O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi.
6.1Eksperimental tadqiqot shartlari. 1 etap - Ilmiy nazariy va eksperimental tadqiqotning dastlabki etapida asosan nazariy masalalar kuriladi. Xususan, muammoning qo’yilishi, mavzuning dolzarbligi, tadqiqot muammosi, uning maqsadi, gipoteza, tadqiqot ob’ekti, predmeti, vazifalari ilmiy tadqiqotimizning nazariy qismini tashkil qiladi.
Eksperimental tadqiqotimizning bu etapi kirish qismida yoritiladi:
Kirish. Muammoning qo’yilishi, asosnoma, mavzu dolzarbligi. Kirish qismida odatda muammoning dolzarbligi, muammoning psixologiyadagi roli; qanday izlanishlar olib borilgan; nimalar, qaysi tomonlar aniqlanmagan va kelgusida davom ettirilishni yoki boshlangich izlanishlarni olib borishni talab qiladi. Psixologiya amaliyotida oldingi izlanuvchilarning yechishga qaratilgan izlanishlarining qarama-qarshiligi ochiladi.
So’ng tadqiqot muammosi shakllanadi – belgisiz, kam izlangan, noaniq yoki psixologik jarayonning yetarlicha o’rganilmagan dolzarb masalasi.
Muammo. – bu qandaydir masalani yechishda mavjud bilimlarning yetarsizligi va yetarsiz bilimlarni olish usullari noaniq paytda yechilishi zarur masaladir. Tadqiqot muammosi o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi, u jamiyatning ilmiy-texnik, sotsial-iqtisodiy zaruriyati asosida amaliyot talabi va psixologiya fanlari taraqqiyoti natijasida tugiladi.
Tadqiqot maqsadi ish natijasida (mazkur jarayonning qanday ob’ektiv qonuniyatlari aniqlangan, qanday yangiliklar kiritilgan) erishilishi kerak bo’lgan narsani ko’zda tutadi. SHu bilan birga tadqiqot maqsadi bilan tadqiqot vazifasini aniq fahmlab olish zarur. Tadqiqot maqsadi va vazifalari haqida aniq tushunchaga ega bo’lish uchun quyidagi misolga qaraylik:
Yaxshi yashash (maqsad) uchun – yaxshi ishlash (vazifa) kerak. Bunday iborada jamiyatning har bir a’zosining maqsad va vazifasi lunda va aniq ko’rsatilgan. Ba’zida tadqiqot maqsadi mavzu nomining o’zidanoq aniqlanadi. Lekin oldiga qo’yilgan aniq maqsadsiz, samarali ishlash mumkin emas.
2 etap ham nazariy asoslarini tarkibi bo’lib, bunda o’tkazilayotgan eksperimental psixologik tadqiqotimizning kelajagini belgilab beruvchi va o’z tasdigini topishi lozim bo’lgan faraz, ya’ni gipotezani ham o’z ichiga oladi.
Gipoteza. Bu tadqiqotchining o’z oldiga qo’ygan masalaga mumkin bo’lgan (ko’zda tutilgan) javobini aniqlaydi. Gipoteza to’zish tadqiqotning ma’suliyatli va qiyin etaplaridan biridir, shuning uchun tadqiqot ishlarida aniq yo’l ko’rsatadigan mayak deb ataladi. Gipoteza ilmiy ishda tadqiqotchining fikrini yo’naltirishda va ish uchun zaruriy material tuplashda keraklidir.
Odatda gipoteza tuzilishi qo’yidagicha sxemada to’ziladi: «agar buni, va shunday qilsam, u holda shunaqa psixologik natijani kutsa bo’ladi.
Gipotezani to’gri to’zish uchun izlanilayotgan muammo sohasida keng dunyoqarashga ega bo’lishi, ilmiy-metodik ish bilan yaxshi tanish bo’lishi zarur.
Tadqiqotimizning 3 etapi nazariy ma’lumotlarga ega bo’lgan holda eksperimental tadqiqotga o’tish etapidir. Bunda nazariy asoslarda ilgari so’rilgan faraz (gipoteza) eksperimental tarzda tekshiriladi, bunda tanlangan metodikalar validligiga qarab qo’llaniladi, ya’ni maxsus va muammomizni yechishga imkon beradigan metodikalardan foydalanib faraz tekshiriladi.
4 etapda esa olingan ma’lumotlar interpritatsiya (tahlil) qilinadi va xulosa chiqariladi. SHuningdek ilgari surilgan farazning chin yoki noto’griligi tekshiriladi.
Yuqoridagi mavzularimizda o’zingiz guvohi bo’lganingizdek, ilmiy nazariy va eksperimental tadqiqotlar o’tkazishning birinchi shartlaridan biri bo’lgan eksperimentni rejalashtirish hamda unga qo’yilgan talablar haqida suhbatlashgan edik. Bugungi mavzuimiz esa rejalashtirilgan eksperimentni uyushtirish jarayonida amalga oshiriladigan protokollashtirish ishlari bilan tanishamiz. Robert Gotsdankerning «Osnovo’ psixologicheskogo eksperimenta» nomli kitobida taklif etilgan, biz quyida keltirayotgan protokollashtirish hamda hisobot tayyorlashga ko’yiladigan talablar haqida fikr yuritamiz.
Protokollashtirish – eksperiment o’tkazishning 2 sharti.
Eksperimental gipoteza.
Mustaqil ko’rsatkichni aniqlash;
Eksperiment sharoiti, o’rganilayotgan ob’ekt, mashgulot o’tkazish vaqti va boshqalar;
Har qanday eksperimentda eksperimental hisobot ahamiyatli kasb etadi. Bu jarayon eksperimentatorga barcha ma’lumotlarni yig’ib, eksperimentni to’laligicha tavsiflashga yordam beradi. Oddiy eksperiment uchun keng talqinni joriy etgan xulosalarni berish juda muhimdir. Hisobot yozilmaguncha eksperiment to’laligicha tugatilgan deb hisoblanilmaydi. Kundalik xayotimizda ko’pincha ajoyib eksperimental natijalarga erishamiz. Masalan, biror bir muammo bo’yicha sizda savol paydo bo’ldi. Usha savolga javob topish uchun siz, albatta faktlarni yigishta tushasiz. Agar mazkur faktlar faqatgina xotirangizda bo’lsa va verbal tarzda ifodalanmagan bo’lsa, unda u siz ishlab chiqqan yoki izlab topgan faktlaringiz haqida hech kim foydalana ololmaydi hamda o’zingiz ham shu faktlarni ozmi-ko’pmi xotirangizdan, esdan chiqarib yuborishingiz mumkin. Aynan mana shu eksperimental ma’lumotlar hisobot tarzida ifodalanilganda bu topilmalar dokumental tasdiq sifatida as qotadi.
Talqin etish uchun mos uslubni tanlay olish zarur.
1. Asosiysi – eksperimental hisobotni aniq yozish lozim.
2. Hisobot standart qismlarga bo’linadi.
Hisobotning bunday tarzda yoritilishi avtorga materiallar tayyorlashga yordam beradi. Hisobotning standart strukturasiga yordam bilan o’quvchi maqoladan kerakli ma’lumotlarni oson va ko’p vaqt ketkizmay ajratib olish imkoniyati paydo bo’lishi mumkin. quyidagi tavsifdan eksperimentni tavsiflash uchun ishlab chiqilgan mazkur struktura effektiv bo’lib hisoblanadi. Agar ushbu strukturaga mos ravishda yondoshilsa, tadqiqotchi bu eksperimentni mustaqil takrorlay olishi mumkin.
quyidagi eksperimental hisobotning tarkibiy qismlarini va funktsiyalarini keltirib o’tamiz:
«Muammo» qismida o’rganilayotgan muammo haqida ma’lumot beriladi;
qisqa mazmunida avtor nima va qanday ish bajarilganligi va natijada nima olinganligi haqida qisqacha ma’lumot beriladi;
Kirish qismida nima uchun eksperiment o’ylab topilganligi va qanday maqsadlar ko’zlanilayotganligi haqida gapiriladi;
«Metodika» qismida eksperiment qanday qilib o’tkazilganligi haqida batafsil tavsif beriladi. Ushbu qismning materiallariga asoslanib, eksperimentni qayta o’tkazib ko’rish mumkin. SHuningdek, metodikaning tavsifi sodda tilda berilishi lozim.
«Metodika» bo’limi o’z ichiga qo’yidagilarni oladi:
a) tekshiriluvchilar: eksperiment uchun muhim aspektlar beriladi. Tekshiriluvchilarning soni, ularning yoshi, jinsi, eshitish darajasi va hokazolar;
b) Material. Eksperimentni yoritishda kerakli bo’ladigan materiallar, masalan, o’rganish uchun turli she’r yoki musiqalar, hal qilinishi maqsadidagi topshiriqlar, ko’rgazmali qurollar ushbu qismda yoritiladi;
v) Uskuna-asboblar. Bu yerda esa eksperimental holatni tashkil qilish uchun va tekshiriluvchilarning javoblarini yozib borish maqsadidagi qo’llaniladigan uskunalar, eksperimentga mos uskunalarlarning vazifasi ko’rsatiladi.
G) Ishning borishi: bu yerda esa eksperiment o’tkazishning ketma-ketlik etaplari ko’rsatiladi.
«Natija» bo’limida analiz qilinadigan ma’lumotlar, odatda grafik va bir necha tablitsalarda beriladi. O’quvchiga aniqroq qilib grafik va tablitsada nimalarga e’tiborlarini qaratishlari lozimligi tushunarli qilib ko’rsatiladi. Birinchi o’rinda asosiy faktlar beriladi. Bo’limda natijalarning ba’zi bir interpritatsiyalarini berish mumkin. Bundan maqsad o’quvchi ongiga natijaning umumiy mazmunini tushunarli qilib yetkazishdan iborat. SHu bilan birga asosiy urguni olingan aniq faktlarga qaratish lozim.
«Muhokama» bo’limida natija va xulosalarning interpritatsiyasi beriladi. SHu yerda shuningdek, eksperimentdan olingan natijalar yetarlicha asosga ega bo’lmasa, kelgusida shakllantirish yo’llari taxmin qilinadi. Ko’pincha avtor o’z eksperimentini ta’riflab turib undan oldingi eksperimenti bilan bog’liq tomonlarini izohlaydi. SHuningdek, ilgariroq muammoga oid adabiyotlarda ilgari surilgan g’oyalar bilan bog’liqligi ko’rsatiladi.
«Snoska»larda qo’llanilgan adabiyotlar, bosib chiqarilgan materiallar, olib borilayotgan tadqiqotlar va qisqa tirajli ishlar yoritiladi. Ular qo’llanilish tartibida beriladi. Maqola tekstida ular belgi bilan ko’rsatilib, qo’yi qismida avtor initsiali ko’rsatilib mos tartibda № yoziladi.
«Foydalanilgan adabiyotlar» bo’limida adabiyotlar alfavit tartibda nashr etilgan yili, nashriyoti beriladi.