4.2. Tadqiqot
Fan inson faoliyatining boshqa sohalaridan ilmiy ish olib boriladigan sharoitlar, motivlar, vositalar va o’z maqsadlari bilan ajralib turadi. Fanning maqsadi haqiqatni topish bo’lsa, uning vositasi, usuli esa ilmiy tadqiqot hisoblanadi.
Tadqiqot atrof muhitni, voqelikni bilishning stixiyali shakllaridan farqli ilmiy metodga tayanadi. Uning amalga oshirilishi tadqiqot maqsadi va vositalari (metodologiyasi, nuqtai-nazar, metod va metodikalar)ni anglash va qayd etishni ko’zda tutadi.
SHartli tarzda tadqiqotni emperik va nazariy turlarga ajratish mumkin, odatda, ko’pchilik tadqiqotlar nazariy-emperik xarakterda bo’ladi. Har qanday tadqiqot alohida emas, yaxlit, bir butun ilmiy dastur chegaralarida yoki ilmiy yo’nalishni rivojlantirish maqsadlarida amalga oshiriladi. Nartsissik shaxsning xususiyatlarini o’rganishni E.Fromm «xavfli agressiya» sabablarini aniqlash ilmiy tadqiqot dasturi doirasida olib bordi. K.Levin ishlab chiqqan dastur talabchanlik darajasi, yutuqqa erishish motivatsiyasi, yuksak ehtiyojlar, guruhiy dinamikani tadqiq qilish uchun asos bo’lib xizmat qiladi. B.F.Lomov tomonidan tadqiqot etilgan muloqot jarayonining kognitiv (bilish) jarayonlarga ta’sirini o’rganish dasturi sensor vazifalarni birgalikda hal qilish samaradorligi va dinamikasi, materialni esda olib qolish, individual va guruhiy tafakkur jarayonlarini taqqosslashni tadqiq qilishga turtki beradi.
Xarakteriga ko’ra tadqiqotlarni fundamental va tatbiqiy (amaliy), fan doirasida va fanlararo, analitik va komplek tadqiqot turlariga bo’lishi mumkin. Fundamental tadqiqot voqelikni bilimlarni qo’llashning amaliy samarasini hisobga olmagan holda bilishga yo’naltiriladi. Tatbiqiy tadqiqot aniq bir amaliy vazifasini hal qilishda qo’llaniladigan bilimlarni qo’lga kiritish maqsdida o’tkaziladi. Fan doirasidagi tadqiqot alohida fan chegaralarida (masalan, psixologiya) olib boriladi. Xuddi fanlararo tadqiqotlar singari fan doirasida o’tkaziladigan tadqiqotlar turli soha mutaxassislarining ishtirokini talab qiladi hamda bir necha ilmiy fanlarni qamrab olgan holda amalga oshiriladi. Ushbu guruhga genetik tadqiqotlarni, injenerlik psixofiziologiyasi va sotsiologiya oralig’idagi tadqiqotlarni kiritish mumkin. Kompleks tadqiqotlar o’rganilayotgan voqelikning ahamiyatli tomonlarini makmisal (yoki optimal) darajada qamrab olish uchun olimlar qo’llaydigan metod va metodikalar tizimi yordamida olib boriladi. Analitik yoki bir omilli tadqiqotlar tadqiqotchi fikriga ko’ra, voqelikning eng muhim, bitta jihatini aniqlashga qaratiladi.
Har qanday tadqiqot o’z ichiga bir necha zarur bosqichlarni qamrab oladi. Har bir bosqichda muayyan vazifa hal qilinadi. Tadqiqot vazifalarni aniqlab olish (nima noma’lum)dan boshlanadi. Keyingi bosqichda olim o’rganilayotgan muammo bo’yicha olingan axborotni tahlil qiladi. Ushbu muammo avval yechib bo’lingan bo’lishi yoki shunga o’xshash, biroq yakuniy natijaga erishilmagan tadqiqotlar ham mavjud bo’lishi mumkin. Agar olim avval qo’lga kiritilgan natijalardan shubhalansa, qo’llanilgan metodika bo’yicha tadqiqotni o’tkazadi, keyin esa shu kabi masalalarni yechish uchun undan avval qo’llanilgan metod va metodikalarni tahlil qiladi. Tadqiqotning eng ijodiy nuqtasi – original metodikani yaratishdir. Ko’pincha topilgan uslubiy yangilik ilmiy sohani qayta o’zgarini va yangi yo’nalishning yuzaga kelishiga sababchi bo’ladi. B.Skinner tomonidan «muammoli qutichani» yaratilishi hayvonlarning operant o’rganishi bo’yicha bir necha seriyadagi tadqiqotlarni o’tkazilishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. G.Ebbingauz tomonidan «ma’nosiz bo’g’inlar»ning kashf etilishi uzoq muddatli xotiraning bir qator qiziqarli qonuniyatlarining ochilishiga turtki berdi. F.Talьton tomonidan egizaklar psixik xususiyatlarini qiyoslash metodik zamonaviy psixogenetik tadqiqotlarning yuzaga kelishiga asos bo’ladi.
Taxmin, farazni shakllantirishning muhim bosqichidir. Farazni tekshirish uchun ilmiy tadqiqot rejasi tuzib olinadi. U ob’ektni tajriba yoki kuzatish o’tkaziladigan odamlar guruhini tashlashni o’z ichiga oladi. Tadqiqotning predmeti – voqelikning o’rganiladigan bo’lganda aniqlab olinadi. Tadqiqotni o’tkazish joyi va vaqti belgilanadi va tajriba natijalariga ko’rsatadigan ta’sir kuchi, to’siqlarni kamaytirish maqsadida eksperimental sinov tartibi aniqlanadi.
Keyingi bosqich – belgilangan reja asosida tadqiqotni o’tkazish. Eksperiment mobaynida doimo maqsaddan og’ish holatlari yuzaga keladiki, natijalarni tavsiflash hamda tajribani qayta o’tkazishda ularni albatta inobatga olish zarur.
Eksperiment natijalari qayd etilgach qo’lga kiritilgan ma’lumotlarni birlamchi tahlil qilinadi, ular matematik jihatdan qayta ishlanadi, tavsiflanadi va umumlashtiriladi. Ilgari surilgan dastlabki farazning ishonchliligi tekshiriladi, yangi ma’lumot yoki qonuniyatlar shakllantiriladi. Nazariya angiqlanadi va uning asosida yangi xulosalar chiqariladi.
O’tkazish maqsadiga ko’ra tadqiqotning bir necha turlarini farqlash mumkin. Tadqiqotning birinchi turiga izlanuvchanlik xarakteridagi tadqiqotni kiritish mumkin. Uning mazmuni aynan olim tomonidan tanlab olingan metod yordamida avval hech kim muammoni yechishga harakat qilmaganligini anglatadi. Ushbu yo’nalishdagi ilmiy ishlar printsipial jihatdan kam o’rganilgan sohalarda yangi natijalarni qo’lga qiritishga imkonini yaratadi.
Tadqiqotning ikkinchi turi – tanqidiy tadqiqotlardir. Bunday tadqiqot mavjud nazariya, model, faraz, qonunning noto’gri ekanligini isbotlash yoki 2 ta alьternativ farazdan qay biri voqelikni aniqroq prognoz qilishni tekshirish maqsadida olib boriladi. Tanqidiy tadqiqotlar boy nazariy va emperik bilimlar to’plangan hamda eksperiment o’tkazish uchun sinalgan, aprobatsiyadan o’tgan metodikalar mavjud bo’lgan sohalarda olib boriladi.
Va nihoyat, tadqiqotning yana bir turi – qayta o’tkaziladigan tadqiqotdir. Uning maqsadi avval o’tkazilgan eksperimentlarni olingan natijalarning ishonchligi va ob’ektivligini tekshirish uchun aynan takrorlash hisoblanadi. Har qanday tadqiqot natijalari boshqa ilmiy xodim tomonidan olib borilgan xuddi shunday eksperiment davomida takrorlanishi lozim. qayta o’tkaziladigan tadqiqotlarning asosini tashkil etadi. Eksperimentning metod va konkret metodikasi intersub’ektiv bo’lishi, ya’ni tadqiqot jarayonida olib boriladigan operatsiyalar har qanday malakali tadqiqotchi tomonidan qayta o’tkazilishi kerak.
Tabiiy-ilmiy tadqiqotlar nazariyasi bir qator taxminlarga tayanadi. Birinchidan, vaqt o’tkinchi va u o’tilishidan kelajakka yo’nalgan, voqealarni orqaga qaytarib bo’lmaydi. Oqibat sababdan oldin sodir bo’lishi mumkin emas. Ikkinchidan, fikrimizcha, voqealar yuz beradigan fazo izotron hisoblanadi, ya’ni fazoning muayyan sohasida yuz beradigan jarayon har qanday sohada ham bo’lishi mumkin. Va nihoyat, dunyodagi voqea-hodisalar bizning ular haqidagi bilimlarimizdan qat’iy nazar ro’y beradi. Dunyo real va ob’ektiv tadqiqotchi tomonidan qo’lga kiritilgan ilmiy natija ideal holda vaqtga bog’liq bo’lmasligi zarur, ya’ni qonuniyat, holat, qonun vaqtga nisbatan invariantdir. Insonning yorug’lik siganaliga ko’rsatadigan oddiy sensamotor reaktsiyalari erta, indin va ma’lum yildan keyin ham eksperimental jihatdan qabul qilingan bugungi kun chegaralari oralig’ida bo’lishi lozim. Tadqiqotchi u tomonidan kashf etilgan qonuniyat Londonda yoki Moskvada (tadqiq qilinayotgan ob’ektning xusussiyatlarini hisobga olgan holda) yashovchi insonning psixik jarayonlari (masalan, fikrlash) uchun adolatli ekanligiga ishonishi kerak. Har qanday holatda vazifani amalga oshirish bosqichlari ketma-ketligi vazifasini qo’yish, sharoitlar tahlili, farazni ilgari surish, funktsional va aniq qaror qabul qilish, uni tekshirish va isbotlashlar bir xilda bo’lishi zarur. O’z tadqiqotlarida vazifani hal qilish bosqichlarining muayyan izchilligini qo’llovchi Rossiyalik psixolog, xuddi shunday metodika bo’yicha ishlagan Britaniyalik hamkasbi qo’lga kiritilgan natijalarini olish lozim.
Ilmiy bilish intersub’ektiv, ya’ni ilmiy natija tadqiqotchi shaxsi, uning motivlari, niyatlari intutsiyasiga bog’liq bo’lmasligi kerak. Ilmiy bilim ob’ektiv manbaga ega.
Mashhur metodolog M.Bunge tadqiqot natijalari metodga bog’liq fanlarni natija va ob’ekt bilan o’tkaziladigan operatsiya turlicha bo’lgan fanlarni farqlaydi. Psixologiya ikkinchi turdagi fanlar qatoriga kiradi. SHu tufayli ilmiy nashrlarda ma’lumotlar qaysi metod yordamida qo’lga kiritilganligini yoritish juda muhim.
Yuqorida ta’kidlab o’tilgan talablar ideal tadqiqot va uning ideal natijalariga taaluqli. Xaqiqatda esa turli davrlar bir-biriga o’xshamaydi, dunyo, voqelik rivojlanib boradi hamda turli davrlarda turli o’zgarishlarga duch keladi. Aynan o’xshash ob’ektlar ham mavjud emas. Har bir inson o’ziga xos xususiyat, taqdirga ega. Hattoki egizaklar ham bir vaqtda tug’ilmaydi. Bu fikrlar tadqiqotchilarga ham tegishli. SHuning uchun ham eksperimentni boshqa sharoitlarda aynan to’liq qayta o’tkazish mumkin emas. Eksperimentatorning shaxsiy xislatlari tadqiqotning borishiga, uning sinaluvchilarga munosabatiga, qayd qilishning aniqligiga hamda natijalarni tavsiflash xususiyatlariga ta’sir etadi.
Real (haqiqiy) tadqiqot ideal tadqiqotga to’liq mos kelmaydi. Psixolog faoliyati jarayonida muqarar tarzda bo’ladigan ideal tadqiqotdan og’ishlar biz yashaydigan dunyoning xususiyatlaridan kelib chiqadi. Ideal va haqiqatning to’liq mos tushishiga erishish mumkin emas. Ilmiy metod ideal yaqin natija berishi zarurligi esa masalaning boshqa tomonidir.
Ideal tadqiqotning real tadqiqotdan og’ish ta’sirini kamaytirish uchun eksperimentni rejalashtьirish va oilngan natijalarni qayta ishlashning alohida metodlarini qo’llash zarur. «Real tadqiqot» jarayonida olim suniy ravishda voqelikning ma’lum qismini ajratib oladi, unga diqqatini qaratadi, uni mavhumlashtiradi. Tadqiqot predmeti sifatida qabul qilinadigan voqelikning bu bir qismi eksperimentator tomonidan «nazorat qilinadi». Bundan tashqari, tadqiqot yoki kuzatuv olib boriladigan sharoitlar, eksperimental taassurot, sinaluvchilarni tanlash natijalari, ya’ni sinaluvchilarning xulq-atvori va kuzatilayotgan xulq-atvor ko’rsatkichlarini qayd etishga ta’sir etuvchi omillardir. SHu tufayli voqelikda sodir bo’ladigan jarayon va holatlarni tadqiqot davomida biz kuzatadigan holatlardan farqlash lozim. qayd etilgan fikrlarimizni 1.2-rasmda tasvirlangan sodda sxema yordamida umumlashtirish mumkin.
1-rasm.
Real tadqiqotning idealga mos kelishini ichki validlik deb atashimiz mumkin.
Real tadqiqotning o’rganilayotgan ob’ektiv voqelikka mos kelishini tashqi validlik deyish mumkin.
Va nihoyat, ideal tadqiqotning voqelikka munosabati nazariy yoki prognostik validlik sifatida xarakterlanadi. CHunki «ideal tadqiqot» rejasi voqelikni nazariy jihatdan ideallashtirish- tadqiqot farazidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: |