining namunaviy rejasi.
3. Kro’lov A. taxriri ostida «Praktikum po obshey i eksperimentalьnoy psixologii» MgU. 1987 y.
4. Kro’lov A.taxriri ostida. «Praktikum po eksperimentalьnoy i prikladnoy psixologii"»1990 y.
5. Nemov. «Psixodiagnostika» M. 1999 y.
6. Polь Fress, Jan Piaje. Eksperimentalьnaya psixologiya. M., «Progress». 1986 – 1-2 nashri.
7. Robert gottsdanker. «Osnovo’ psixologicheskogo eksperimenta»

        1. 8. Sosnovskiy B.A. «Laboratorno’y praktikum po obshey psixologii». M., MgZPI, 1979.

9.Drujinin V.N Eksperementalьnaya psixologiya Peter 2001
10. «Umumiy, yosh va pedagogik psixologiya kursi». (M.V.gamezo umumiy taxriri ostida. 1-nashri. M., «Prosveshenie» 1982 y.
11. Umumiy psixologiyadan amaliy mashgulotlayor.
12. SHerbakov taxriri ostida. «Yosh va pedagogik psixologiyadan praktikum»
13. SHevandrin. «Psixodiagnostika razvitiya lichnosti». 1999y.
14. Yaroshevskiy M.g. «Istoriya psixologii». M., 1985 y.




Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin